Teri qoplagichlari
: Epidermis ko’p qavatli, bir hujayrali bo’lib, bir
hujayrali bezlarga boy, chin teri tolali biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan.
Terisi tog’ay plakoid tangachalar bilan qoplangan. Plakoid tangachalar
jag’ga o’tar ekan, chin tishlarga aylanadi. Bosh bilan tananing ikki yon
tomonida yon chiziq sezuv organi bor.
Skeleti
: faqat tog’aydan iborat bo’lib, o’q skelet, bosh skelet, juft
suzgich qanoti va toq suzgich qanotlar skeletiga bo’linadi.
O’q skelet bir necha umurtqalarning o’zaro qo’shilmasidan umurtqa
pog’onasini hosil qiladi.
Bosh skeleti:
miya qutisi va visseral skeletdan tashkil topgan. Juft
suzgich qanotlar skeleti suzgich qanotlarining erkin va kamar suzgich
qanotlar skeletidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |