A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Tayanch tushunchalar: 
estetik tarbiya, fan, ta’lim, sport es- 
tetikasi, estetik did, «ommaviy madaniyat», madaniyat, estetik 
munosabat, estetik anglash, voqelik, turmush estetikasi, mehnat 
estetikasi, reklama, texnologiya.
373


Takrorlash uchun savollar:
1. Estetik tarbiyaning maqsadi va vazifalarini tushuntirib be­
ring.
2. Estetik tarbiyaning asosiy vositalariga nimalar kiradi?
3. Milliy estetik tarbiyaga mahallaning ta ’siri qanday?
4. Estetik tarbiyada san’atning tutgan o‘rni haqida gapirib be­
ring.
5. Estetik tarbiyada mehnatning roli qanday?
6. Globallashuv sharoitida estetik tarbiyaga tahdidlarning 
o‘ziga xos ko‘rinishlarini sharhlab bering.
7. Internet va uning estetik tarbiyaga ta’siri xususiyati haqida 
gapiring. «Ommaviy madaniyat»ning namoyon bolish shakllarini 
ayting.
374


XULOSA
M a’lumki, insoniyat azal-azaldan olam va odam nima, ular qan­
day paydo bo‘lgan, qanday qonuniyatlar asosida yashaydi, o‘zgaradi va 
taraqqiy etadi, degan savollarga javob izlab kelmoqda. Umrning maz­
muni nimadan iborat, ajdodlar ortidan avlodlar kelib-ketaverishida qan­
day m a’no bor, degan savollar ham necha asrlardan buyon ko‘pchilikni 
o‘ylantiradi. Har bir kishi uchun abadiy ahamiyatga molik ana shunday 
masalalar, olam va odamlar o‘rtasidagi munosabatlar, inson qadri va umr­
ning mazmuni, dunyodagi o‘zgarishlar, o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlik 
hamda taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari falsafaning azaliy va barcha 
zamon faylasuflari shug‘ullanadigan asosiy mavzulari hisoblanadi.
Shu ma’noda, falsafa insoniyat yaratgan eng qadimgi fanlardan biri, 
odamzod hayotining ilk davrlaridan boshlab uning doimiy yo‘ldoshi 
bo‘lib kelmoqda. Bu sohada to ‘plangan hikmatlar xazinasi, atoqli fayla­
suflar merosi, ularning asarlari insoniyat yaratgan m a’naviy qadriyatlar 
orasida muhim o‘rin egallaydi. 0 ‘z zamoni, yurti va xalqining tafak- 
kuri, ruhiyati hamda orzu-intilishlarini falsafiy ta’limotlarida ifoda 
etgan buyuk donishmandlar o‘rtaga tashlagan ezgu g‘oyalar jamiyat 
farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qilgan. Odamlarni buyuk 
maqsadlar sari yetaklovchi bu g‘oyalar muayyan davr va xalqlarning 
maqsad-muddaosiga, ularning mualliflarini esa insoniyat qadrlaydigan 
donishmand va allomalarga aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat 
kasb etgani shubhasiz.
Bu esa falsafaning barcha fanlar va xalqlarning yutuqlaridan oziqla- 
nadigan umuminsoniy va universal fan ekanidan dalolat beradi. Uning 
hayotiyligi dunyo xalqlari tarixi va tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga 
nechog‘li mos ekani, ularning manfaatlari va intilishlarini qay darajada 
aks ettira olishiga bog‘liq, albatta. Bu esa jahon falsafasining umumin- 
soniyligi va milliyligi, muayyan xalq yoki mintaqaga xos tafakkur tar- 
zining mohiyati va ahamiyatiga nisbatan xolisona qarashni taqozo eta­
di, falsafani zamonaviy mazmun bilan boyitib, bugungi talablar asosida 
rivojlantirishni zaruratga aylantiradi. So‘z falsafa haqida borar ekan, 
bu haqiqat yanada katta ahamiyat kasb etadi. Zero, umuminsoniylikni 
milliyliksiz to‘g‘ri tushunib bo‘lmagani kabi, milliylikning mohiyatini 
ham umuminsoniy mezonlarsiz chuqur anglab bo‘lmaydi.
Ushbu masalalarni tahlil qilish jarayonida biror-bir g‘oya, oqim, 
yo‘nalish yoki falsafiy ta’limotni mutlaqlashtirish, boshqalarining aha- 
miyatini kamsitish yoki yo‘qqa chiqarish haqiqatdan yiroq va bugungi
375


davr talablariga javob bermasligi shubhasiz. Aksincha, ularning bar- 
chasini xolis talqin etish, falsafa fani, uning mazmun-mohiyati, jam i­
yat va inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati, xilma-xil falsafiy oqimlar, 
faylasuflar va ularning ta ’limotlari haqida to‘g‘ri va ilmiy tasavvurni 
shakllantirish har qanday tadqiqotning asosiy mezoni va bu boradagi 
yutuqlar omili bo‘lib qolaveradi.
Lekin ushbu fan tarixi faqatgina ilmiy yutuqlar, ezgulikning mutlaq 
g‘alabasi, falsafaning doimiy kamolotidan iborat emas. U jamiyat uchun ni­
hoyatda katta ahamiyat kasb etgan g‘oya va ta’limotlar, turli-tuman falsafiy 
yo‘nalishlar, oqim va maktablaming vujudga kelishi, kamoli yoki zavoliga 
ko‘p bora guvoh bo‘lgan. Ularning ba’zilari xalqlar va davlatlami taraqqi- 
yotga yetaklagan, ezgulik va adolatga xizmat qilgan bo‘lsa, boshqalari ta- 
nazzulga sabab bo‘lgan, odamlarni qabohat va jaholat tomon boshlagan.
Falsafaning o‘ziga ham barcha zamonlarda bir xil munosabat 
bo‘lmagan. Ba’zi davrlarda u davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan, 
ma’naviy hayotda yakka hukmronga aylangan bo‘lsa, boshqa davrlar­
da unutilishga, ikkinchi darajali fanga aylantirishga mahkum qilin­
gan. Muayyan tarixiy burilish davrlarida «Falsafa nima o‘zi?», «Uning 
qanday foydasi bor?» degan masalalar dolzarb ahamiyat kasb etgan. 
Tarixda «Falsafa endi yo‘q bo‘ldi, uni o‘rganishning hech bir zarurati 
qolmadi» qabilidagi gaplar ham ko‘p bo‘lgan. Ana shunday davrlarda 
kishilar falsafaning mohiyati, uning maqsad va vazifalarini yangicha 
idrok etishga harakat qilganlar, undan zamonaviy tashbehlar izlaganlar. 
Qanday bo‘lmasin, zamonlar o‘tishi bilan odamzod baribir falsafaga 
ehtiyoj sezgan va u insonning m a’naviy kamolotida beqiyos ahamiyat 
kasb etishiga qayta-qayta ishonch hosil qilgan.
Shu bilan birga o‘z davrining qonun va xususiyatlarini zukkolik bi­
lan anglagan, hayot qonuniyatlaridan voqif bo‘lgan ba’zi yetuk faylasuf 
va allomalarning hayoti ham bir tekis kechavermagan, ularning g‘oya va 
qarashlar, jamiyat va millat kamoli uchun harakatlari hamma tomonidan 
ham bir xil qabul qilinavermagan. Bu boradagi tajriba shundan dalolat 
beradiki, falsafa tarixi bunday kishilarning nomini eslash va ularni sahi- 
falarida saqlab qolishni xush ko‘rmaydi, kimning kim ekani haqida xulosa 
chiqarishni esa odamlarning o‘ziga va kelajakka havola qilib qo‘ya qoladi.
Shu tariqa kishilik jamiyati hech qachon bir tekis va silliq taraqqiy 
etavermagan. Rivojlanish ortidan inqiroz, yutuqlar ketidan mag‘lubiyatlar 
farovonliklar izidan zavolga yuz tutishlar uni ta ’qib etgan. Muayyan 
jamiyat taraqqiyot borasida inqirozga duch kelar ekan, undan chiqib 
ketish uchun ilg‘or falsafiy ta ’limotlarga ehtiyoj sezgan, albatta. Bu esa
376


buyuk falsafiy ta’limotlar, bir tomondan, madaniy-intellektuat rivojla­
nish samarasi, ikkinchi tomondan, tub ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlar 
taqozosi ekanidan dalolat beradi.
Bu masalaning falsafa fani va uni o‘rganish uchun hozirgi davrdagi 
turli falsafiy g‘oya va mafkuralar, ta’limot va nazariyalar bilan bog‘liq 
yana bir muhim jihati ham bor. Globallashib borayotgan bugungi dun- 
yoning mafkuraviy manzarasi, ro‘y berayotgan g‘oyaviy kurashlarning 
asosiy mazmun-mohiyatini tashkil qiladigan ushbu mavzuning tarixi, 
tavsifi va ahamiyati falsafaning o‘zi kabi qadimiy va nihoyatda dol- 
zarb ekanligiga shubha yo‘q. Insoniyat ibtidosidan boshlangan ana shu 
azaliy kurashda ezgulikning g‘alaba qilishi, soglom tafakkur ustuvor 
bo‘lishi targ‘ib etilsa-da, bunday muvaffaqiyatni qo‘lga kiritish ham ­
ma vaqt ham oson kechmagan. Afsuski, asrlar osha odamlarni ezgu 
va xayrli ishlarga boshlab kelayotgan, umuminsoniy ahamiyatga mo- 
lik bunyodkor g'oyalar bilan birga, mazmun-mohiyati buzg‘unchilik 
va g‘ayriinsoniylikdan iborat vayronkor mafkuralar, shaxsiyatparastlik 
mayllari ham rang-barang shakllarda namoyon bo‘lib turadi. Falsafiy 
tafakkur rivoji shu tariqa, muayyan g‘oyalar ustuvor bo'lgan necha-ne- 
cha zamonlar almashinuvi, turli mafTkuralar kurashidan iborat uzluksiz 
jarayon sifatida davom etib kelmoqda.
Mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etilayotgan 
hozirgi sharoitda tinchlik va totuvlikka, barqarorlik va bag‘rikenglikka 
rahna soluvchi buzg‘unchi mafkuralarning maqsad-muddaolarini o‘z 
vaqtida anglash, ularga qarshi kurashish, ezgu g‘oyalarni amalga oshi- 
rishga qaratilgan bunyodkorlik ishlarida faol va mas’uliyatli bo‘lish bu 
boradagi faoliyatimizning asosiy mezonidir.
Xullas, falsafiy tafakkur taraqqiyoti insoniyat rivoji bilan uzviy 
bog‘liq va jamiyat hayotdagi voqea-hodisalar ijtimoiy ongda, xususan 
falsafada ham o‘ziga xos tarzda aks etadi. Taraqqiyot jarayonida davr 
o‘zgarishi, yangi zamon boshlanishi bilan unga mos m a’naviy, huquqiy, 
siyosiy va falsafiy mezonlar ham shakllana boshlaydi. Lekin bu jara­
yon faqat stixiyali tarzda, o‘z-o‘zidan yuz beravermaydi. Chunki, inson 
tafakkurining yangi davrga xos o‘zgarishi, dunyoqarashning yangicha 
tamoyillarga ega bo'lishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. 
Falsafiy tafakkur rivoji bilan bog‘liq bun-'day holat hozirgi davrda ham 
yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Shu m a’noda, bugungi kunga mos dun­
yoqarash va zamonaviy tafakkurni shakllantirish falsafaning eng asosiy 
vazifalaridan biriga, barchamiz uchun ulkan mas’uliyatga aylangani 
shubhasiz.
377


MUNDARIJA

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish