Nazorat uchun savollar:
1.O‘qituvchilik kasbining shakllanish jarayoni nimalardan iborat?
2. Texnologik madaniyat tushunchasini ayting.
3. O‘qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda
tutgan o‘rni nimadan iborat?
4.Hozirgi zamon o‘qituvchisi ijobiy sifatlari qanday bo‘lishi kerak?
5. O‘qituvchining shaxsiy va kasbiy sifatlariga nimalar kiradi?
Test savollari:
1. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi yangi qonuni qachon tasdiqlangan?
A) 1992 yil 2-iyulda.
V)* 2020 yil 23-sentyabrda.
S) 1997 yil 29-avgustda.
D) 2021 yil 23-sentyabrda.
2. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonuni qachon va qaysi sessiyada tasdiqlangan?
A) Oliy Majlisning 1992 yil 2-iyuldagi birinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasida.
V) Oliy Majlisning 1998 yil 29-avgustdagi birinchi chaqiriq o’ninchi sessiyasida.
S)* Oliy Majlisning 1997 yil 29-avgustdagi birinchi chaqiriq to’qqizinchi sessiyasida.
D) Oliy Majlisning 1997 yil 24-avgustdagi to’qqizinchi sessiyasida.
Do'stlaringiz bilan baham: |