Nerv sistemasi :
Qalin devori bo’ylama naydan iborat bo’lib ,
xordaning ustki tomonida joylashgan. Nerv nayning boshidan oxirigacha
yorug’lik sezuvchi - gyosse ko’zchasi tarqalgan. Har bir gyosse
ko’zchasi yorug’lik sezuvchi hujayralardan iborat bo’lib, bir uchi
kosasimon pigment hujayraga botib turadi. Nerv nayning oldingi uchida
nisbatan katta yorug’lik sezuvchi dog’ "toq ko’zcha" bor. U
mikroskopda ko’rilganda qizil dog’ sifatida ko’rinadi.Ko’ndalang
kesilgan nerv nayi deyarlik uchburchak shaklida bo’lib, markazida nerv
nayining ichki bo’shlig’i - nevrosel ko’rinib turadi. Gyosse ko’zlari shu
nevrosel atrofida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |