Borliq va mavjudlik.
Atrofimizdagi odam, olam, tabiat, jam i
yat, tafakkur, g‘oyalar, o‘y-xayollarimiz barchasi birday mavjud-
dir, ular turli tarzda va shakllarda namoyon bo‘lib, hammasi
mavjudlik belgisi ostida umumlashib, borliq tushunchasiga kiradi.
96
Materialistik mazmundagi borliq tushunchasi ta’rifiga faqat
obyektiv real olam, ongdan tashqaridagi, unga bog‘liq bo‘lmagan
jismoniy mohiyatga ega bo‘lgan narsalargina kiritiladi. Borliqning
ideal, virtual, potensial, abstrakt, ma’naviy shakllari bu ta’rifdan
tashqarida qoladi.
Aslida esa, borliq kategoriyasi umumiy abstraksiya bo‘lib,
mavjudlik belgisi bilan barcha narsa va hodisalarni o‘ziga qamrab
oluvchi o‘ta keng tushunchadir. U o‘ziga nafaqat obyektiv real-
likni, balki subyektiv reallikni ham qamrab oladi.
Borliq mavjudlik va reallik tushunchalariga qaraganda ham
kengroq tushunchadir. Mavjudlik — borliqning hozirgi paytda
namoyon bo‘lib turgan qismi bo‘lib, o‘tgan va mavjud bo‘ladigan
narsa va hodisalar ham borliq tushunchasiga kiradi. Reallik esa,
mavjudlikning hammaga ayon bo‘lgan, ular tomonidan tan olin
gan qismi. Borliq o‘ziga reallikni ham, mavjudlikni ham qamrab
oladi. A n’anaviy falsafiy qarashlarda borliqning uchta sohasi ajra-
tib ko‘rsatiladi. Ularga: tabiat borlig‘i, jamiyat borlig‘i, ong borlig‘i
kiradi. Bular uchun eng umumiy belgi, ularning mavjudligidir.
Shuningdek, falsafiy adabiyotlarda tabiat borlig‘i va jamiyat
borlig‘ining quyidagi shakllari ham farqlanadi. Tabiat borlig'i
odatda tabiatdagi narsalar (jismlar), jarayonlar, holatlar borlig‘i
sifatida tushuniladi. U ikkiga bo‘linadi: azaliy tabiat borlig‘i (yoki
tabiiy tabiat borlig‘i, u insondan ilgari va uning ishtirokisiz ham
mavjud bo‘lgan) va odam mehnati bilan ishlab chiqarilgan narsa
lar borlig‘i («ikkinchi tabiat» borlig‘i, ya’ni madaniyat). Ikkinchi
tabiat borlig‘i esa, o‘z navbatida, quyidagi ko'rinishlarda uchraydi:
— inson borlig‘i (insonning narsalar olamidagi borlig‘i va
odamning o‘ziga xos bo'Igan insoniy borlig‘i);
— m a’naviy borliq (individuallashgan va obyektivlashgan
ma’naviy borliq);
— sotsial borliq (ayrim odamning tarixiy jarayondagi borlig‘i
va jamiyat borlig‘i), u ijtimoiy borliq ham deb ataladi.
Keyingi yillarda virtual borliq (lot. virtus — ehtimol tutilgan,
mumkin bo‘lgan; realis — haqiqiy, mavjud) — zamonaviy texnika
vositalari va informatsion kommunikatsiyalar yordamida yara-
tiladigan va insonga olamni o‘ziga xos idrok etish va anglash
97
imkonini beradigan sun’iy dunyo shakli haqida ham ko‘plab
fikrlar bildirilmoqda. Borliqning turli kompyuter modellari
va elektron borliq uning sinonimlaridir. XX asrning 60-yillari
oxirida Mayron Kryuger tomonidan «Sun’iy borliq» tushunchasi
ilmiy muomalaga kiritilgan bo‘lsa, Jaron Lanyer hozirgi kun-
da keng tarqalgan «vertual borliq» atamasini 1989-yilda ilmiy
muomalaga kiritgan edi. U 1984-yilda dunyoda birinchi virtual
borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratila-
digan muhitda olam, borliq shakllari va insonning mavjudligi
g‘oyasini ifoda etadi.
Virtual borliqni odamlar yaratadi. Shu bois unda mavjud bar
cha narsalarning manbayi inson ongidir. Binobarin, u obyektiv
tarzda, ya’ni inson miyasida emas, balki kompyuterda mavjud
bo‘ladi. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u inson ongi-
dan qat’i nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil ta’sir
ko‘rsatadi, mazkur ongning mazmuniga — bilimlar, emotsiyalar,
kayfiyat hamda ongning boshqa unsurlariga qarab, har xil idrok
etiladi.
Borliqning moddiy shakli materiya o‘ziga barcha jismlarni,
hodisalarni, jarayonlarni va ularning xususiyatlarini qamrab ola
di. Bundan tashqari u tafakkurni ham, olamda mavjud bo‘lgan
barcha aloqadorliklarni va munosabatlarni ham qamrab oluvchi
umumiy falsafiy tushunchadir. Borliqning moddiy shakliga xos
umumiylikni axtarishning bir yo‘nalishi moddiy olamning aso-
sida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish yo‘li bo‘lib, yuqorida
qayd etganimizdek, substansiyani aniqlash yo‘lidir. Ikkinchi yoi
esa — moddiy olamning asosiy tarkibiga kiruvchi «qurilish ele-
mentlarini» — substratni axtarish yo‘li. Uchinchi yo‘l — hamma
narsaning vujudga keltiruvchi bosh sababchisini, ota moddani,
ya’ni pramateriyani axtarish yo‘li. Mana shu yo‘l haqida maxsus
to‘xtab o‘taylik.
Olamning substansiyasini axtarishning bu usuli go‘yoki meva
iste’mol qilayotgan kishi, uning kelib chiqishini axtarib, dastlab
daraxtga, so‘ngra uning guliga, bargiga, ko‘chatiga va urug‘iga
nazar solganidek, atrofimizdagi moddiy olamning o‘zagida dast-
labki yaratuvchi modda sifatida nima yotishini, ya’ni ilk materi-
98
?
yani, azaliy materiyaning «bobokalonini», «pramateriyani» axta
rish usulidir.
Moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish
falsafada materiya haqidagi tasaw urlarning maydonga kelishiga
va rivojlanishiga sababchi bo‘ldi. Materiya tushunchasi moddiy
unsurga nisbatan ham, atomga nisbatan ham, pramateriyaga nis
batan ham umumiyroq bo‘lgan tushunchadir. Materiya olamdagi
barcha moddiy obyektlarni, butun obyektiv reallikni ifoda etuvchi
eng umumiy tushunchadir. Faylasuflar «Tom ma’nodagi materiya
faqat flkrning mahsuli va abstraksiyasidir» deb yozishadi. Fay
lasuflar barcha moddiy obyektlarga xos xususiyatlarni umumiy
tarzda ifodalash uchun qo‘llaydigan tushuncha materiya deb ata-
ladi. Demak, materiya moddiy obyektlarga xos eng umumiy tu
shuncha, falsafiy kategoriyadir.
Borliqning asosida yotuvchi mohiyatni axtarish tarixi ham fan
ning uzoq o‘tmishiga borib taqaladi. Masalan, qadimgi Hindis
ton va Xitoyda, Misr va Bobilda, qadimgi 0 ‘rta Osiyo va Yu-
nonistonda ba’zi faylasuflar olamning asosida qandaydir modda
yoki muayyan unsur yotadi, deb hisoblashgan. Ularning ba’zilari
bu unsurni olov, boshqalari suv yoki havo, ayrimlari esa — tup-
roqdan iborat deb hisoblashgan. Ba’zi bir falsafiy ta’limotlarda
esa, olamning asosida — olov, havo, suv va tuproq yotadi, bar
cha narsalar ana shu to‘rtta unsurning birikishidan hosil bo‘lgan,
deyilgan.
Olamning asosida yotuvchi substansiyani axtarishning yana bir
yo‘li narsalarning tarkibidagi bolinm as eng kichik unsurni, ya’ni
narsalarning tarkibidagi umumiy substrat (lotincha substratum —
asos m a’nosini anglatadi)ni axtarishdir. Bunday yo‘nalishga man-
sub oqimlardan biri atomistik oqim hisoblanadi. Masalan, qadim
gi Yunon faylasuflari Levkipp, Epikur, Demokrit va Lukretsiylar
narsalarning va butun olamning asosida eng kichik bo‘linmas un-
surlar atomlar yotadi, ular o‘zlarining shakli, harakatlanishi va
vaznlari bilan bir-birlaridan farq qiladi, deb hisoblashgan.
Albatta bu ta’riflarni bir yoqlama mutlaqlashtirib tushun-
maslik lozim. Bu ta’riflarda ko‘proq sezgi a’zolarimizga bevosita
ta’sir etishi mumkin bo‘lgan reallik nazarda tutilgan. Nimaiki
99
mavjud bo'lsa, ularning hammasi birgalikda siz bilan biz man-
sub bo‘lgan dunyoni ifodalaydi. Ammo tabiat, jamiyat va inson
tafakkurining asosida yotuvchi va ularni birlashtiruvchi shunday
bir umumlashtiruvchi tushuncha ham borki, u obyektiv olamning
mazmunini ifoda etadi. Bunday tushuncha haqidagi tasavvurlar
butun fan tarixi mobaynida rivojlanib kelgan. Dastlab, bu umum
lashtiruvchi tushuncha, narsalarning asosida nim a yotadi, degan
nuqtayi nazardan kelib chiqib, substansiya (lotincha, substantia
— nimaningdir asosida yotuvchi mohiyat degan ma’noni beradi)
deb ataldi.
Substansiya — muayyan narsalar, hodisalar, voqealar va jara-
yonlarning xilma-xil ko‘rinishlari ichki birligini ifoda etuvchi va
ular orqali namoyon bo‘luvchi mohiyatdir. Olamning asosida bitta
mohiyat — substansiya yotadi, deb hisoblovchi ta’limotni monizm
deb atashadi. Faylasuflar substansiya sifatida biror jismni, hodi-
sani, materiyani, g‘oyani yoki ruhni olishgan. Substansiya sifatida
moddiy jismlarni, materiyani oluvchilar — materialistik monizm
tarafdorlari. g‘oyani, ruhni oluvchilar esa — idealistik monizm
tarafdorlari hisoblanadilar. Shuningdek, olamning asosida ham
moddiy jism yoki materiya, ham g‘oya yoki ruh yotadi deb hi
soblovchi faylasuflar dualistlar (dualizm lotincha, dualis — ik-
kilangan degan tushunchani anglatadi) deb hisoblanadi. Arastu,
Moniy, R. Dekart va boshqalar dualistlardir. Olamning asosida
ko‘p substansiyalar yotadi deb hisoblovchilarni esa plyuralizm
(lotincha pluralis — ko‘pchilik so‘zidan olingan) tarafdorlari deb
atashadi.
Olamning namoyon bo‘lish shakllari xilma-xildir. Faqat mod
diy jismlarnigina o‘ziga qamrab oluvchi olamni moddiy olam
deyishadi. Ayrim kishilar uni jismoniy, ya’ni fizik olam deb
atashadi. Odamning m a’naviy, ruhiy dunyosini qamrab oluvchi
olamni ma’naviy olam deyishadi. Aynan shu paytda biz bilan
birgalikda mavjud bo‘lgan olam aktual olam deyiladi. Kelajakda
mavjud bo‘lish imkoniyati bor va bo‘lishi mumkin bo‘lgan olam
potensial olam deyiladi. Masalan, sizning bugungi kundagi ta-
labaligingiz aktual olamga mansub bo‘lsa, kelajakda mutaxassis
bo‘lib yetishishingiz esa potensial olamga mansubdir.
100
Olamning mavjudligi shubhasiz bo‘lgan va barcha e’tirof etadi-
gan qismi real olam deyiladi. Kelajakda mavjud bo‘lishi ehtimoli
bo‘lgan olam virtual olam deb ataladi (virtual so‘zi lotincha virtu-
alis — ehtimoldagi degan m a’noni beradi). Aniq ma’lum bolgan
olam konkret olam deyiladi, xayoldagi, tasavvurdagi, idealdagi
olam obrazi abstrakt olam deyiladi.
Odamning kundalik hayotidagi hammaga ma’lum bo‘lgan, tan
olingan hayoti real olamga mansub bo‘lsa, uning xayoliy rejalari
virtual olamga, uning o‘zi va atrofldagilar konkret olamga, ke-
lajakka yo‘nalgan orzu-umidlari esa abstrakt olamga mansubdir.
Odam о z rejalarini real olamga asoslanib tuzsa, potensial ola-
mining konkret reallikka aylanish ehtimolligi oshadi.
Odam olamda boshqalardan ajralib, yakka-yu yagona bo‘lib
emas, balki ijtimoiy hayot kechiradi va jamoa bolib yashaydi.
Odamlar jamoasi jamiyatni tashkil etadi. Odamlar jamiyatdagi
o zaro munosabatlari, faoliyatlari, o‘y-xayollari, ideallari, maqsad
va maslaklari bilan birgalikda ijtimoiy olamni tashkil etishadi.
Odamning jamiyatdagi boshqalar bilan birgalikdagi
Do'stlaringiz bilan baham: |