Nafas olish organlari
: Gaz almashinish qushlarniki singari
o’pkadan. Teri orqali 1% kislorod qon tomirlariga kiradi. Hiqildoq
traxeyaga ochiladi. Traxeya ikkita bronxga ajraladi va o’pkalarga kiradi.
Bronxlar o’pkaga kirgach, mayda naychalarga shoxlanadi va oxirida
alveol pufakchalar hosil qiladi. Nafas olish akti ikki yo’l bilan o’tadi:
bir tomondan qovurg’alararo muskulning faoliyati tufayli, ikkinchi
tomondan diafragma pardasining yuqoriga ko’tarilishi va pastga tushishi
natijasida ko’krak qafasining hajmi o’zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |