Qon sporalilar - Haemasporidae
turkumiga kiruvchi sodda hayvonlar
parrandalar, sut emizuvchilar va shu jumladan odamning qizil qon xujayralarida
jigarida, eritrotsitlarida rivojlanishnib jinssiz ko‘payadi. Bu turkumga kiruvchi
parazitlar xo‘jayin almashtirish yo‘li bilan ko‘payadi. Shunga ko‘ra ularning jinsiy
ko‘payishi qon so‘ruvchi hashoratlar va kanalarda kechadi, hosil bo‘lgan
sporozoidlarda esa spora hosil bo‘lmaydi.
Qon sporalilarning tipik vakili bezgak plazmodiyasi –(plasmodium vivax)
dir. Bezgak plazmodiyasi odamlarda isitma (bezgak) kasalligini chaqiradi. Ularni
yuqtiruvchisi Anophelis avlodiga kiruvchi bezgak chivinidir. Chivin odam qonini
surganda uning so‘lagi bilan bezgak plazmodiyasining sporazoidlari qonga,
qondan esa jigarga o‘tib, bu erda bir necha marta jinssiz ko‘payadi. Jigar
xo‘jayralarini emirib chiqqan shizontlar (merozoitlar) qon oqimiga o‘tib
eritrotsitlar ichiga kirib oladi. Bu davrni eritotsitar shizontlar deb ataladi.
Eritrotsitda parazit dastavval xalqasimon shizont keyin amyobasimon shizont
davrini o‘taydi. Amyobasimon shizontlar keyinchalik 12-20 tagacha merazoitlarga
bo‘linib, qon plazmasiga chiqadi va yangi eritrotsitlarga kiradi. SHunday qilib bu
jarayon har 48-72 soatda takrorlanib turadi.
Odam qonida bundan tashqari vaqti - vaqti bilan erkaklik va urg‘ochilik
gametoblast (makro va mikrogametooblast) lari ham xosil bo‘lib turadi. Bezgak
chivini odamni chaqqan vaqtda gametoblastlarni ham so‘rib oladi. CHivin
organizmida gametoblastlardan makro va mikrogametalar etiladi. Otalanish
jarayonidan keyin zigota, hosil bo‘ladi, u esa yupqa qobiq bilan qoplanib
ookinetaga aylanadi. Ootsistadan ichak va oshqozon devorlariga yorib kirgan
minglab sporozoidlar hosil buladi. Ular chivinni so‘lak beziga to‘planadi. Ana
shunday chivin odamni chaqqan vaqtda bezgak kasalini yuqtiradi va sikl yana
takrorlanadi
16
4- rasm. Quyon koksidiyasining rivojlanish sikli.
1-YOsh sporozoid, 2-trofozoid, 3-shizogoniyaning boshlanishi (o‘zakning ko‘plab
bo‘linishi), 4-yosh merozoitlari hosil bo‘lishi. 5-hujayradan chiqqan yosh
merozoidlar, 6-makrogametaning, va mikrogametaning rivojlanishi, 7-
mikrogameta bilan makrogametaning qo‘shilishi, 8-ootsista, 9-tashqi muhitda
ootsistada sporozoitlarning etilishi (I-V hayvon ichagida, v- tashqi muhitda
parazitning rivojlanishi).
5-rasm. Bezgak plazmodiyasi - Plasmodium vivax ning rivojlanish sikli.
1-chivin sulagidagi sporozoidlarni odam qonga o‘tishi, 2-trofozoid, 3-
endotelial organlar xujayrasida jinssiz ko‘payish, 4-yosh merozoidlarning chiqishi:
24-27 jigarda shu jarayonning takrorlanishi, 5-qondagi eritrotsitlarga kirib olish, 6-
7-amyobasimon
trofozoidlar,
8-jinssiz
ko‘payish (shizogoniya), 9-yosh
merozoidlar, 10-12 shu jarayonni takrorlanishi, 13-mikro-14-makrogametoblastlar
17
va ularni chivin organizmiga qon so‘rganda o‘tishi, 15-makrogametani, 16-
mikrogametani etilishi, 17-makro-va mikrogametani qo‘shilishi, 18-ookineta, 19-
ookinetani chivinning oshqozoni tana bo‘shlig‘iga tushishi va 23-sulak bezlarida
sporozoitlarning yig‘ilishi.
Ularga piroplazma avlodiga kiruvchi P.bigeminum, P. ovis, P. canis, P.
caballi. Babesi avlodiga kiruvchi B. bovis, Theileria avlodi vakili T. annulatani
misol keltirish mumkin. Bunday qon cporalilar yaylov kanalari orqali yuqadi, ular
markaziy Osiyo va Kavkaz orti davlatlarida keng tarqalgan bo‘lib turli kasalliklarni
chaqiradi. Teleriya qo‘zg‘atadigan kasalliklardan 90 foizgacha qoramollarda olishi
mumkin.
6- rasm. Yirik shoxli hayvonlarda parazitlik qiluvchi teyleriya - Theileria annulata
ning rivojlanishi.
1-Endoteliy xujayralaridagi trofozoit, 2-3-”anor donachasi” deb ataluvchi
tanachalarning hosil bo‘lishi, 4-merozoitlar, 5-parazitni eritrotsitlar ichida
rivojlanishi, 6-kana ichagiga qon bilan utgan merazoitlar,
7-epiteliy xujayralarida shizogoniya, 8-kana gemolimfasidagi merozoitlar,
9-kananing so‘lak bezidagi shizont va merozoitlar, 10-kana tuxumidagi
merozoitlar.
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Sporalilar sinfi uchun xos bo‘lgan xarakterli morfologik belgilarni ayting.
2. Sporalilarning taraqqiyot davrlarini ta’riflang.
3. Koksidiyalar (eymeriyalar)ning rivojlanishi qanday davrlarga bo‘linadi?
4. Bezgak plazmodiyasi qanday rivojlanadi.
5. Theileria annulata ning rivojlanishi bezgak plazmodiyasidan qanday farq
qiladi?
Uyga vazifa: Infuzoriyalar, ko‘p xujayralilar va yassi chuvalchanglarini o‘qib
kelish.
18
Do'stlaringiz bilan baham: |