Nafas olish organlari:
o’ziga xos tuzilishga ega bo’lib, ko’proq
uchishga moslashgan. Og’iz bo’shligi to’ridagi tirkish xiqildoqqa
ochiladi. Xiqildoqni uzuksimon tok va ustki xiqildoq traxeyaga ochiladi.
Traxeya ko’krak bo’shlig’ida ikkita bronxga bo’linadi. Shu joyda pastki
xiqildoq joylashadi va suyak xalqalar bilan ushlab turiladi. Pastki
hiqildoq ovoz apparati vazifasini bajaradi. Bronxlar o’pkaga kirgandan
keyin shoxlanadi va bronxiolalarni hosil qiladi. Ba’zi bir
bronxshoxchalar o’pkadan chiqib, qushlar uchun harakterli havo
xaltachalarini hosil qiladi. Havo xaltalari qushlarning nafas olishida
katta rol o’ynaydi. Qushlar nafas olganda havo o’pkadan xaltachalarga,
chiqarilganda xaltachalardan o’pkaga havo boradi. Demak, bir marta
olingan havodan qushlar ikki marta nafas oladi. Lekin havo
xaltachalarida gaz almashinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |