A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


Insonning tabiiy, axloqiy va estetik didining mutanosibligi



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

363


Insonning tabiiy, axloqiy va estetik didining mutanosibligi. 
Inson 
dunyoga kelar ekan, atrof-*muhitga va unda kechayotgan voqea- 
hodisalarga bo‘lgan munosabati orqali uning tabiiy didi shakllan- 
sa, voqea-hodisalarning estetik sifatlarini idrok etishi va bahola- 
shi jarayonida olinadigan qoniqish yoki qoniqmaslik tuyg‘usi va 
estetik mezoni orqali uning estetik didi namoyon boladi. Estetik 
did insonning fikr-mulohazalari, xulq-atvori, xatti-harakatlari, 
moddiy va ma’naviy ijod mahsulotlarida o‘z ifodasini topadi. 
Aynan shu uyg‘unlik insonning tabiiy, axloqiy va estetik didining 
mutanosibligini anglatadi.
Estetik did zaminida go‘zallikni xunuklikdan ajrata bilish va 
undan beg‘araz shodlanish hamda lazzatlanish qobiliyati yotadi. 
Estetik did odamlarning dunyoqarashidan, ayniqsa, estetik qa- 
rashlaridan ajralmagan holda amal qiladi. Estetik bilimlar va qa­
rashlar didda ifodalanishi uchun ular shaxsning ichki dunyosiga, 
idrok qilish jarayonining o'ziga singib ketishi, shaxsning mustah- 
kam axloqiy e’tiqodiga aylanishi lozim.
Estetik did o‘zida bevosita va bilvosita, hissiy va aqliy, yakka 
odam va jamiyat estetik didi qarama-qarshiliklari birligini mu- 
jassamlashtiradi. Estetik didning ziddiyatli tabiati haqida dastlab 
Kant munosabat bildirgan edi. Kant nazarida did yakka odamga 
xos bolgan insonning tug‘ma qobiliyatidir. Did shu qadar yakka 
tartibda ifoda topadiki, uni hech qanday dalillar bilan inkor etib 
bo'lmaydi. Did mulohazasi nihoyatda shaxsiy tabiatga molikdir. 
Shu boisdan ham «did to‘g‘risida bahslashmaydilar». Lazzatlanish 
obyekti bo‘lgan hissiylik, nafosat barcha uchun barobar darajada 
ahamiyatlidir, u faqat mazkur shaxsning o‘zigagina emas, balki 
hammaga yoqadi. Inson o‘ziga yoqqan narsalarni boshqalarga ham 
yoqadi deb o‘ylaydi. Demak, didlar uchun umumiy hisoblanadigan 
tomonlari ham bor. Shu sababli did to‘g‘risida bahslashish asosli- 
dir. Kant ikkala mulohazani antinomiya sifatida ta’riflaydi. In­
son amaliyotining boy va xilma-xilligi ma’naviy munosabatlarning 
ham boy va xilma-xil bo‘lishiga olib keladi, did esa, ularning eng 
muhim namoyon bo‘ladigan tuyg‘ularidan hisoblanadi.
Alohida shaxsning estetik didi uning betakror hayotiy tajri- 
basi zaminida shakllanadi. Tabiiyki, alohida tarbiya sharoitlari,
364


hayotiy tajriba, tabiati va ehtirosi ta’siri ostida u yoki bu estetik 
qadriyatlar tabiat hodisalari, inson moddiy faoliyati mahsulotlari, 
badiiy qiymatlarga ko‘proq moyillik vujudga keladi. Estetik ong 
bilan badiiy ongni tenglashtirib bo‘lmaganidek, estetik did bilan 
badiiy didni ham tenglashtirish mumkin emas. Estetik did badiiy 
did bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘p jihatdan uning ustiga quriladi, lekin 
u bilan qo‘shilib ketmaydi. Badiiy va estetik did o‘rtasidagi tafo- 
vut ularning turlicha idrok etish obyektlariga ega bo‘lishi bilan 
bog‘liqdir. Ikki did o‘rtasidagi farqni hisobga olish bilan birga, 
ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymaslik lozim. Badiiy did 
hamma vaqt estetik didga asoslanadi, undan kelib chiqadi.
Xuddi Shuningdek, estetik did axloqiy did bilan mutanosib- 
likda rivojlanib boradi. Zero, insonning qalb nafosati va ezgu ax­
loqiy qiyofasi uyg'unlikda uning go‘zalligini yaxlitlikda namoyon 
qiladi.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish