Tripanosomani
kuzatish uchun tayyor mikropreparatni mikroskopning katta
ob’ektivi ostida kuzatish kerak. Mikropreparatda qizil qon tanachalari – eritrotsitlar,
yadroli oq qon tanachalari - leykotsitlar orasida duksimon, ingichka binafsha rangdagi
xivchinli tripanosomani ajratib olish ancha oson. Tripanosomalar qon plazmasida
yaqqol ko‘rinib turadi, ularning to‘lqinlanuvchi membranalari aniq ko‘zga tashlanadi.
Tripanosomalarning bir necha turi ma’lum bo‘lib, ular odamlarda va umurtqali
hayvonlarda har xil kasalliklar chaqiradi. Misol uchun, Trypanosoma gambiense
odamlarda “Afrika uyqu” kasalini chaqiradi, Tr. ninaekohljakimovae – tuya, ot va
eshaklarda cu-auru kasalligini, Tr. equiperdum – otlarda “qochirish” kasalligini
chaqiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |