Teri-muskul xaltasi.
Parazitlik bilan hayot kechirishi munosabati bilan
trematodalarning epiteliysida kiprikchalar bo‘lmaydi va u kutikula deb ataladi.
Kutikulada ko‘plab uchi orqaga qayrilgan tikanlar bo‘ladi. Kutikula teri
epiteliysining faoliyati natijasida hosil bo‘lgan bo‘lib, himoya vazifasini bajaradi.
Teri-muskul xaltasi teri epiteliyasi bilan birikkan ko‘ndalang, bo‘ylama,
qiyshik muskullar bilan birga - muskul xaltasini hosil qiladi. Teri – muskul xaltasi
ichki organlarni o‘rab turadi, u himoya hamda harakat vazifasini bajaradi.
Parenxima – tartibsiz joylashgan hujayralardan hosil bo‘lgan to‘qima bo‘lib,
tanaga ma’lum bir muntazam shakl berib turadi va zapas oziq – ovqat rezervuari
bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |