Foydalanish uchun so‘zlar: qariyalar, kattaga, aqlli, mard, yaxshi, yomon, g‘oliblar, yoshlarning.
2- dars
3- topshiriq. 3 ta variantdan iborat murakkab klaster tuzing.
1-variant: san’at san’at turlari qurollari 2-variant: san’at san’at sohalari asarlari
3-variant: san’at san’at yo‘nalishi san’atkorlar
4- topshiriq. Matnni o‘qing, tayanch so‘zlarni aniqlab, san’at turlari haqida so‘zlab bering.
109
San’at turlari nihoyatda ko‘p va xilma-xildir. Tasviriy san’at, haykaltaroshlik, me’morchilik, teatr, kino, musiqa, raqs va badiiy adabiyot kabilar uning turlarini tashkil qiladi. Ularning barchasida yuksak badiiy ta’sirchan obrazlar yaratish ko‘zda tutilgan. Ammo ular ana shu yagona maqsadga turli-tuman yo‘llar bilan erishadilar. Masalan, raqs harakatlar, tana a’zolarining ifoda imkoniyatlariga tayanadi. Musiqa tovushlar uyg‘unligiga, tovushlarning hissiy ifodasiga bog‘liq. Tasviriy san’at uchun ranglarning o‘zaro mutanosibligi alohida ahamiyat kasb etadi. Fikr ifodalashda rassomga bo‘yoq va mo‘yqalam yordam beradi. Haykaltarosh esa xom material (tosh, yog‘och, metall) ga ishlov berish orqali go‘zallik yaratadi. Adabiyot esa, bu san’atlardan so‘z va ruhning beqiyos imkoniyatlari bilan farqlanadi.
(„O‘zbekiston san’ati“ jurnalidan)
Lug‘at
ta’sirchan – эмоциональный
imkoniyat – возможность
mutanosib – пропорциональный
fikr ifodalash – выразить мнение
mo‘yqalam – кисточка
5- topshiriq. Matnni o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering. Berilgan sa- vol va topshiriqlarni bajaring.
Yoqub Ahmedov
Yoqub Ahmedov Namangan shahrida tavallud topgan. Yoqub Ahmedovni keng san’at muxlislariga ilk bor tanitgan obrazi Turob To‘laning „Furqat“ badiiy filmidagi Furqat obrazi bo‘ldi. Shundan keyin Yoqub Ahmedov ellikka yaqin obrazlar yaratdi. Yoqub Ahmedov o‘zi yaratgan obrazlarning ichki dunyosini, o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘z qarashlar, imo-ishoralarda, yurish-turish orqali yorqin ko‘rsata oladigan mohir aktyorlardandir. Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Bobur, Furqat, Ali Qushchi, Abay kabi o‘tmishda o‘tgan buyuk olim-u fozil kishilarning obrazlarini yaratish Yoqub Ahmedovga nasib etgan.
Shuningdek, „O‘zbekfilm“ kinostudiyasida dublyaj qilingan besh yuzdan ortiq filmlarga ovoz berdi. Aktyor O‘zbekiston radiosida
110
tayyorlangan qator radiospektakllarda faol qatnashdi, ayniqsa, uning „G‘azalxonlik“ eshittirishidagi chiqishlari, o‘zbek adabiyoti namoyandalarining o‘lmas g‘azallarini ajoyib ovozi bilan yoqimli tarzda o‘qishi, Yuneskoning Buyuk ipak yo‘li asosida yaratilgan „Har dardning davosi bor“ radiopostanovkasi tinglovchilarni maftun etib kelmoqda.
Yoqub Ahmedov O‘zbekiston xalq artisti, Davlat mukofoti sovrindori,
„Do‘stlik“ ordeni va „Mehnat – shuhrat ordeni“ bilan taqdirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |