A razzoqov, sh. Tashm atov



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A

physio
  -  tabiat  va 
kratos  -
  hokimiyat)  XVIII 
asrda Fransiyada ijod etgan  klassik iqtisodiy maktab namoyandalaridir. 
Fiziokratlar maktabi feodalizmdan kapitalizmga o ‘tish davrida rivojlandi, 
bu iqtisodiy yo'nalish Fransiyada vujudga keldi. Fransiya iqtisod, ayniqsa, 
sanoat bo‘yicha Angliyadan ancha ortda bo‘lishiga  qaramay, bu yerda 
ham  sanoatning  kapitalistik  turi  -  manufaktura  rivojlana boshladi  (bu 
haqda yuqorida aytib o ‘tildi). Ammo mamlakat hali ham agrar holatda 
edi.  Aholining  asosiy  qismi  qishloqlarda yashar,  milliy boyUkning  2/3 
qismi  shu  sohada  yuzaga  keltirilar  edi.  Dehqonlaming  ahvoli  tobora 
yomonlashdi.  Asosan  mayda dehqon xo‘jaliklaridan  iborat  Fransiyada 
yangi,  nisbatan  samarali  kapitalistik  sinf  -  ferm erlar  paydo  bo‘Iib, 
tobora  rivojlandi.  Islohotlam i  amalga  oshirish  sust  bordi,  feodal 
majburiyatlar tobora oshdi.  Oqibatda dehqonlaming norozilik harakati 
kuchaydi.  Mamlakatning moliyaviy ahvoli  fojiali edi.  Mamlakat ishlab 
chiqarish  kuchlarining  rivoji  feodal  iqtisodiy  m unosabatlar  bilan 
qarama-qarshilikka  uchradi.  Buijua  inqilobiga  olib  keladigan  omillar 
ko‘paydi.  Feodal tuzumga qarshi kurash g'oyasi fiziokratlar va ulaming 
asoschisi F.Kenening iqtisodiy ta’limotida asosiy o ‘rin egalladi.
Bu ta’limot fermerlar sinfini himoya qildi, ishlab chiqarishni, asosan, 
qishloq xo‘jaligini  mamlakatni og‘ir ahvoldan chiqarishning bosh yo‘li 
deb  belgiladi.  Tabiiy  qonun-qoidalarga  amal  qilish  kerakligi,  shu  yo‘l 
bilan  mamlakat boyligini  orttirish  mumkinligi  ko‘rsatib berildi.
Fransiyadagi qishloq xo‘jaligining ahvoli va uni yaxshilash tadbirlari 
tadqiqotlaming asosi bo‘ldi (P.Buagilber ham shu masalaga katta e’tibor 
beigan  edi).  Ekspluatatsiyaning  asosiy  shakli  obrok  bo‘lib,  u  pul  va 
natural  mahsulot  shaklida  olingan.  Deyarli  barcha  haydaladigan  yer, 
yaylov va o'rmonlaming 80 foizi dvoryanlaiga tegishli edi. Obrok shampar
- don sifatida to‘langan va hosilning 25 foizini tashkil etgan. Ijaraga olingan


yeming yarim hosili yer egalariga (pomeshchikka) tolangan. Soliq doimo 
oshib borgan.  1789-yilda (inqilob boshlangan yil) Fransiyada ikki million 
xonavayron  b o ‘lgan  dehqon  bor  edi.
Agrar masalani hal etish fiziokratlaming asosiy vazifasi bo‘lib qoldi. 
Ular qishloq xo‘jaligini  mamlakat boyligining asosi  deb tushundilar.
Fiziokratlar merkantilistlardan farq qilib,  o‘z tadqiqotlarini  iqtiso- 
diyotning  m uom ala  sohasidan  ishlab  chiqarish  sohasiga  ko‘chirdilar. 
Olimlar  iborasi  bilan  aytganda,  ular  «zamonaviy  siyosiy  iqtisodning 
haqiqiy otalari* edilar.  Ulaming xizmati shundaki, o ‘sha davr dunyo- 
qarashi  doirasida  kapitalning  dastlabki  tahlilini  berishdi.  Bu  ulami 
boshqalardan  ajratib  turuvchi  asosiy  masala  edi.  Ammo  fiziokratlar 
ishlab  chiqarish  sohasini  faqat  qishloq  xo‘jaligi  sohasi  bilan  cheklab 
qo‘ygan edilar (Fransiyaning ta’siri), ular sanoat (hunarmandchilik)ni 
samarasiz soha deb bilganlar.
Bu  ta ’lim ot,  garchi  uning ko‘pgina xatolari bo‘lsa ham  (bu  haqda 
quyida gapiriladi), haqiqatga yaqinlashish borasida navbatdagi muhim 
qadam hisoblanadi. 0 ‘sha davrda Fransiyada olib borilgan iqtisodiy siyosat 
(Kolbeming  merkantilizmi)  qattiq tanqid qilinadi.
Ludovik XIV o ‘miga kelgan yangi qirol Ludovik XV ham eski siyosat- 
ni  davom  ettirdi.  Fransiya Angliya bilan yetti yillik urush  olib borib, 
yengildi. Kanadadan va Sharqdagi birqancha mustamlakalaridan ajraldi, 
oqibatda Yevropadagi ikkinchi darajali davlatga aylandi. Shu sharoitda 
bu ahvoldan chiqish yo‘ü tabiatdan qidirildi.
Fiziokratlaming  dasturi bo‘yicha  Fransiyadagi  feodalizm qoldiqlari 
tugatilishi,  fiskal  (soliq) tizimni ratsionalizatsiya qilib, rentadan yagona 
soliq  olinishi,  mayda  yer  uchastkalari  birlashtirilib,  don  savdosidagi 
barcha proteksionistik to‘siqlarbartaraf etilishi kerak edi, oddiyroq qilib 
aytganda,  Angliyadagi  qishloq xo‘jaligiga  xos ish yuritish  taklif etildi.
7.2.  F.Kene  -  fiziokratizm  ta ’limotining asoschisi.
Uning  «Iqtisodiy jadval»  asaridagi  g*oyalar
Fraasua Kene (1694-1774) har tomonlama keng bilimli olim bo‘lib, 
Versal yaqinida, kambag‘al dehqon oilasida dunyoga keldi, u yoshligidan 
tibbiyotga havas qo ‘ydi, qishloq jarrohidan dars oldi, tibbiyot amaliyoti 
unga shuhrat keltirdi.  Dvoryan unvoniga ega bo‘ldi va Versal saroyiga 
(Ludovik  XV  qirol  saroyiga)  o‘tdi.  1718-yilda  vrachlik  kasbini  oldi.


1744-yilda tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga erishdi,  1752-yildan 
esa  Ludovik  XV  xonadonida  tabiblik  qildi  (leybmedik).  Tibbiyot  va 
biologiyaga  oid  ko'pgina  asarlar yaratdi.  U  oltmish yoshdan boshlab 
iqtisodiyot muammolari bilan bevosita shug‘ullana boshladi.
1766-yilda Adam Smit ham uning mehmoni va suhbatdoshi bo‘lgan 
edi. Didro va D’Alamber tomonidan chop etilgan «Qomus»da F.Kenening 
dastlabki iqtisodiy maqolalari:  «Fermeriar», «Don», «Aholi», «Soliqlar» 
paydo bo‘ldi (1756-1757).  1758-yilda uning asosiy va eng m uhim  asari - 
«lqtisodiy jadval» kitobi dunyoga keldi. F.Kene bu asarlarida fiziokratizm 
maktabi  asoslarini  yaratdi,  uning  nazariy  va  siyosiy  dasturini  ta’riflab 
berdi.  Uning  ishini  va  tadqiqotlarini  XVIII  asming  ikkinchi  yarmida 
Fransiyaning taniqli davlat aibobi ATyurgo (1727-1781) davom ettirdi. 
Fiziokratizm  g‘oyalarini  (ayniqsa,  F.Kene  ta ’lim otini) 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish