72- rasm.
Radioto‘lqinlar (Gers nurlari) bilan infraqizil nurlar orasi- dagi soha to‘ldirilganiga o‘xshash ultrabinafsha nurlar orasidagi soha ham rentgen nurlari bilan to‘ldirilgan. Juda qisqa to‘lqinlar sohasi rentgen nurlari bilan tugamasdan, radioaktiv moddalar chiqaradigan gamma-nurlar bilan tugaydi. Bular poloniy atomlari chiqariladigan - nurlardan (yumshoq) eng qattiq rentgen nurlari to‘lqin uzunligidan yuzlab marta qisqa bo‘lgan toriy chiqaradigan
- nurlargacha davom etadi.
Shunday qilib, elektromagnit to‘lqinlar shkalasi uzun radio- to‘lqinlardan tortib, to‘lqin uzunligi juda qisqa bo‘lgan - nurlar- gacha uzluksiz to‘ldirib borilgan.
72- rasmda elektromagnit to‘lqinlar shkalasi logarifmik mas- shtabda keltirilgan.
Ushbu rasmdan yorug‘lik to‘lqinlari elektromagnit to‘lqin shkalasida juda tor sohani o‘z ichiga olar ekan, degan ajoyib xulosa chiqarish mumkin.
Qo‘shimcha adabiyotlar
[9] — 13—16- betlar, [1] — 446—50- betlar,
[10] — 287- bet,
[3] — 161- bet, [7] — 744—48- betlar.
Nazorat uchun savollar
Rentgen nurlari nima?
Xarakteristik rentgen nurlanishi nima?
Yumshoq rentgen nurlari qanday spektrga ega?
Gamma-nurlanish nima?
Gamma-nurlar qanday xususiyatlarga ega?
Elektromagnit to‘lqinlar shkalasi qanday tuzilgan?
— Fizika, 3- qism 8 1
18- ma’ruza
Nisbiylik nazariyasi elementlari.
Elektrodinamika qonunlari va nisbiylik prinsipi
Elektrodinamikaning rivojlanishi fazo hamda vaqt (makon va zamon) to‘g‘risidagi tasavvurlarni qayta ko‘rib chiqishga olib keldi. Fazo hamda vaqt to‘g‘risidagi asrlar davomida o‘zgarmay kelgan klassik tasavvurlarga muvofiq, harakat vaqtning o‘tishiga hech qanday ta’sir etmaydi (vaqt absolut), har qanday jismning chiziqli o‘lchamlari esa uning tinch turganligi yoki biror tezlik bilan
harakatlanayotganligiga bog‘liq bo‘lmaydi (uzunlik absolut).
Eynshteynning maxsus nisbiylik nazariyasi fazo hamda vaqt to‘g‘risidagi eski (klassik) tasavvurlar o‘rniga kelgan yangi ta’limotdir.
asrning ikkinchi yarmida Maksvell elektrodinamikaning asosiy qonunlarini ta’riflab bergandan keyin nisbiylik prinsipi mexanik hodisalar uchun ham o‘rinlimi, elektromagnit hodisalarga ham tatbiq etiladimi, boshqacha aytganda, elektromagnit jara- yonlar (zaryadlarning va toklarning o‘zaro ta’siri, elektromagnit to‘lqinlarning tarqalishi va boshqalar) barcha inersial sanoq sistemalarida bir xilda boradimi yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakat mexanik hodisalarga ta’sir qilmagan holda, elektromagnit jara- yonlarga bir qadar ta’sir etarmikan, degan savollar tug‘ildi.
Ikkinchi inersial sistemaga o‘tilganda elektrodinamikaning asosiy qonunlari o‘zgaradimi yoki Nyuton qonunlari kabi o‘zgarmay qoladimi, degan masalani aniqlab olish zarur edi.
Elektrodinamika qonunlari murakkab bo‘lib, bu masalani aniq hal etish oson ish emas. Ammo oddiy mulohazalarning o‘ziyoq to‘g‘ri javob topishga imkon beradigandek ko‘rinadi. Elektrodinamika qonunlariga binoan, vakuumda elektromagnit to‘lqinlarning tarqalish tezligi barcha yo‘nalishlarda bir xil bo‘lib, c =3·1010sm/s ga teng. Lekin ikkinchi tomondan, Nyuton mexanikasida tezliklarni qo‘shish qonuniga muvofiq, tezlik tanlab olingan bitta sanoq sistemasidagina c ga teng bo‘lishi mumkin. Òanlab olingan ana shu sistemaga nisbatan v tezlik bilan harakatlanyotgan har qanday boshqa sanoq sistemasida yorug‘lik tezligi c—v ga teng bo‘ladi. Bu esa tezliklarni qo‘shishning odatdagi qonuni to‘g‘ri bo‘lgan holda bir inersial sistemadan boshqa inersial sistemaga o‘tilganda elektrodinamika qonunlari shunday o‘zgarishi kerakki, bu yangi
8 2
sanoq sistemasida yorug‘lik tezligi c ga emas, balki c—v ga teng bo‘lishi lozim, degan so‘zdir.
Shunday qilib, elektrodinamika bilan Nyuton mexanikasi orasida bir qadar ziddiyat borligi aniqlandi; ma’lumki, Nyuton qonunlari nisbiylik prinsipiga zid emas edi. Bu qiyinchiliklarni turlicha bo‘lgan uch usul bilan bartaraf qilish mumkin edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |