Q A R O R Q I L A D I: 1. Navoiy viloyati OITSga qarshi kurashish markazi 1-darajali bosh yuriskonsulti Sh.S.Sharapov tomonidan 2021 yil davomida yuridik xizmat sohasi yo'nalishida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan Hisoboti ma'lumot uchun qabul qilinsin.
-O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 2017 yil 19 yanvar kungi PK-2733-son qaroriga asosan olib borilayotgan ishlar davom ettirilsin.
-ishchi xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida yangidan qabul qilinayotgan Qonun, qaror, farmon va boshqa huquqiy ahamiyatga ega bo'lgan hujjatlarni o'z vaqtida tanishtirib borilishi tashkillashtirilsin.
-2017 yil 11 sentyabrdagi O'zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslaning murojaatlari to'g'risidagi qonuniga o'zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 445-sonli Qonuni talablari ijrosini ta'minlanishi ustidan nazorat kuchaytirilsin.
-O'zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi O'RK-419-son Qonuni;
-O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PK-2752-sonli qarori;
-O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5729-sonl Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturi;
-O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish soxasida parlament nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2019 yil 30 sentyabrdagi 2782-Sh/KK-610-Sh-son qo'shma qarori;
-O'zbekiston Respublikasi Sog'likni saqlash vazirligining 2019 yil 18 noyabrdagi 283-sonli va viloyat SSBning 2019 yil 22 noyabrdagi 209-sonli buyruqlari talablari buyicha olib borilayotgan ishlar kuchaytirilsin:
-korruptsiya, ta'magirlik xolatlari aniqlash xollarida to'plangan xujjatlarni huquq-tartibot organlariga taqdim etish hamda kengaytirilgan yig'ilishlarda muhokama qilib borish, korrupsiya xolatlarini oldini olish maqsadida ishchi-xodimlar, ayniqsa akusher-ginekologlar, endokrinologlar, OIV laboratoriya vrachlarlari, psixiator va boshka soha mutaxassislari ishtirokida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'yicha yig'idishlar o'tkazish va ommaviy axborot vositalarida huquq-tartibot organlari xodimlari bilan muntazam ravishda olib borilsin;
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PK-2833-son qarori va “Xuquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha 2017-2018 yillarga muljallangan dastur” talablari shuningdek, O'zbekiston Respublikasining “Xuquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida”gi O'RK-371-sonli Qonuni talablari ijrosini ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar kuchaytirilsin.
3. Markaz xodimlari o'rtasida ijro intizomi, mehnat qonunchiligiga rioya etilishi, ichki tartib qoidalarga rioya etilishiga barcha rahbarlar tomonidan nazoratga olinsin.
4. Mazkur yig'ilish bayoni topshiriqlari ijrosi nazoratini markaz bosh vrachi o'rinbosari O.X.Norqulov zimmasiga yuklatilsin.
Bayonlashtirdi: Z.Ergasheva
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son qarori va ushbu qaror ijrosini ta'minlash borasidagi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 maydagi №-250-sonli qarori talablariga asosan, Navoiy viloyati OITSga qarshi kurashish markazi 1-darajali bosh yuriskonsulti Sharapov Shuxrat Saparbayevichning