A razzoqov, sh. Tashm atov



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A

(«qirol  -  quyosh  -  Ludovik  XÏV»)
  va  uning  atrofidagilar  tomonidan 
qattiq himoya qilingan.  Kolber tomonidan olib borilgan siyosat mamlakat 
iqtisodiyotining  umumiy  rivojiga  olib  kelmadi.  U  sanoatni,  moliyani 
taraqqiy ettirish tarafdori edi, ammo bu ish qishloq xo‘jaligining ziyoniga 
o ‘tkazildi, feodal munosabatlar to‘la saqlab turildi (eslang, Angliya buijua 
inqilobi XVIi asrda b o ‘lib o ‘tdi, vaholanki, Fransiyada bu inqilob XVIII 
asr oxirida ro‘y berdi), bu esa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga to‘siq edi. 
Manufakturalar paydo bo‘ldi, ammo rivoj topmadi. Sex tizimi saqlangan 
bo‘lib, rivojga to‘siq edi.
Yer masalasi to‘la hal etilmadi, «Senorsiz yer yo‘q» tamoyili saqlandi, 
mayda  yer  egaligi,  dehqonlaming  turli  soliq  va  yig‘imlarga  mahkum 
etilganligi  ulami  bu  tizimda  yemi  yaxshilash  va  ishlab  chiqarishni 
rivojlantirishga  rag‘batlantirmas  edi.  Vaholanki,  aholining  3/4  qismi 
dehqonlar bo‘lib,  ular bu sohada tushkunlikda edi.
Shu  sababli  bu  sohada  islohotlar  o ‘tkazish  zarur  bo‘lgan,  ammo 
unga  shu  davrdagi  tizim   halaqit  berardi.  Ichki  bozor  to r  bo‘lib, 
kapitalistik tadbirkorlikning o ‘sishiga yo‘l bermasdi.  Bu sinf asosiy soliq


toMovchi sinf edi, dvoryanlar va dindorlar um um an soliq to‘lamagan, 
shahar buijuaziyasi  hali nisbatan  kam  sonli,  soliqlardan  ustalik bilan 
bosh  tortar  edi.
Yana  bir  muhim  to ‘siq  -  bu  urushlar  edi.  Fransiya  olib  borgan 
urushlar tufayli mablag‘laming asosiy qismi shu urushlarga sarflanardi. 
Qirol  saroyidagi  bazmi jamshidlar ham  davlat  xazinasiga  katta ziyon 
keltirar  edi.
Demak,  Fransiyada  XVII  asming  ikkinchi yarmida  feodal  muno- 
sabatlar o'zining cho‘qqisiga  chiqqan edi  (Angliya bilan solishtiring). 
Vaholanki, Angliyada buijua inqilobi bo‘lib, kapitalistik munosabatlar 
tez shakllana boshladi.  Fransiyada yuqori tabaqa barcha yeming egasiga 
aylandi,  dehqonlar shaxsan  ozod bo‘lsalar ham ,  feodal  majburiyatlar 
nihoyatda  ko‘p  edi.  Xo‘jalikdagi  kapitalistik  uklad  nihoyatda  sekin 
rivojlandi,  ichki  bozor  xiyla  tor  edi,  xalq  xo‘jaligida  natural  xo‘jalik 
asosiy  bo'lib,  sanoat  rivoji  past  bo‘lgan.  Faqat  zeb-ziynat  buyumlari 
va parfyumeriya mahsulotlari tayyorlash bo‘yichagina Fransiya Yevropada 
yuqori o ‘rinda edi.
Ana  shunday  sharoit  Fransiyaning  XVII  asr  oxiri  -  XVIII  asr 
boshidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli klassik iqtisodiyotning Fransiyadagi 
asoschilaridan  biri  bo‘lgan  P er  Buagilber  (1646-1714)ning  iqtisodiy 
qarashlariga  katta  ta ’sir  ko‘rsatdi.  Per  Lepezan  -  iqtisodchining  asl 
familiyasi bo‘lib,  de  Buagilber - bu oila yer pomestyesining nomi edi. 
Lekin  tarixda  Per  Buagilber  nomi  saqlanib  qoldi.  P er  Lepezan  de 
Buagilber  dvoryan  normand  oilasidan  chiqqan,  u  yaxshi  m a’lumot 
olgach,  adabiyot bilan shug‘ullandi, keyinchaiik R uan okrugida lavo- 
zimini  egalladi.  U  bu  lavozimni  umrining  oxirigacha saqlab  qoldi va 
katta  o‘g‘liga  topshirdi;  o ‘zini 
«qishloq xo'jaligining advokati
  - 
himo-
 
yachisi
» deb atadi.
Olimning  tadqiqot  predm etini  qisqacha  qilib  jam oat  boyligi 
konsepsiyasidan iborat deyish mumkin.  Bu boylik pulning fizik massasi 
bilan emas, balki turli-tuman foydali boylik va buyumlardan, masalan, 
non, vino, go‘sht, kiyim-kechak va boshqalardan iborat. Hatto yerga va 
pulga egalikning o ‘zi boylikni ta’minlaydi. Agar yer ishlanmasa, pul esa 
hayot  uchun  zarur  ashyolar  (masaJan,  oziq-ovqat  va  kiyim-kechak) 
aralashtirilmasa, bunday «boylik» egasi qashshoqlikka mahkum etiladi. 
Shu sababli jamiyatda pulni ko‘paytirish emas,  balki  ishlab chiqarishni 
o ‘stirish  masalasi  iqtisodiy  fanning asosiy vazifasi  hisoblanishi  kerak.


Olimning  tadqiqot  uslubiga quyidagilar xos:
• iqtisodiyotda erkin raqobat sharoitida avtomatik mo‘tadillik mayjud 
bo'Iadi;
•  tovarlar  va  xizmatlar  qiymatini  belgilashda  xarajatlar  qoidasiga 
amal qilinadi;
• milliy  iqtisodiyot manfaatlari uchun  shaxsiy manfaatning jamoat 
manfaatlaridan  ustunligi  tan  oiinadi;
• xo‘jalik hayotida pulning mustaqil va ahamiyatli roliga yetarli baho 
berilmaydi va boshqalar.
B uagilber  san o at  va  savdoni  kam sitish  yo ‘li  bilan  qishloq 
xo‘jaligining rolini ataylab mutlaqlashtirgan.
Adam  Smitdan  ancha oldin  shaxsiy  manfaat uning jamiyat uchun 
ahamiyatini ko‘ra bildi.
1691-yilda u  Fransiyani og‘ir iqtisodiy ahvoldan chiqarish tizimini 
taklif etdi.  Dastlabki  fikrlari  bo'yicha  turli  islohotlar  o‘tkazib  (ular 
buijua-demokratik  xarakterga  ega  bo‘lishi  kerak edi),  1707-yilda  esa 
uning  g‘oyalari  etilib,  quyidagi  uch  qismdan  tarkib  topdi:
1.  Soliq tizim ini o'tkazish.  Soliq tizimining dehqonlar mehnatidan 
manfaatdorlik  tamoyiliga  asoslanishi,  undan  tashqari  soliq  barchaga 
tegishli bo‘lishi kerak edi.
2.  Ichki  savdoni  har  xil  cheklovlardan  ozod  qilish  (ichki  savdo 
erkinligi);  bu chora ichki bozomi kengaytirish, mehnat taqsimotining 
o‘sishini  ta ’minlash,  tovar-pul  muomalasini  kuchaytirishi  kerak  edi;
3.  Donning  erkin  sotilishiga yo‘l berish,  donga tabiiy baho  ta’sirini 
cheklamaslik.  G ap  shundaki,  mamlakatda donga sun’iy ravishda baho 
belgilangan  b o ‘lib,  ishlab  chiqarish  harajatlari  qoplanm as,  don 
yetishtirish o‘smay qo‘ygan edi. Buagilbeming fikricha, iqtisodiyot erkin 
raqobat sharoitida rivojlanishi va tovarlar bozorida  «haqiqiy qiymat»ga 
ega bo‘lishi kerak edi.  U davlat bu sohada dehqonlarga homiylik qilishi 
zarur,  deb  hisobladi.
Uning asosiy iqtisodiy asarlari «Fransiyaning to‘la tavsifi», «Fransiya 
to‘g'risida varaqa», «Boyiiklar tabiati to ‘g‘risida traktat » va boshqalar- 
dir. Uning ayrim asarlari, masalan,  1707-yili 2 jildda chiqarilgan «Fran­
siya ayblari» kitobi taqiqlangan. Ularda Fransiyaning shu davrdagi og‘ir 
iqtisodiy ahvoli  to'la yoritilgan,  ayniqsa,  qishloq xo‘jaligining orqada 
qolish sabablari to ‘g‘ri berilgan. Xalq xo‘jaligi orqada qolishining bosh 
sababi- olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning,  Kolber (moliya boshli-


g‘i)  va  boshqalaming  merkantilistik  qarashlari  fosh  etilgan.  U  faqat 
sanoat  rivojini  bir  tomonlama  qo4Llab-quwatlashga  don  eksportini 
cheklasliga qarshi chiqdi. Qishloq xo‘jaligi manfaatlarini himoya qildi, 
soliq tizimini isloh qilish tarafdori bo‘ldi. U xalq ommasining ahvolini 
yaxshilash tarafdori  edi (V.Petti  bilan solishtiring).  Olib  borilayotgan 
iqtisodiy siyosat xo‘jalik hayotining tabiiy rivojiga teskari edi.  Buagilber 
aytadiki,  awalgi davrdagi to ‘kin-sochinlikni qaytarish  uchun  m o‘jiza 
qilish  shart  emas,  tabiat  ustidan  bo‘layotgan  doimiy  zo‘ravonlikka 
chek qo‘yish yetarlidir.  Olimning fikricha, shunday  soliq va iqtisodiy 
siyosat  tadbirlari  kerakki,  ular  tabiatga  qarama-qarshi  b o ‘lmasin.  Bu 
g‘oyaga  ko‘ra  iqtisodiyotda  shunday  qonunlar borki,  ulam i  bemalol, 
jazosiz buzish mumkin emas  (ekologiyada ham shunday).
Shunga mos ravishda u tabiatning talablari nimadan iborat ekanligini 
ochib  berishga  uringan,  obyektiv  qonuniyatiami  o‘rganishga  kirishib, 
ilmiy  tahlil  qilish  yo'li  sari  qadam  tashlagan.  Ammo  shu  bilan  bir 
vaqtda u xo‘jalikdagi hodisalami tabiiy va tabiiy bo‘lmaganlarga ajratib, 
awalgisini himoya qildi va keyingisini qoraladi. Buagilber o ‘zi taklif etgan 
siyosatni amalda isbotlovchi nazariyani yaratishga intildi.  Uning iqtisodiy 
qarashlari  ko‘p  jihatdan  V.Pettiga  o ‘xshab,  mamlakatning  iqtisodiy 
o‘sishi  nima bilan  bog‘liq  degan  savolga javob  topish  edi.  Buagilbemi 
ko‘proq  Fransiya  iqtisodining  tuig‘unlik holati  va  uning orqaga  ketish 
sabablari  qiziqtirardi.  Bundan  u  umuman  nazariy  masalalar,  masalan, 
xalq  xo‘jaUgida  qanday  qonuniyatlar  harakat  qiladi  va  uning  rivojini 
ta’minJaydi, degan masalaga o ‘tdi.
Buagilber  bu  muammoga  javob  berishda  «optimal  baho  paydo 
b o ‘lishi»  masalasiga  asosiy  e ’tib o r  qaratdi.  U n in g ch a,  iqtisodiy 
barqarorlik va taraqqiyotning eng muhim sharti proporsional va normal 
baholar  hisoblanadi.  Xo‘sh,  bu  baholar  nimadan  iborat?  A w alo,  bu 
baholar  o ‘rtacha  har  bir  sohadagi  ishlab  chiqarish  xarajatlarini 
qoplashga yordam berishi va  m a’lum kirim, sof foyda keltirishi kerak. 
Aks  holda,  ishlab  chiqarish  bo ‘lmaydi,  undan  so‘ng,  bu  shunday 
baholarki,  unda  tovarlami  realizatsiya  qilish jarayoni  bekam -u  ko‘st 
davom etishi va barqaror iste’m ol talabi qondirilishi kerak. Vanihoyat, 
pullaming  «o‘z  o‘mi  bo‘lib»,  ular  to ‘lov  vositasi  vazifasini  bajarishi 
va odamlar ustidan hukmronlik, zo‘ravonlik qila olmasligi zarur.
Xalq xo‘jaligi proporsionalligi ifodalangan baholar qonunini, aslida 
esa  qiymat  qonunini  tushunish  yangi  va  ilg‘or  g‘oya  edi.  Olimning


asosiy  asarlari  shu  g‘oyalar  bilan  bog‘liq.  Iqtisodiyotda  «optimal 
baholar»ni  qanday  ta ’m inlash  mumkin?  Buagilbeming  ilkricha, 
baholam ing  bunday  strukturasi  raqobat  erkinligi  sharoitida  stixiyali 
ravishda tarkib topadi.
Erkin  raqobat  sharoitining  buzilishiga  sabab  Fransiyada  donga 
maksimal baholaming qo‘yilganligidir, deydi u.  Uningcha, donga erkin 
baholar  belgilansa,  baholar  birm uncha  oshadi,  bu  dehqonlam ing 
darom adini oshiradi va ulaming  sanoat tovarlariga talabini ko‘taradi, 
oqibatda bu  mahsulotlami ishlab chiqarish ortadi va hokazo.  Bunday 
zanjirli  reaksiyalar  bir  vaqtning  o ‘zida  «proporsional  baholar» 
o ‘matilishiga va xo‘jalikning ravnaqiga olib keladi.
Demak,  Buagilber iqtisodiy erkinlik tarafdori edi va talabga qarshi 
chiqmaslikni taklif etadi.  Shu bilan birga, u davlatning iqtisodiy funk- 
siyasini  inkor  etmadi:  bu  o ‘sha  davr  uchun,  real  hayotni  tushungan 
amaliyotchi olim uchun tabiiy edi.  Uningcha, davlat to‘g‘ri soliq tizimi 
orqali  mamlakatda  iste’mol  va  talabni  yuqori  darajada  ta ’minlashi 
mumkin.  Agar  iste’mol  sarflari  oqimi  pasaysa,  tovarlami  sotish  va 
ishlab  chiqarish  keskin  kamayadi.  Agar kambag‘allar  ko‘proq  ishlab 
topsalar,  soliqlarga kam sarf qilsalar,  ular o‘z daromadlarini  tez sarf- 
lashga moyildirlar. Boylar esa, aksincha, o ‘z daromadlarini saqlashda, 
va demak, mahsulotni sotishda qiyinchilik tug4dirishiga olib keladi.
Buagilbeming  bu  mulohazalari  iqtisodiy  ta’limotlaming  keyingi 
yuzyillikdagi rivojiga katta ta ’sir etdi.
Jamiyat boyligi va iqtisodiy o ‘sish  bo'yicha  prinsipial  jihatdan  ikki 
xil qarash mavjud.  Birinchisi bo‘yicha ishlab chiqarishning o‘sishi jam- 
g‘arish hajmi (ya’ni jamg‘arma va kapital qo‘yilmalar)ga bogMiq.  Bunda 
to‘lovlarga talab avtomatik ravishda (stixiyali) amalga oshadi. Bu konsep- 
siyaga ko‘ra,  ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari bo'lishi inkor etiladi.
Ikkinchi pozitsiya bo‘yicha iste’mol talabi ishlab chiqarishning yuqori 
sur’atlarda o‘sishini qo‘llaydigan omil sifatida qaraladi. Buagilber ma’lum 
m a’noda mana shu pozitsiya tarafdori edi va u qonuniy ravishda iqtisodiy 
inqirozlar muammosini  keltirib  chiqargan.
Buagilber inqiroz  hodisasini  xo'jalikning ichki  qonuniyatlari bilan 
emas,  balki  yomon  davlat  siyosati  bilan bog'laydi.  Uningcha,  yaxshi 
siyosat olib borish yo‘li bilan talab kamomadini hal etish va inqirozlami 
chetlab o ‘tish mumkin.  Bu masala juda murakkab bo‘lib, Seyga tegishli 
(buni  keyin  qarab  chiqamiz) 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish