Qon aylanish sistemasi
. Yuragi qushlarning yuragi singari 4
kamerali bo’lib, katta va kichik qon aylanish doiralari to’liq ajralgan.
Chap yurak qorinchasidan toq chap aorta yoyi chiqadi. Odatda chap
aorta yoyidan ismsiz arteriya chiqib, o’ng o’mrov osti arteriyasi hamda
uyqu arteriyasiga ajraladi, chap o’mrov osti arteriyasi aorta yoyidan
mustaqil chiqadi. Orqa aorta umurtqa pog’onasining ostida joylashadi va
ichki organlarga qon tomirlar ajratadi.
O’ng yurak qorinchasidan venoz qon o’pka arteriyasi bilan
o’pkalarga boradi. O’pkalarda kislorod bilan to’yingan qon o’pka venasi
nomi bilan chap yurak bo’lmasiga quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |