A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


0 ‘zbekiston hududidagi qadimgi falsafiy qarashlar. Zardushtiy-



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

34


0 ‘zbekiston hududidagi qadimgi falsafiy qarashlar. Zardushtiy-
lik ta’limoti. 
Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlari- 
gacha boMgan davr mahsuli bo‘lgan diniy-falsafiy ta’limotlardan 
biri zardushtiylikdir. Bu ta’limotga Zardusht asos solgan bo‘lib, 
Sharq va G ‘arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan mashhur- 
dir. Manbalarga ko‘ra, Zardusht eramizdan avvalgi VI asrning 
birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonaviy 
shaxs ekanligi haqida aniq bir to‘xtamga kelingani yo‘q. U o‘zini 
payg‘ambar deb e’lon qilgan. Lekin uning payg‘ambarligi ilohiy 
kitoblarda o‘z tasdig‘ini topmagan.
Keyingi 
yillarda 
olib 
borilgan 
tadqiqotlar 
shuni 
ko‘rsatmoqdaki, bu ta ’lim ot Vatanimiz hududida, xususan, 
Xorazm zam inida paydo bo‘lgan. Zardushtiylikning bosh ki- 
tobi «Avesto»dir. Unda qadimgi xalqlarning dunyo to ‘g\risidagi 
tasavvurlari, o‘ziga xos qadriyat va urf-odatlari aks etgan. Unda 
olamning azaliy qaram a-qarshi kuchlari — yaxshilik va yomon- 
lik, yorug‘lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik, hayot va o‘lim 
borasidagi qarashlar o‘z ifodasini topgan. «Avesto»da, Shu- 
ningdek, tabiat falsafasi, tarix, etika, tibbiyotga oid m a’lumotlar 
ham berilgan.
Falsafa tarixida makedoniyalik Shox Filippning o‘g‘li Alek­
sandr (eski o‘zbek tilida Iskandar deyilgan) istilosi va Grek-Baqtri- 
ya davri falsafasi ham xalqimizning taraqqiyot tarixida muhim 
o‘rin tutgan. Manbalarda Aleksandr «Avesto»ning ko‘pgina qis- 
mini yondirib yuborgani haqida ma’lumotlar bor. Bugungi kun- 
gacha ham ayrim tarixchilar Aleksandr «Avesto»ning tilini bil- 
magani, uni o‘qiy olmagani sababli bu kitobning qadr-qimmatini 
tushunmagan va uni yoqish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan, degan 
fikrlarni bayon etadilar. Aslida unday emas. Bu — tarixiy haqi- 
qatni, garchand u kimlar uchundir achchiq va kimlar uchundir 
ibratli bo‘lsa-da, xaspo‘shlashga urinishdan boshqa narsa emas. 
Negaki, Aleksandr o‘z zamonida fanlarning otasi deb nom ol­
gan falsafani fan darajasiga ko'targan, buyuk donishmand sifatida 
yetti iqlimda tan olingan Arastudan ta’lim olgan edi. Binobarin, 
Aleksandrni savodsiz, kitobning qadrini tushunmaydigan kimsa 
deb ta’riflash tarix haqiqatiga to‘g‘ri kelmaydi.
35


To‘g‘ri, u «Avesto»ni o‘tda kuydirgan bo‘lishi mumkin. Le- 
kin buni kitobning qadrini tushunmagani uchunmas, balki yerli 
xalqlarni birlashishga da’vat etib turuvchi, ular e’tiqod qo‘ygan 
milliy g‘oyalar timsoli bo‘lgan va o‘z saltanatiga qarshi mutta- 
sil kurash olib boruvchi vatanparvarlarni tarbiyalaydigan manba 
ekanini nazarda tutib, shu ishni amalga oshirgan. U, yuqorida 
ta ’kidlanganidek, mazkur kitob omon tursa, u ushbu zamin far- 
zandlari uchun o‘zlikni anglash, binobarin, kuch-qudrat manbayi 
bo‘lib qolaverishini nihoyatda yaxshi tushungan. Aleksandrdan 
keyin yashagan Rim imperatorlari ham Misr va Vizantiyaga qar­
shi urush qilib, yahudiylarning yerini bosib olganida tub aholi- 
ning madaniy boyliklarini yo‘q qilgani, «Zabur» va «Tavrobning 
qadimgi nusxalarini kuydirib yuborgani yuqoridagi misolning ta- 
sodifiy emasligidan dalolat beradi.
Umuman, har qanday sharoitda ham istilochilarning birin- 
chi ishi xalq va millatlarni zo‘rlik bilan bosib olish, boylikla­
rini talash bo‘lsa, keyingi asosiy faoliyati — millatni o‘z tarixi va 
an’analaridan uzib qo‘yish, madaniy merosini talon-taroj qilish, 
uning ma’naviyatini yo‘qotishdan iborat bo‘ladi. Tarixning bu 
achchiq sabog‘i mustamlakadan ozod bo‘lgan, o‘z mustaqilligini 
saqlab qolish va mustahkamlashga intiladigan har qanday xalq 
taraqqiyoti uchun eng muhim xulosa bo‘lib xizmat qiladi.
Markaziy Osiyoda buddaviylik ham o‘z o‘rniga ega. U diniy-fal- 
safiy ta’limot sifatida qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi VI 
asrning oxiri va V asr boshlarida vujudga kelgan. U jahonda keng 
tarqalgan dinlardan biridir. Bu ta’limotga asos solgan donishmand 
Sidharta urug‘idan chiqqan Gautama hisoblanadi. Keyinchalik u 
«Budda», ya’ni nurlangan degan laqabga ega bo‘lgan. Buddaviy­
lik Islomga qadar 0 ‘rta Osiyoda tarqalgan qadimgi dinlar orasida 
mavqe jihatidan juda katta o‘rin tutadi. Bu ta’limot 0 ‘rta Osiyoga 
eramizdan awaigi II—I asrlarda kirib kelgan. Tarixiy manbalarga 
ko‘ra, uni Toharistonga balxlik savdogarlar olib kelishgan. Ku- 
shonlar davrida buddaviylik dini hukmron dinga aylangan edi.
Buddaviylikning 0 ‘zbekiston va Hindiston xalqi o‘rtasida o‘z 
davrida ma’naviy ko‘prik bo‘lib xizmat qilganligi aniq. Xalqlari- 
miz orasidagi do‘stlik va birodarlikning ildizlari ham o‘sha davr-
36


ga borib taqaladi va bugungi kunda aksariyat kishilar, ayniqsa, 
yoshlarimizning hind xalqi, uning madaniyati va san’atiga qiziqi- 
shi tasodifiy emas.
Moniy ta ’limoti yurtim izda buddaviylikdan keyin keng 
tarqalgan edi. U zardushtiylik va xristianlikning sintezlashuvi 
natijasida vujudga kelgan. Moniy fors va arab tillarida bir necha 
risolalar yozgan. Lekin ular bizgacha yetib kelmagan. Moniy 
hatto «Moniylik yozuvi» nomli alifbo ham tuzgan. Uning 
ta’limoticha, hayotda dastavval nur dunyosi — yaxshilik va 
zulmat dunyosi— yovuzlik bo‘lgan. Ular o‘rtasida abadiy kurash 
boradi, inson ikki unsur (ruh — nur farzandi, jism — zulmat 
mahsuli)dan iborat. Moniylik xalq ommasi m anfaatlarini hi- 
moya qiluvchi ta ’limot bo‘lgani sababli hukm ron m afkura qar- 
shiligiga duch kelgan.
Moniylik ta’limoti asosida Mazdak ta’limoti yuzaga kelgan. U 
eramizning V—VI asrlarida keng tarqalgan edi. Uning asoschisi 
Mazdak (470—529-yillar) bo‘lgan. Mazdak va uning maslakdosh- 
lari o‘z qarashlarida xalq ommasiga suyangan. Xalqning ozod- 
lik, erkinlik, hurlik yo'lida olib borgan harakatlariga rahnamolik 
qilgani uchun tez fursatda ularning maslakdoshlari, izdoshlari 
ko‘payib ketgan. Mazdakiylik ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish 
yo‘lida kurashga da’vat etuvchi mafkura sifatida xizmat qilgan. 
Unda asosiy yovuzlik-boylikka hirs qo‘yish va o‘ta kambag‘allik 
qoralanadi. Bu insonparvar harakatdan cho‘chigan shox Mazdak- 
ni turli hiylalar bilan o‘limga mahkum etadi. Mazdakiylar hara- 
kati, eramizning VI asrida bostirilganiga qaramay, turli mam- 
lakatlarda muayyan darajada davom etgan.
Markaziy Osiyoda vujudga kelgan qadimgi falsafiy ta’limotlar, 
ular ilgari surgan g‘oyalar bugungi kunda ham muhim ahamiyatga 
ega. Vatanimizning o‘sha davrda shakllangan va rivojlangan boy 
madaniyati, milliy m a’naviyatimiz, falsafamiz jahon sivilizatsiya- 
siga katta ta’sir ko‘rsatgan. Afsuski, Vatanimizning ana shu davr 
tarixi nihoyatda kam o‘rganilgan. Bu davrga oid manbalarning 
aksariyati esa yo‘q qilib yuborilgan. Bu vayronkorlikning boshida 
miloddan avval makedoniyalik Aleksandr turgan bo‘lsa, mam- 
lakatimizni zabt etgan keyingi bosqinchilar ham ana shu yo‘ldan
37


borgan. Ular xalq ongidan mustaqillik va erkin hayot to‘g‘risidagi 
maqsad-muddaolarni butunlay yo‘qotib yuborishga urinishgan. 
Buning natijasida ma’naviy qashshoq va tarixiy xotirasiz kishilar 
tarbiyalanishi lozim edi. Bosqinchilar Movarounnahrda niho- 
yatda boy madaniyat shakllanganini e’tirof etgan. Ammo uning 
bosqinchilik g‘oyalariga mos kelmaydigan juda ko‘p namunalarini 
ayovsiz yo‘q qilishgan.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish