Maqsad: guruh jipsligini mustahkamlash. Xotira mashqi.
«Men kimman?»- Trening qatnashchilari doira shaklida o‘tirishadi. Navbati bilan ular o‘z harakterlaridagi bitta ijobiy va bitta salbiy tomonlarni aytadilar. Boshqa qatnashchilar aniqlash uchun savollar berishlari mumkin. Guruh rahbarining vazifasi guruhdagi o‘zaro ishonch muhitini buzadigan savollar berilishiga yo‘l kuymaslik.
Maqsad: trening qatnashchilarining o‘z individual xususiyatlarini anglashlari, guruhning boshqa a’zolari bilan tanishish.
«Ertak» - Qatnashchilar doira shaklida o‘tirishadi. Ulardan biri ertak aytishni boshlaydi, masalan, «Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Kadim zamonda bir chol bilan kampir bor ekan». Uning yonida turgan qatnashchi esa undan keyingi bo‘lgan voqeani qo‘shib aytadi. Keyingi qatnashchi ham ertakni davom ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |