A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Jahon sivilizatsiyasi. 
Jahon sivilizatsiyasi deganda Sharq va G ‘arb 
sivilizatsiyalari, mintaqaviy va hududiy sivilizatsiyalarning yaxlit, 
bir butun ijtimoiy tizimi bo‘lgan umuminsoniyat, sayyoramizdagi 
jamiyat tushuniladi. Bu tushuncha, umumiy ma’noda, zamini- 
mizda yashagan barcha odamlarning umumiy makoni bo‘lgan 
Yer yuzidagi hayot, tarixning hamma davrlarida mavjud bo‘lgan 
davlat, jamiyat, xalq va millatlarning umrguzaronlik qilishi bilan 
bog‘liq jarayonlar majmuasini o‘zida aks ettiradi.
Insoniyat taraqqiyotining bugungi holati zamonaviy sivilizatsi­
yaning asosiy tamoyillari bilan uzviy aloqador ekan, Respublika- 
mizning umuminsoniy sivilizatsiya bilan uyg‘unlashuvi ham ko‘p 
jihatdan ana shunga bog‘liq. Hozirgi paytda insoniyat o‘z rivoji- 
ning yangi bosqichiga ko‘tarildi. U o‘zida moddiy ishlab chiqarish 
yutuqlarini, insoniyat tomonidan orttirilgan tajribalarni, jahon 
miqyosida paydo bo‘lgan muammolarni oqilona hal etish yo‘llari 
va usullarini mujassamlashtiradi.
0 ‘zbek xalqi Sharq sivilizatsiyasi bag‘rida kamol topdi. Vatan 
va onaning muqaddasligi, jamoaviylik, o'zaro yordam, tabiatga 
oqilona munosabat, mehnatsevarlik, sabr-toqatlilik, kattalarga 
hurmat, kambag‘alparvarlik va boshqalar. Sharq sivilizatsiyasi- 
ga xos belgilardir. 0 ‘zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga 
ilm-fan, axloq, din, san’at va madaniyat sohasidagi ulkan yu- 
tuqlari bilan munosib hissa qo‘shmoqda. Milliy mustaqillik yil- 
larida 0 ‘zbekiston o‘z milliy qadriyatlari, ma’naviy merosi va
154


boy madaniyatiga tayanib, Sharq va G ‘arbning umumbashariy 
qadriyatlari va tajribalarini ijodiy o‘zlashtirib, dunyoviy sivili- 
zatsiya yolidan bormoqda.
Bugungi tahlikali dunyoda insoniyatning eson-omon ya­
shab qolishi va kelajakda baxtiyor bo‘lishi jahon sivilizatsiyasi- 
ning asosiy maqsadi va yo‘nalishiga aylanib qoldi. Shu ma’noda, 
Yer yuzidagi har bir mamlakat jahon sivilizatsiyasi deb ataladi- 
gan yaxlit tizimning turli tarkiblari bo‘lib, ularning o‘zaro ta’siri, 
hamkorligi sivilizatsiyaning takomillashuvi, barqaror yashashiga 
imkon beradi.
To‘g‘ri, bu tizim tarkibida Amerika, Rossiya, Xitoy, Yaponi- 
ya kabi salmoqli tarkiblar ham bor. Ular ko‘p jihatdan jahon 
tizimi taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatadi, muayyan jarayonlarning 
yo‘nalishlarini belgilaydi. Ammo bu tizimda har bir davlatning, 
kichkina Vatikan yoki Lixtenshteyndan tortib Germaniyagacha, 
Andorra yoki Monakolan toki Fransiyagacha o‘z o‘rni, o‘ziga xos 
ta’sir kuchi va doirasi bor. Shu m a’noda, ularning har biri, hudu- 
dining katta-kichikligi, aholisining soni qanchaligidan qat’i na- 
zar, Birlashgan M illatlar Tashkilotida teng ovozga ega. Demak, 
tarkiblar tizimda muayyan tarzda amal qilgani singari har bir 
mamlakat jahon sivilizatsiyasiga teng huquqli a’zo va muhim ele­
ment sifatida kirib borgan.
Jahon hamjamiyati o‘zida umumiylikni, har bir mustaqil 
mamlakat esa ayrimlik va o‘ziga xoslikni ifodalaydi. Bu holda 
Osiyo yoki Markaziy Osiyo mamlakatlari xususiylikni aks ettirsa, 
0 ‘zbekiston alohidalikni ifodalaydi. 0 ‘zbekiston mustaqillikka 
erishganiga ko‘p bo‘lmaganiga qaramay, jahon hamjamiyatida o‘z 
o‘rniga ega. Uning Markaziy Osiyodagi mavqei esa bu mintaqa- 
ning asosiy taraqqiyot yo‘nalishlarini ko‘p jihatdan belgilaydi.
Har bir xalq, millat o‘zining betakror, noyob xususiyatla­
rini saqlagan holda mustaqil rivojlanadi va jahon hamjamiyati- 
ga qo‘shilib boradi. Bunday qo‘shilish ko‘p qirrali, rang-barang 
bo‘lib, u ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy, davlat- 
lararo munosabatlarni qamrab oladi.
Jahon hamjamiyatiga qo‘shilish tabiiy-qonuniyatli jarayon 
bo‘lib, har bir mamlakatning har tomonlama taraqqiy etishi, yer
155


yuzida umumiy xavfsizlik, tinchlik va farovonlikni ta’minlashga, 
tabiiy resurslar, ilm-fan va texnika yutuqlaridan keng foydala- 
nishga, ekologik muvozanatni ta’minlashga imkon beradi. Mus- 
taqil taraqqiyot yo‘liga o‘tgan xalqlarning jahon hamjamiyatiga 
qo‘shilishi, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini e’tirof 
etish, xalqaro huquq me’yorlariga amal qilish, inson huquqlarini 
himoya etish, demokratiya tamoyillariga amal qilishda yaqqol 
namoyon bo‘ladi.
Sivilizatsiyaning mohiyatini tushunishda unga mansub bo‘lgan 
madaniyatning rolini anglash muhimdir. Agar ishlab chiqarish 
kuchlari sivilizatsiyaning moddiy asosini tashkil etsa, madaniyat 
ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oladi, uning qiyo- 
fasini, o‘ziga xos rangini belgilab beradi. Hatto ishlab chiqarish 
kuchlariga ham o‘ziga xos xarakterlilik, ahamiyatlilik beradi. Bu 
bilan madaniyat ijtimoiy hayotning tashkillashuvini, ya’ni sivili­
zatsiyaning shakllanishini, mavjud bo‘lishi va rivojlanishini bel­
gilab beruvchi o‘ziga xos negiz vazifasini o‘taydi. Demak, sivili­
zatsiya madaniyatning konkret namoyon bo‘lishini, uning real 
mavjud hayotini aks ettiradi.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish