1-sistema - An'anaviy. Bizning davrimizda an'anaviy sistemani
qo‘llashning o‘ziga xos namunasi bo‘lib ma'ruza hisoblanadi.
Ma'ruza qisqa vaqt ichida katta hajmdagi ma'lumotga ishlov berish imkonini
beradi. O‘qituvchi o‘z mehnatinining hyech qanday avtomatik vositalaridan
foydalanmasdan butun mashg‘ulot davomida ishlashga majbur. Auditoriya
e'tiborini doimiy ravishda ushlab turish uchun, hattoki tajribali va qobiliyatli
o‘qituvchining ham asablarini taranglashuvini alohida ta'kidlash lozim. Bu yerda
o‘qituvchining ma'lumotlarni qiziqarli qilib yetkazib berish qobiliyati,
mashg‘ulotni jo‘shqin va ajoyib qilib o‘tkazishi, nutqining ravonligi, burro
mimikaga egaligi g‘oyada muhim rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |