A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


s a b a b bo‘lishi ham mumkin. Biz qisqa tahlil qilgan marksizm va кеУ'  inroq  u



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

s a b a b
bo‘lishi ham mumkin. Biz qisqa tahlil qilgan marksizm va кеУ' 
inroq 
u
paydo bo‘lgan hududda shakllangan natsional sotsializft1 
(fashizm) nazariyalari ana shu tarixiy haqiqatni isbotlaydi. Bu 
haqiqatning ostida esa, biror ta’limot qadriyatlarini 
m u t la q la s h t i'
rish, albatta, muayyan «izm»ga, aqidaparastlikka olib keladi, bu 
o‘z navbatida jaholat va qabohatga eltuvchi yo‘ldir, degan umurft' 
insoniy tamoyil yotadi.
XX asrga kelib jamiyat tarixiy taraqqiyotiga oid ta’limotlarft1 
umumlashtirish natijasida ijtimoiy taraqqiyotning plyuraiistxK 
modeli, «lokal madaniyatlar» hamda «sivilizatsiyalarning xilrna-
87


xilligi» konsepsiyalari shakllandi. Ularga ko‘ra, jamiyat tarixi — 
o‘ziga xos madaniyatlarning birligi emas, xilma-xilligidan iborat. 
Shu ma’noda u organik tabiatdagi hayot shakllarining rang-barang- 
ligiga qiyoslanadi. Demak, tabiat qanday xilma-xillikning birligi 
bo‘lsa, jamiyat ham ana shunday rang-baranglikning uyg‘unligidir. 
Jamiyatda ham hamma va har bir narsaning o‘z o‘rni bor.
Bu g‘oyalar nemis faylasufi va sotsiologi O. Shpengler (1880— 
1936) va ingliz tarixchisi A. Toynbi (1889—1975) ta’limotlarida 
har tomonlama asoslab berishga harakat qilindi. O. Shpengler 
o‘zining «Yevropaning so‘nishi» nomli asarida tarixni bir-biridan 
mustasno bo‘lgan madaniyatlar majmuyidan iborat, deb hisoblay- 
di hamda mukammal rivojlangan 8 xil madaniyatni ko‘rsatadi. 
Bular: arab, hind, vavilon, xitoy, yunon-rim, vizantiya-arab 
madaniyatlari, mayya va russ-sibir madaniyatlaridir. Madaniyat­
lar o‘ziga xos diniy asosga ega bo‘lib, ularning har biri qat’iy 
biologik maromga (ritmga) bo‘ysunadi. Va quyidagi asosiy davr- 
larni bosib o‘tadi: tug‘ilish va bolalik, yoshlik va kamolot, qarilik 
va so‘nish. Buning asosida madaniyatlar rivojining ikki bosqichi 
mavjud, deb ko‘rsatiladi. Birinchi bosqich — madaniyat ravnaqi 
(sof madaniyat) va ikkinchisi — uning tanazzuli («sivilizatsiya»).
O. Shpengler yevropotsentrizmga, ya’ni barcha madaniyatlarni 
yevropalashtirish g‘oyasiga qarshi chiqdi. Har bir madaniyatning 
o‘ziga xosligi, bir-biridan mustasno holda rivojlanish g‘oyasini 
mutlaqlashtirdi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik ham mav- 
judligiga kam e’tibor qaratdi.
Yana bir olim A. Toynbi esa o‘zining 12 jildlik «Tarixni 
o‘rganish» asarida madaniyatlarning hududiy rivojlanish g‘oyasini 
davom ettirdi. Biroq uning ta’limoti Shpengler konsepsiyasidan 
o‘zining ikki jihati bilan farqlanadi. Birinchidan, insonda o‘z 
hayotini erkin belgilash imkoniyati mavjudligini, tarixiy taraqqi­
yot zaruriyat va erkinlikning o‘zaro birligidan iborat ekanligini 
nazarda tutsa, ikkinchidan, tarixiy taraqqiyotning davriy mode- 
li dunyoviy dinlar (buddizm, xristianlik, islom)ning barcha 
xalqlarni yaqinlashtiruvchi va jipslashtiruvchi bosh omil g‘oyasi 
bilan boyitilgan. Toynbi G ‘arb xristian sivilizatsiyasining tanaz- 
zulga qarab borayotganligini ko‘rsatib, uning oldini olish yo‘lini


ma’naviy birlikda, jahon xalqlarining yagona dinni qabul qilish- 
larida, deb hisoblaydi.
Umuman olganda, hozirgi paytda jamiyat taraqqiyotining sivi- 
lizatsion konsepsiyasi ko‘pchilik faylasuflar tomonidan tan olin- 
moqda. Xususan, industrial va postindustrial jamiyat g‘oyalari, 
ayniqsa, ommaviylashib bormoqda. Unga ko‘ra, jamiyat taraqqi­
yotining bosh mezoni — sanoatning rivojlanish darajasidir.
Shunday qilib, XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib rang- 
barang falsafiy ta ’limotlar shakllandi. Ularning barchasini maz- 
kur mavzuda ko‘rib chiqish imkoniyati bo‘lmasa-da, yuqorida 
bayon etilgan m a’lumotlardan falsafiy plyuralizm haqida, falsafa 
zamon va makon bilan bog‘liq murakkab fan ekanligi to‘g‘risida 
muayyan xulosaga kelish mumkin. Bu sohadagi bilimlarimiz, o‘z 
navbatida bizning milliy g‘oya va mafkuramizni shakllantirishga, 
m a’naviyatimizning boyib, mustahkamlanib borishiga, intellek- 
tual kamolotimizga xizmat qiladi.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish