244
Jismoniy xavfsizlik
Jismoniy xavfsizlikning maqsadi - resurslarga jismoniy kirish va zarar yetkazishning oldini olishdir.
Ushbu axborot xavfsizligi siyosati jismoniy kirishni boshqarish uchun quyidagi asoslarni belgilaydi:
-
asosiy jihozlarni (serverlar va boshqalar) izolyasiyalash;
-
maxfiy axborotni va uni qayta ishlash vositalaridan foydalanishda avtorizasiya qilish;
-
himoyalangan hududlarga kirish huquqlarini ko’rish va yangilash.
Binolar ularga joylashtirilgan axborot resurslari, axborot tizimining ahamiyatiga ko’ra tasniflanadi.
Kategoriyaga muvofiq binolarni texnik jihatdan mustahkamlash, video nazorati, foydalanishni
boshqarish, yong’in va ovozli ogohlantirish xavfsizlik qurilmasi bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
Himoyalangan hududlarga kirish faqat vakolatli xodimlar (shaxslar) tomonidan nazorat qilinishi
kerak. Axborot xavfsizligi sohasida xodimlarning foydalanish huquqlarini muntazam ravishda tahlil
qilish.
Axborot tizimi begona shaxslarning tasodifiy yoki ruxsatsiz foydalanishiga yo’l qo’ymasligi hisobga
olingan holda joylashtirilishi zarur.
12. Axborot xavfsizligi buzilishi
holatlariga javob qaytarish
Axborot xavfsizligi buzilishi holatlari (noxush hodisalar) bo’lgan taqdirda, axborot xavfsizligiga
javobgar xodim tizim administratori bilan birgalikda ushbu axborot xavfsizligi siyosatiga muvofiq
javob berishlari kerak. Noxush hodisalarga - virus hujumlari, elektron pochtaga buzib kirish, axborotni
o’chirish yoki o’zgartirish, maxfiy axborotni tarqalib ketishi, jumladan axborot tashuvchi qurilmalarni
yo’qolishi yoki o’g’irlanishi, shuningdek, boshqa xavfsizlikka oid buzilishlar, tahdidlar yoki
tarmoqdagi ishdan chiqishlar kiradi. Institutning barcha xodimlari axborot xavfsizligi bo’yicha
ma’lum xolatlar yoki gumon qilingan shubxalar haqida axborot xavfsizligi bo’yicha mas’ul xodim
yoki tizim administratoriga xabar berishlari, hamda xavfsizlik tizimining zaif tomonlarini eksplutasiya
qilishga urunmasliklari kerak. Xavfsizlik tizimidagi da’vo qilingan kamchiliklarni o’zboshimchalik
bilan bartaraf etish
ta’qiqlanadi!
Axborot xavfsizligi javobgar xodimi voqyea hisobotlarini monitoring qilish va qayd qilishni ta’minlash,
hamda ularni bartaraf etishda tegishli choralar ko’rish uchun javobgardir. Axborot xavfsizligini
ta’minlash uchun voqyea-hodisalar hisobotini, xavfsizlikka oid kamchiliklar to’g’risidagi hisobotlarni,
nosozliklar bo’yicha hisobotlarni va “Elektron ta’lim” milliy tarmog’ini o’z ichiga oladigan tadbirlarni
monitoring qilish tizimini yaratishi kerak bo’ladi. Buning uchun axborot xavfsizligi mas’ul xodimi
voqyea jurnaliga profilaktik ishlarni bajarish, texnik va dasturiy ta’minotni o’rnatish, hamda
o’zgarishlarni qayd etib boradi (19-ilova), Voqyea jurnali raqamlangan va Jizzax davlat pedagogika
instituti rahbariyati tomonidan muhrlangan bo’lishi kerak.
Quyidagilar ro’yxatdan o’tishi shart:
-
muvaffaqiyatsiz autentifikasiya qilish urinishlari;
-
Institut axborot xavfsizligi buzilishi;
-
ta’qiqlangan qurilmalardan foydalanishga urinishlar;
-
maxfiy ma’lumotlarga kirishga urinishlar;
-
ommaviy axborot vositalarini joriy etish va olib tashlashga urinishlar;
-
qurilmalar sozlamalarini ruxsatsiz o’zgartirish;
-
belgilangan cheklovlarni chetlab o’tishga urinishlar.
Jurnalga kiritish faqat institut axborot xavfsizligi mas’ul xodimi va tizim administratori tomonidan
boshqarilishi kerak. Noxushlikni aniqlash uchun zaifliklarni kuzatib borish, uzluksiz
takomillashtirish, monitoringini o’tkazish, baholash va voqyea-hodisalarni boshqarish bo’yicha
axborot xavfsizligini ta’minlash kerak. Agar maxfiy axborotlar tarqalishi aniqlansa, maxfiy
axborotlarni tarqalishi va qayta ishlashni to’xtatib turish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: