Amaliy mashg`ulotning borishi:
Bu texnologiyani Viktor Fedorovich Shatalov ishlab chiqdi va hayotga joriy qildi. U o‘qitishning an’anaviy sinf-dars usulining hali ochilmagan katta imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi.
V.F. Shatalovning maqsad-mo‘ljali:
bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish;
har qanday individual xususiyatlarga ega bo‘lgan barcha bolalarni uqitish;
uqitishni tezlashtirish.
O‘qitish tamoyillari:
ko‘p marta takrorlash, majburiy bosqichma-bosqich nazorat,
qiyinchilikning yuqori darajasi, katta bloklarda
o‘rganish faoliyatningdinamik qolipi, xatti-harakatning tayanchi, va uning mo‘ljaldagi asosini qo‘llash;
shaxsni ko‘zda tutish asosida yondashuv;
insonparvarlik;
zurlab o‘qitmaslik;
o‘quv vaziyatlarining konfliksizligi, har bir o‘quvchining muvaffatsiyatlaridan boxabarlik, tuzatish (yodga solish);
V.F. Shatalov metodining o‘ziga xosligi:
materiallar katta hajmda kiritiladi;
materiallar bloklar bo‘yicha joylashtiriladi;
o‘quv materiali tayanch sxema - konspekt ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Amaliy mashg‘ulot bo‘yicha hisobot yozing.
Hisobot yozish uchun savollar:
1. V.F. Shatalovning maqsadini yoritib bering.
2. O‘qitish tamoyillari nimalardan iborat?
3. Shatalov metodining o‘ziga xosligi nimada?.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Muslimov N.A va boshqalar. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. Ukuv-metodik qo`llanma. - T.: “Sano-standart”, 2015. - 208 b.
2. Muslimov N.A va boshqalar. Pedagogik kompetentlik va kreativ asoslari. Ukuv-metodik qo`llanma. - T.: “Sano-standart”, 2015. - 120 b.
7-AMALIY MASHG`ULOT
Mavzu: ZAMONAVIY TEXOLOGIYA O`QITUVCHISINING TASHKILOTCHILIK VA BOSHQARISH KOMPETENTLIGI VA UNI RIVOJLANTIRISH
Ishdan maqsad:.
Talabalarda zamonaviy texologiya o`qituvchisining tashkilotchilik va boshqarish kompetentligi va uni rivojlantirish bo`yicha bilim, ko`nikmalari shakllantirish.
Amaliy mashg`ulotning borishi:
Zamonaviy texologiya o`qituvchisida tashkilotchilik va boshqarish kompetentligi bo`lishi uchun quyidagi xususiyatlarga ega bo`lishi kerak:
Dunyoqarash asnosida ya’ni qadriyat va o‘zini anglash - o‘qituvchining dunyoqarashi, tasavvuri va qadriyati bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. U atrof-muhitdagi voqeya va hodisalarni mohiyatini ko‘ra oladi va tushunadi bunga o‘zini yo‘naltiradi, pedagog sifatida o‘z fikrini asoslay oladi. Muammo echimini topa oladi. Bu kompetensiya - o‘qituvchining o‘quv va boshqa faoliyatlaridagi o‘z-o‘zini anglash mexanizmini ta’minlaydi.
Umummadaniy – milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ega bo‘lish; mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish; oilasiga, urf–odatlarga hurmat; ijtimoiy ko‘nimalarga ega bo‘lish. Ilm fanning inson hayotiga va dunyo rivojiga ta’sirini anglay olishi va o‘quvchi yoshlarga tushuntira olishi.
O‘quv va bilish jarayoni - o‘qituvchining mustaqil bilish faoliyati. Mantiqiy fikrlashi. O‘quv-biluv faoliyatini baholashi, bilim va ko‘nikmasini tahlil qila olishi.
Ma’lumotga ega bo‘lish - pedagogik faoliyati, o‘z faniga doir ma’lumotlarni egallash ko‘nikmasi.
Muloqotchanlik - til bilishi, turli xil insonlar bilan muloqotda bo‘lishi, jamoada o‘ziga xos o‘rinda turishi.
Ijtimoiy-foydali mehnat - oilaviy munosabatlar va mas’uliyat, jamiyat rivojidagi ishtiroki, ijtimoiy foydali mehnat qilishi. Iqtisodiy va huquqiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
O‘z ustida ishlashi - jismoniy, ma’naviy, intellektual jihatdan o‘z-o‘zini rivojlantirib borishi. Xissiyotini boshqarish.
Shuningdek o‘qituvchida zaruriy ijtimoiy ko‘nikmalar quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
- O‘z-o‘zini namoyon qilish
- Boshqa odamlar bilan ijtimoiy muloqotda bo‘lish
- O‘z ustida tinimsiz ishlash
- Vaziyatni baholash va muammolarni echish ko‘nikmasiga ega bo‘lish
- Tashkilotchilik, ijodiy yondashuv
- Boshqaruv ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
Amaliy mashg‘ulot bo‘yicha hisobot yozing.
Hisobot yozish uchun savollar:
1. Dunyoqarash asnosida ya’ni qadriyat va o‘zini anglash deganda nimani tushunasiz?
2. Umummadaniy – milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ega bo‘lish uchun nimalar bo`lishi kerak?
3. O‘quv va bilish jarayoni nima?
4. Ma’lumotga ega bo‘lish uchun nima qilish kjpbv?
5. Muloqotchanlik deganda nimani tushunasiz?
6. Ijtimoiy-foydali mehnat deganda nima tushuniladi?
7. O‘z ustida ishlashi uchun nimalar qilishi kerak?
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Muslimov N.A va boshqalar. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. Ukuv-metodik qo`llanma. - T.: “Sano-standart”, 2015. - 208 b.
2. Muslimov N.A va boshqalar. Pedagogik kompetentlik va kreativ asoslari. Ukuv-metodik qo`llanma. - T.: “Sano-standart”, 2015. - 120 b.
3. Sharipova, E.F. Formirovanie obshetexnologicheskoy kompetentsii budushix uchiteley. [Tekst]: monografiya/ E.F. Sharipova. - Chelyabinsk: Izd- vo Chelyab. gos. ped. un-ta, 2015. - 186 s.
8-AMALIY MASHG`ULOT
Mavzu: ZAMONAVIY O`QITUVCHINING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGIGA QO`YILADIGAN TALABLAR VA KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH
Ishdan maqsad:.
Talabalarda zamonaviy o`qituvchining kommunikativ kompetentligiga qo`yiladigan talablar va kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish bo`yicha bilim, ko`nikmalari shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |