Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi.
Chuvalchangni ichki tuzilishini
o‘rganish uchun yomg‘ir chuvalchangini mumli yoki parafinli vannachaga elka
tomonini yuqoriga qaratib qo‘yib, bosh tomonini to‘g‘nag‘ich yordamida vannaga
sanchib biriktiriladi. So‘ngra chuvalchang tanasini biroz cho‘zib, keyingi tomonini ham
to‘g‘nag‘ich yordamida vannachaga biriktiriladi. Keyin o‘tkir skalpel yoki uchi o‘tkir
qaychi yordamida dum tomonidan to boshqismigacha teri – muskul haltasi kesiladi.
Pinset yordamida teri – muskul xaltasini qayirib, bo‘g‘imlarni bir biridan ajratib
turuvchi to‘siq – dissepiment pardalar kesiladi. Shundan keyingina teri – muskul
xaltasini qayirib to‘g‘nag‘ichlar yordamida vannaga qadab qo‘yiladi. Vannaga suv
solib, qo‘l lupasi yordamida ichki organlar va ularning joylashish tartibini o‘rganish
mumkin.
52
Do'stlaringiz bilan baham: |