A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

52


I
hodisalarni idrok qilib, inson aql-zakovatining bilish imkoniyat- 
larini kengaytirdi, keyingi davrlarda yashagan olimlarga samarali 
ta’sir ko‘rsatdi. Ulug‘bekning astronomiya sohasidagi g‘oyalarini 
Yevropada XVI asrdan boshlab Kopernik, Galiley va boshqalar 
rivojlantirdilar.
Ulug‘bek Islom diniga chuqur e’tiqod qo‘ygan, ilohiyot rivojiga 
munosib hissa qo‘shgan, maktab va madrasalar qurishga e’tibor 
bergan shoh va jahonga mashhur olim edi. Lekin sobiq sho‘rolar 
davrida uning tabiiy-ilmiy qarashlari Islom diniga qarshi qara- 
tildi, hatto uni ateist darajasiga ko‘tarishga urinishlar ham bo‘ldi. 
«Ulug‘bek Mirzo, — deb ta ’kidlagan edi Alisher Navoiy, — do- 
nishmand podshoh edi. Kamoloti bag‘oyat ko‘p erdi». «Temurxon 
naslidin Mirzo Ulug‘bek, Ki dunyo ko‘rmadi podshoh aningdek» 
misralari ham Navoiyga tegishlidir.
XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab Hirot madaniy va ilmiy 
markazga aylandi. Ayniqsa, Temuriylardan Husayn Boyqaro hukm- 
ronligi davrida bu yerda ilm-fan, adabiyot sohasida yuksalish yuz 
berdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi jahonga mashhur 
mutafakkirlar yetishib chiqdi. 0 ‘rta asr mumtoz adabiyotining va- 
kili, ulug‘ shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiyni (1414—1492) 
Navoiy ustoz deb hisoblar edi. Uning qalamiga mansub asar- 
lar «Nafahot ul-uns», «Hujjat ul-asror», «Musiqa haqida risola», 
«Naqshi fusus», «Vohid atamasi haqida risola», «Haj qilish yo‘llari 
haqida risola», «Bahoriston» va boshqalardir. Jomiyning eng yirik 
asari «Haft avrang» bo‘lib, unga «Tuhfat ul-ahror», «Suhbat ul- 
abror», «Yusuf va Zulayho», «Suhbat ul-asror», «Layli va Majnun», 
«Salamon va Absol», «Xiradnomayi iskandariy» dostonlari kiradi.
Barcha musulmon mutafakkirlari kabi Jomiy ham Xudo abadiy, 
mutlaq va dunyodagi hamma narsalarning sababchisidir, Xudo 
mavjud bo‘lganda, borliq yo‘q edi, dunyo o‘zining boshlang‘ichini 
Ollohdan olgan, demak, Xudo hamma narsaning yaratuvchisidir, 
deb hisoblaydi. Jomiyning falsafiy qarashlari uning insonparvar- 
lik g‘oyalari bilan chambarchas bog‘lanib ketadi. Mutafakkirning 
ko‘pgina asarlarida inson, adolat, muhabbat, ezgulik g‘oyalari 
tasvirlanadi. Jomiy naqshbandiylik ta’limotiga e’tiqod qilib, uning 
nazariy va amaliy jihatlarini rivojlantiradi.
53


Jahon madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan siymolardan 
biri, ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin M ir Alisher 
Navoiydir (1441—1501). Uning otasi G ‘iyosiddin kichkina Shahri- 
sabzdan Hirotga borib qolgan barlos beklaridan edi. Navoiy Hi- 
rotda Husayn Boyqaro saroyida turli lavozimlarda ishladi, 1472- 
yildan boshlab vazir etib tayinlandi. Mamlakat obodonchiligi, 
xalq ravnaqi va osoyishtaligi yo‘lida ko‘p ishlar qildi.
Navoiy ijodi boy bo‘lib, asarlari turli mavzularga bag‘ishlangan. 
«Xamsa» ya’ni «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va 
Majnun», «Sab’ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari hamda 
«Xazoyin ul maoniy» («Ma’nolar xazinasi»), «Lison ut-tayr», 
«Majolis un nafois», «Mahbub ul qulub», «Mezon ul-avzon», 
«Muhokamat ul-lug‘atayn» va boshqalar.
Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bo‘lib, unda jamiyat va 
inson munosabati, insonning baxt-saodati, komil inson va fozil 
jamoa, ta’lim-tarbiya
haqidagi fikr-o‘ylari o‘z ifodasini topgan. 
Shoir ijtimoiy-falsafiy qarashlarining muhim xususiyati shundan 
iboratki, unda falsafiy fikrlar majoziy tarzda, badiiy o‘xshatish va 
ramziy iboralar yordamida, zohiriy va botiniy ma’nolarda bayon 
qilinadi. Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil in­
son g‘oyasi muhim o‘rinni egallaydi. Navoiyning yaxshilik, ezgu- 
lik, muhabbat, do‘stlik, adolat, tinchlik, osoyishtalik va boshqa 
go‘zal fazilatlar, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar to‘g‘risidagi qim- 
matli fikrlari, nasihatomuz so‘zlari respublikamiz mustaqillikka 
erishgandan so‘ng ham barkamol insonni tarbiyalashga xizmat 
qilmoqda.
0 ‘sha davrning ko‘zga ko‘ringan mutafakkirlaridan biri Ka- 
moliddin Husayn Voiz Koshifiy (taxm. 1440/1450 — 1505-yillarda 
yashagan) bo‘lib, 0 ‘rta Osiyo va Xurosonda axloq falsafasi rivo- 
jiga hissa qo‘shgan. Koshifiy Sabzavor shahrida tavallud topadi, 
keyinchalik Abdurahmon Jomiyning taklifi bilan Xirotga ko‘chib 
keladi. U qolgan umrini Hirotda o‘tkazadi va shu yerda vafot etadi. 
Olimning muhim risolalari «Axloqi muxsiniy» «Futuvvatnomayi 
sultoniy», «Anvari Suxayli», «Maxzanul-insho», «Risolayi xotami- 
ya» va boshqalardir. Koshifiy katta olim va mudarris bo‘lib yetisha- 
di, butun um rini ilm-fan va nasru-nazm ravnaqiga bag‘ishlaydi. U
54


Navoiy va Jomiy bilan do‘stona aloqada bo‘ladi. «Mavlono Husayn 
Voiz Koshifiy taxallus qilur, sabzavorlikdur. Yigirma yilqa yaqin 
borkim, shahardadur va mavlono zufundun va rangin va purkor 
voqe’ bo‘lubtur. Oz fan bo‘lg‘aykim, daxli bo‘lmag‘ay. Xususan, 
va’z, insho va nujumki, aning haqqidur va har qaysida mashhur 
ishlari bor...» — degan edi Navoiy uning haqida.
XV asrning oxiridan boshlab Temuriylar davlati sekin-asta 
inqirozga yuz tuta boshladi. Bunga temuriy shahzodalarining 
o‘zaro urush-janjallari, tarqoqlikning kuchayishi, o‘zaro nizolar, 
taxt uchun kurashlar natijasida mamlakatning bo‘linib ketishi, 
iqtisodning tushkunlikka uchrashi sabab bo‘ldi. Natijada Mova- 
rounnahr Shayboniyxon tomonidan bosib olindi.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish