vonot dunyosi insoniyatni qiziqtirgan eng asosiy muammolardan
bo‘lgan. Nafaqat tabiat balki tabiat go‘zalligi, uning estetik tar-
biyaviy ahamiyati masalalari ham qadimdan mutafakkir va do-
nishmandlarni qiziqtirib kelgan. Insoniyat ma’naviy yuksalishi-
dagi eng buyuk nuqtalardan biri uni tabiat va odamzod hayotidagi
o‘zaro uyg‘unlik va mutanosiblikning mavjudligini idrok etish,
tabiat va dunyoning tartibli yaratilishi haqidagi tushuncha bo‘lgan.
G o‘zallik haqidagi ilk tasavvurlar ham tabiat bilan bog‘liqdir.
Tabiatdagi organizmlarning har biri o‘z holicha emas, balki
boshqa organizmlar bilan bog‘liq holda yashaydi.
Nabotot olami
ham, hayvonot olami ham quyosh, suv, havo, tuproq ta ’sirida
yashaydi, rivojlanadi.
0 ‘zbek xalqi tabiatga tarixan uzoq davrdan buyon mehr bi
lan qarashga, uni asrab-avaylashga o‘rganib kelgan. Bu milliy
bayram, qadimiy an’ana, urf-odatlarda ham yaqqol ko‘rinadi.
Xususan, 0 ‘rta Osiyo xalqlarining har yili nishonlanadigan
Navro‘z bayrami, asrlar davomida ona Yerga va tabiatga boigan
mehr-muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, uni
ardoqlash tuyg‘ularini tarbiyalagan.
Tabiatga estetik munosabat xususida Qadimgi Xitoy dao-
chilik ta’limotida ham o‘ziga xos yondoshuv mavjuddir. Daosizm
ta’limotida Inson mavjud olam kabi dao qonunlari asosida vu
judga kelgan,
u tabiatning bir qismi, uning vazifasi fazilat (de)
yo‘lidan borish. H ar qanday sun’iy aralashuv, tabiatning muvo-
fiqlik tartibini o‘zgartirishga intilish odamlar uchun halokatli,
barcha yovuzliklarning, son-sanoqsiz baxtsizliklarning manbayi
tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishdir. Shu sababli, Laos-
zi nazdida faoliyat — daoga qarshi
qaratilgan va xalqqa zarar
keltiradi, uning asosiy axloqiy tamoyili «uvey»- faoliyatsizlik,
donishmand kishining «dao»si — bu kurashsiz faoliyat. Lekin bu
kurashsiz faoliyat aslida tabiatga qarshi bo‘lmagan faol xatti-ha-
rakat, faqat daoga xos, tabiat qonunlariga mos faoliyatdir. Tabiat
go‘zalligini asl holda saqlash va uni ko‘rish, his qilish daochilikda
muhim ahamiyat kasb etgan.
G o‘zallik haqidagi tasavvurlarning tabiat bilan bog‘liqligi yu
non falsafasida ham namoyon bo‘ladi. Qadimgi yunonlar olam-
340
ning
tartibli ekanligini, uyg'unlik va go‘zallik bilan bog‘liq idrok
etishgan. Tabiatdagi go‘zallik bu qarama-qarshilikning kelishu-
vi, bu osoyishtalikdir. Tabiatning dialektik taraqqiyoti, undagi
go‘zallikning o‘ziga xosligi tahlil etilgan.
Q ur’oni Karim va Hadisi shariflarda Islom qonun va qoidalari,
shariat ahkomlari bilan bir qatorda atrof-muhitni toza saqlash,
tabiat boyliklaridan to‘g‘ri foydalanish, ularni isrof qilmaslik, in
sonning yashash tarzi, shaxsiy gigiyenasi,
zurriyotni tozaligiga,
o'simlik-hayvonot dunyosini asrashga, umuman ekologiya va ta
biatni muhofaza qilishga katta ahamiyat berilgan.
Tabiatdagi eng oddiy narsa va hodisalar mazmuni va shakli
uyg‘unligi bilan go'zaldir. G o‘zallik bu voqelik (tabiat, jamiyat,
san’at) hodisasi bolib, aniq hissiy ta ’sir o‘tkazish orqali insonda
jismoniy va m a’naviy kuchlar oqimining ko‘payishiga, shodlik,
zavqlanish, to la ma’naviy qoniqish holati vujudga kelishiga im-
kon yaratadi. G o‘zallik doimo foydalidir, lekin bu foydalilik jam i
yat taraqqiyoti uchun xizmat qilishga m oljallangan boladi.
Tabiatdagi go‘zallik ijtimoiy hayot go'zalligidan, foydali amaliy
faoliyatidagi go‘zallik badiiy ijoddagi go‘zallikdan farq qiladi. Le
kin go‘zallik qanchalik o'zining rango-rangligi bilan ajralib tur-
masin, ularning barchasi qandaydir umumiy tub belgilarga ega
bolib, mana shu umumiy tub belgilar tufayli ularning barchasini
maxsus ilmiy-falsafiy istiloh-go‘zallik
tushunchasi orqali talqin
etish imkoniyati mavjud.
Insonda tabiatga qanday munosabatda bolish tuyg‘usi birda-
niga paydo bolm agan, albatta, u sekin-asta, inson zoti va ta
biati rivojlanib borgani sari shakllanib borgan. Inson atrofidagi
tabiatni o‘zlashtira boshlashi bilan tabiat boshqacha ijtimoiy orzu
mezonlari bilan baholanadi, olchanadi, inson uchun tabiatning
go‘zallik va xunuk tomonlari ayon b o la boshlaydi.
Biz yashab turgan asrda insoniyat ulkan vayron qilish qudrati-
ga ega bolgan ishlab chiqarish kuchlariga ham ega b o lib qoldi.
Shu narsa aniq-ravshan b o lib bormoqdaki, tabiatga faqat moddiy
manfaatdorlik nuqtayi nazaridan munosabatda bolish
salbiy oqi-
batlarga ham olib keladi. Insoniyat hozir tabiatni, atrof-muhitni
himoya qilib, undan oqilona tarzda foydalanib, ayni vaqtda, tabi-
341
iy hamohanglik sirlari ichiga yanada chuqur kirib borib, o‘ziga
uning yangidan-yangi mo‘jizalarini ochmoqda, undan ta’lim-
saboqlari olmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: