Qadriyatlar mavzuining tarixi.
Qadriyatlar mavzuining tarixi,
ildizlari va insoniyatga xos qadrlash tamoyillari shakllanishi uzoq
o‘tmishga ega. G ‘arb olimlari bu borada, asosan, Yevropa madaniy
merosi va g‘oyalariga tayanadilar, ko‘plab allomalarning nomlarini
tilga oladilar. G ‘arbda qadriyatlar bilan shug‘ullanadigan falsafiy
soha — aksiologiya fanining shakllangani ham ularning bunday
qarashlari uchun muayyan asos bo‘ladi. Biz Suqrot va Aflotun,
Aristotel va Gegellar katta e’tibor bergan bu mavzuning G'arb
falsafasida o‘z tarixiga ega ekanligiga shubha qilmaymiz.
Ammo ushbu mavzu ko‘hna va navqiron Sharq, xususan
0 ‘zbekiston uchun begona emas! Uning eng teran jihatlarini
faqat G ‘arbdan emas, balki Sharqdan qidirish ham foydadan xoli
bo‘lmasa kerak. Nomlari sivilizatsiyamiz tarixiga abadiy bitil-
162
gan Xorazmiy, Forobiy, al-Buxoriy, at-Termiziy, Beruniy, ibn
Sino, Najmiddin Kubro, Yassaviy, Naqshband, Ulug‘bek, Navoiy,
Mashrab, Bedil, Behbudiy, Avloniy kabi mutafakkirlar ijodida
ham bu mavzuning izlari bor, teran qirralari ochilgan. Gap ana
shu izlarni izlab topishda, ularni unutmaslikda, sayqallab turishda,
zamona realliklari nuqtayi nazaridan xolisona talqin qilishdadir.
Avlod va ajdodlarimiz yaratgan qadrlash mezonlarining tari
xi eng qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona, hikoyat, dostonlarga,
ya’ni xalq og‘zaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Spitamen,
Muqanna va Jaloliddin Manguberdi to‘g‘risidagi asarlarda, Al-
pomish, To'maris va Shiroq to‘g‘risidagi afsona va dostonlarda
vatanparvarlik, xalq va yurt ozodligi uchun fidoyilik kabi ko‘plab
umuminsoniy qadriyatlar tasvirlangan. Ma’naviy merosimizning
yorqin namunasi — «Avesto» zardushtiylikning muqaddas kitobi
bolganligidan unda bu dinning qadriyatlar tizimi, qadrlash me-
zonlari, o‘sha davrdagi milliy g‘oyalar yorqin ifodalangan.
Qadrlash to‘g‘risidagi qarashlar rivojida VIII-XII asrlar katta
ahamiyatga ega. Bu davrda arab istilosi amalga oshirilgan, islom
hukmron dinga aylangan edi. E’tirof etish kerakki, Q ur’on va
Hadislarda ta’riflab berilgan ilohiy qadriyat va qadrlash masala-
lari xalqimiz tarixi va madaniyatiga ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan
birga, arab istilosi davrida ko‘pgina milliy qadriyatlarimizning
yo‘qotib yuborilganligini ham qayd qilmoq kerak. Bu to‘g‘rida
Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida afsus
bilan yozib qoldirgan.
Sivilizatsiyamiz qadriyatlari va xalqimizga xos qadrlash
me’yorlari musulmon Sharqi va arablar dunyosi madaniyatining
rivojiga ham nihoyatda katta aks ta’sir ko‘rsatgan. Tarixda nom-
lari saqlangan allomalarimiz o‘z navbatida butun jahon, Sharq
madaniyatiga g‘oyat katta hissa qo‘shganlar. Bunday fikrni
Abu Hanifa, al-Buxoriy, at-Termiziy, Kubro, Ahmad Yassaviy,
Naqshband kabi ilohiyot ilmining zabardast allomalari to‘g‘risida
ham aytish joiz. Ularning har biri o‘z zamonasida islomni sivi-
lizatsiyamizning yuksak madaniyati nuqtayi nazaridan targ‘ib va
tashviq etdilar, islom falsafasini yuksaklikka ko‘tardilar, m az
kur dinning butun jahonda katta mavqega ega bo‘lishida muhim
163
\
obro‘-e’tiborini, mavqeini yo‘qotishi, nazardan qolishi m a’nosini
anglatuvchi tushunchadir. Jamiyat taraqqiyotida sodir bo‘ladigan
umumiy qadrsizlanish birdaniga, bir kunda yoki to‘satdan emas,
balki tadrijiy ro‘y beradigan jarayondir. Insoniyat tarixida qad-
riyatlar tizimi qadrsizlanib ketgan davlatlar va imperiyalarning
tanazzulga yuz tutgani, yo‘q bo‘lib ketgani ma’lum. Masalan,
sobiq ittifoq hayotining oxirida, 80-yillarning oxirlarida ilgari
zo‘rlik bilan ushlab turilgan qadriyatlar tizimining butunlay
qadrsizlanishi yaqqol ko‘rinib qolgan edi. Oxir-oqibat, bu tuzum
tanazzulga yuz tutdi va halokatga uchradi.
Qadrsizlanish jarayoniga sabab boladigan ko‘plab omillar
mavjud. Muayyan qadriyat yoki bir necha qadriyat shakllari-
ning haddan ortiq bo‘rttirib yuborilishi, mutlaqlashtirilishi yoki
siyqalashtirilishi, ularga noto‘g‘ri munosabatning muttasil siyosat
usuliga aylantirilishi bunga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday holda
qadriyatlar o‘z mazmun-mohiyatini, odamlarning hayoti va faoli-
yati uchun umumiy mezon, ularning intiladigan ideal yoki ularni
muayyan maqsadlar sari birlashtiruvchi va safarbar qiluvchi m e
zon sifatidagi ahamiyatini yo‘qotadi.
Qadrsizlanish muayyan qadriyat, milliy manfaatlar, davlat
siyosatiga ishonchsizlik, odamlarning «nimalar»dandir hafsalasi
«pir» bo‘lishi, ko‘pchilikning ko‘ngli «qolishi» tarzida ham nam o
yon bo‘lishi mumkin. Har bir shaxs uchun jamiyatda o‘z atrofi-
dagilar o‘rtasida o‘z qadrini yo‘qotish odamiylikni yo‘qotish bilan
barobar bo‘ladi. Shuning uchun har bir shaxs qadrsizlanish so‘zi
anglatadigan m a’nodagi xususiyat o‘zida shakllanib qolmasligiga
intilishi zarur bo‘ladi.
Qadrsizlanish faqat shaxslar o‘rtasidagina bo‘lib qolmasdan,
balki boshqa sohalarda ham ro‘y berishi mumkin. Masalan, qim-
matli qog‘ozlar, pullar, ashyolar ham qadrsizlanishi mumkin.
Bunday holatni dunyo davlatlarida ishlatiladigan mablag‘lar va
qimmatli qog‘ozlar misolida ko‘rish mumkin. Ba’zan qadrsiz
lanish oqibatida m a’lum bir mamlakatlarda pullar va qimmatli
qog‘ozlarni isloh qilishga zarurat seziladi. Qadrsizlanish iqtisod-
ning barcha sohalarini qamrab olishi, muayyan davlat yoki butun
jahon inqirozi tarzida ro‘y berishi mumkin. Bunday hoi iqtisodiy
166
bo‘hronga olib keladi va butun dunyoda umumiy muammolarni
keltirib chiqarishi shubhasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |