Bilimni aniqlash uchun savollar:
1. Yerdan foydalanishni boshqarish sohasidagi qonunchilik bazasini nima tashkil
etadi?
2. Yer qonunchiligining doimiylik xarakterining mohiyati nima?
3. Yerdan foydalanishni boshqarish bo‘yicha yer kodeksining asosiy qoidalarini aytib
bering.
4. Yer resurslaridan foydalanishda huquqiy qirraning nomini aniqlang.
5. Yer kodeksida yerdan foydalanuvchilarning huquqiy rejimi qanday ta’riflanadi?
6. Qishloq xo‘jalik korxonalariga xo‘jalik yuritishning yangi tashkiliy-huquqiy shakli
sifatida yer kodeksida qanday ta’rif berilgan?
7. Bozor sharoitida yerdan foydalanishni pullilik tamoyili yer kodeksida qanday
aniqlangan?
206
8. Yerdan foydalanishni boshqarish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat
yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonunning asosiy qoidalarini sanab bering.
9. Yerdan foydalanishni boshqarish sohasida mavjud qonunchilik bazasi qanday
kamchiliklarga ega?
10. Yer qonunchilik bazasi qanday yo‘nalishda takomillashtirilishi zarur?
4.2 Yerdan foydalanishning yer-axborotli
ta’minoti-boshqarish funksiyasi
Yerlardan oqilona foydalanish hamda muhofaza qilishda chuqur iqtisodiy
mohiyatga va halq-xo‘jaligi ahamiyatiga ega bo‘lgan tadbir sifatida davlat yer
kadastri muhim rol o‘ynaydi. Yer kadastrini yuritishning obyektiv xarakteri yer
to‘g‘risidagi axborotlarga zaruriyat bilan aniqlanadi. Axborot, eng avvalo, yer
munosabatlarini tartibga solishuchun, shu jumladan, uning yer qonunchilik ijodi, yer
resurslaridan foydalanishni bashoratlash va rejalashtirish, yer resurslarini
tarmoqlararo taqsimlash (qayta taqsimlash), to‘la holda mamlakat bo‘yicha yerdan
foydalanish samaradorligini baholash kabi funksiyalarni amalga oshirish uchun
zarurdir. Ushbu axborot regional hamda mahalliy hududiy darajalarda yer
resurslaridan foydalanishni ma’muriy boshqarishda ham qo‘llanishni talab qiladi.
Yer kadastri yerdan samarali foydalanish va muhofaza qilishni, xalq xo‘jaligini
rejalashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish va joylashtirish,
yerlar melioratsiyasi, yer resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xalq
xo‘jaligi tadbirlarini amalga oshirishni axborotli ta’minlashga mo‘ljallangan yerdan
foydalanishning
muhim
funksiyasi
hisoblanadi.
Shunday
qilib,
yerdan
foydalanishning barcha funksiyalari (yer kadastridan tashqari) o‘zlarining amaliy
jarayonida yer axborotlarini qo‘lashni talab qiladi, bu yer kadastriga yerdan
foydalanishni axborotli ta’minlash funksiyasini beradi. Shu sababli respublikada yer
kadastrini yuritishga yirik ahamiyat beriladi. 1998 yili O‘zbekiston Respublikasining
“Davlat yer kadastrito‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi, keyinchalik respublika
Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida yer kadastrini yuritish
tartibi to‘g‘risidagi Nizom” ishlab chiqildi va qabul qilindi.
Yerdan foydalanishni ko‘p kirrali xarakteri yerlarni tabiiy, xo‘jalik va huquqiy
holatlari to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan turli-tuman yer-
kadastr axborotlariga zaruriyatni aniqlaydi. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi
hamda uni ushbu axborotga bo‘lgan doimiy talabi yagona tizim sifatida yer kadastrini
rivojlanish xarakterini aniqlaydi. O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksida (15-
modda) qayd qilindiki, Davlat yer kadastri yerlarning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy
rejimi to‘g‘risidagi, ularni toifalari, sifat tavsiflari va qiymati to‘g‘risidagi, yer
uchastkalarining joylashgan o‘rni va o‘lchamlari, ularni yer egaliklari, yerdan
foydalanuvchilar, ijarachilar va yer mulkdorlari bo‘yicha taqsimlanishi to‘g‘risidagi
207
zaruriy va ishonchli ma’lumotlar xamdahujjatlar tizimidir. Davlat yer kadastrini
yuritish
topografo-geodezik,
kartografik,
tuproq,
agrokimyoviy,geobotanik
kuzatuvlar va qidiruvlar, yerlarni hisob qilish va baholashni, yer egaliklari, yerdan
foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarni yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini
ro‘yxatga olishni o‘tkazish asosida ta’minlanadi.
Yer kadastritizimi nisbatan bir-biridan ajralgan, shu bilan bir vaqtda, o‘zaro
uzviy bog‘liq bo‘lgan ikkita kichik tizimdan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |