A s daminov, B. S. Salimov


Lentasimon  chuvalchanglarning  tipik  vakili  odam  ichagida  yasovchi



Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/166
Sana03.01.2022
Hajmi4,99 Mb.
#316256
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   166
Bog'liq
zoologiya (1)

Lentasimon  chuvalchanglarning  tipik  vakili  odam  ichagida  yasovchi 
qoramol  gijjasi 
Taeniarhynchus  saginatus
  dir.  Gijjaning  tanasi  oq  rangli 
lentasimon  bo‘lib,  uzunligi  10-12  metrgacha  etishi  mumkin.  Gijjaning  boshchasi 
(skoleksi)  sharsimon  bo‘lib,  diametri  1,5-2mm  ga  ega  bo‘ladi  va  unda  4  ta 
so‘rg‘ichlar joylashgan.  
Bo‘yincha  o‘sish  zonasidir.  Bo‘yincha  qisqa  bo‘ladi  va  undan  birin  ketin 
yosh  bo‘g‘im  (proglatida)  lar  hosil  bo‘lib  turadi.  Bu  jarayon  strobilatsiya  deb 
ataladi.  Uning  hisobiga  tana  o‘sadi.  Gijjaning  tanasida  proglatidlar  soni  o‘n  ming 
tagacha etishi mumkin. 
Proglatidlarning  katta  –  kichikligi  va  tuzilishi  bir  xil  emas.  Skoleksdan 
uzoqlashgan sari bo‘g‘inlar eniga kattalashadi. Etilgan bo‘g‘inlarning eni 5-7 mm, 
bo‘yi 16-30 mm keladi.  
Qoramol gijjasi tuzilish jihatidan boshqa gijjalardan farq qilib turadi.  
1.
 
Boshqa gijjalarga nisbatan bo‘g‘imlarining soni ko‘p va strobilasi uzun.  
2.
 
Cho‘chqa gijjasi, exinokokk va multiceps skoleksi 4 ta so‘rg‘ichdan tashqari 
ilmoqchalar  bilan  qurollangan:  qoramol  gijjasida  esa  ilmoqchalar  bo‘lmaydi, 
shuning uchun ham u qurollanmagan gijja deb ham yuritiladi.  
3.
 
Etilgan bo‘g‘imlardagi bachadon shoxlari bilan ham farq qiladi. Misol uchun 
qoramol  gijjasining  etishgan  bo‘g‘imida  bachadon  shoxlari  17-35  juft  bo‘lsa, 
cho‘chqa gijjasida 7-15 ta bo‘ladi.  


31 
 
Qoramol  gijjasining  teri  muskul  xaltasining  tuzilishi  jigar  qurtinikiga 
o‘xshaydi. Biroq, kutikulasi yupqalashadi.  
Harakati  sust,  najas  bilan  uzilib  chiqqan  bo‘g‘inlar  o‘rmalab  harakat 
qilishlari mumkin.  
Nerv  sistemasi.  Chuqur  parazitizmga  o‘tganligi  tufayli  nerv  sistemasi  va 
sezgi  organlari  ancha  sust  taraqqiy  etgan.  Markaziy  nerv  sistemasi  bir  juft  bosh 
nerv  tugun  va  ulardan  chiqqan  nerv  tolalaridan  iborat.    Yon  nerv  tolalari  yaxshi 
rivojlangan. Ko‘z va boshqa sezgi organlari rivojlanmagan.  
Ovqat hazm qilish sistemasi. To‘liq parazitizmga moslashganligi munosabati 
bilan ovqat hazm  organlari  regressga uchragan.Xo‘jayin  ichagidagi ovqatni  butun 
tanasi yordamida shimib oladi.  
Nafas  olishi.  Ushbu  jarayon  kislorodsiz  muhitda  yashaganligi  uchun, 
organizmda  kechadigan  bijg‘ish  reaksiyalari  natijasida  ajratiladigan  kislorod 
hisobiga kechadi.  
Jinsiy sistemasi. Yosh – yangi hosil bo‘lgan bo‘g‘inlarda hech qanday jinsiy 
organlar  bo‘lmaydi.Proglatidlarda  o‘sish  bilan  bir  vaqtda  rivojlanish  ham  boradi. 
Strobilaning  o‘rtalaridagi  proglatidlarda  to‘la  etishgan  jinsiy  organlar  mavjud 
bo‘ladi.  SHuning  uchun  ham  ular  germafrodit  bo‘g‘inlar  deb  ataladi.  Har  bir 
bo‘g‘inda  o‘zining  jinsiy  sistemasi  bo‘ladi.  Erkaklik  jinsiy  sistemasiga  urug‘don, 
urug‘  yo‘llari  va  kopulyativ  organ-sirrus  kiradi.  Pufakchasimon  urug‘donlarning 
soni  1000  dan  ziyod  bo‘lib,  butun  bo‘g‘im  bo‘ylab  taqalgan  va  parenximada 
joylashgan.  
Urg‘ochilik  jinsiy  sistemasiga  bachadon,  tuxumdonlar,  sariqdonlar  har  hil 
jinsiy kanallar, ootip, qin va Melis tanachalari kiradi.  

Download 4,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish