Tashqi ko’rinishi: Bir necha (5-7) santimetr kattalikdagi uzunchoq,
ikki yon tomonidan xiyol yassilangan, ikki uchi o’tkirlashgan hayvon
bo’lib hisoblanadi. Tanasining olingi tomoni orqasiga nisbatan enliroq,
boshi yaqqol ajralmagan. Yelkasi bo’ylab, dumi atrofida suzgich
burmalar hosil bo’lgan. Orqa qismi jarrohlar pichog’iga o’xshash,
shuning uchun lansetnik deb nom olgan. Og’iz oldi voronkasi oxirida,
gavda pastki bo’lagining 2 yon tomonida bir-biriga parallel o’rnashgan
ikkita metaplevral burma bor, burmalar gavdaning orqa uchiga ancha
yaqinroq qismida bir-biriga qo’shilib ketgan. Shu burmalar qo’shilgan
yerida jabra oldi bushlig’i atreal bushliq - atreal teshik yoki atriapor bor.
83
Atriapordan uzokrokda va gavdaning bir oz chaproq tomonida orqa
chiqaruv teshigi joylashgan.