Ovqat hazm qilish sistemasi
og‘iz teshigidan boshlanadi. Og‘iz teshigidan
keyingi 1- 6 bo‘g‘inda joylashgan muskulli tomoq keladi, ettinchi segmentdan
qizilo‘ngach boshlanadi. 13 - bo‘g‘imdan, qizilo‘ngach kengayib jig‘ildonga aylanadi.
11-12 bo‘g‘imlarda qizilo‘ngach atrofida oq rangli 3 juft ohak bezlari yotadi. Bu bezlar
ishlab chiqargan ohak moddasi tuproqdagi gumus kislotasini neytrallashda katta
ahamiyatga ega. Ovqat jig‘ildondan muskulli oshqozonga o‘tadi. Oshqozon o‘rta
ichakgacha davom qiladi, ichakda ovqat hazm bo‘lib shimiladi.
Yomg‘ir chuvalchangining ichagi o‘rta ichak bo‘ylab ichkariga botgan. Bu botiq
tiflozol deyilib, u ichakning ovqat shimish sathini kengaytiradi. O‘rta ichakdan keyin
orqa ichak keladi. Bu ichakda tiflozol bo‘lmaydi. Keyingi ichak anus bilan tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |