242
foydalanuvchilar vakolatidan foydalanishi mumkin. Bundan tashqari u qo’shimcha nostandart
asboblar va texnologik dasturiy vositalar, mustaqil ravishda ishlab chiqilgan dastur yoki qo’shimcha
standart texnik vositalardan foydalanishga urinishi mumkin;
- ichki garazli shaxs - manfaatdor, qasddan harakat qiladigan hamda vazirlik xodimi bo’lmagan
shaxslar bilan kelishilgan holda ishlashi mumkin bo’lgan xodim. U xavfsizlik tizimini buzish usullari
va vositalarini barcha turlaridan, jumladan, vositachilik usullaridan, passiv vositalardan
(ma’lumotlarni tutib olish texnik vositalar), faol ta’sir qilish usullari va vositalarni qo’llashi mumkin
(texnik vositalarni modifikasiya qilish, ma’lumotlar uzatish kanallariga ulanish, dasturiy paketlarni
kiritish vamaxsus asbob-uskanalardan foydalanish);
-
tashqi tajovuzlar - bu manfaatdorlikdan, qasddan yoki qiziqishdan harakat qiladigan begona shaxs.
U xavfsizlik tizimini buzish usullari va vositalarini barcha turlaridan foydalanishi mu mkin.
Ichki huquqbuzar shaxs quyidagi toifadagi xodimlardan biri bo’lishi mumkin:
-
axborot tizimida ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilar;
-
ro’yxatdan o’tmagan, lekin bino va inshootga kirish huquqiga ega xodimlar;
-
axborot tizimi uskunalariga texnik xizmat ko’rsatuvchilar;
-
dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va joriy qilish bilan shug’ullanuvchilar.
Tashqi huquqbuzar bo’lgan shaxslarning toifalari:
-
vazirlikning ishdan bo’shagan xodimlari;
-
texnik qo’llab-quvvatlash masalalari bo’yicha hamkorlik qiluvchi tashkilotlar vakillari;
-
tashrif buyuruvchilar (uskunalar, dasturiy ta’minot va boshqa xizmatlarni yetkazib beradigan
firmalarning vakillari va boshqalar);
-
tashki telekommunikasiya tarmoqlaridan ATga tasodifan yoki qasddan kirgan shaxslar (xakerlar).
Foydalanuvchilar va xizmat ko’rsatuvchilar ruxsatsiz harakatlar amalga oshirish uchun keng
imkoniyatlarga ega shaxslardir, chunki ular axborot resurslaridan foydalanish va axborotni qayta
ishlash texnologiyasini yaxshi bilishadi. Ushbu shaxslarning xatti-harakatlari amaldagi qoidalar va
yuriqnomaning buzilishi bilan bog’liq.
Tizim boshqaruvchilari - ATdagi ARlariga deyarli cheksiz vakolatga ega bo’lgan shaxslar. Ushbu toifa
foydalanuvchilarning soni minimal bo’lishi va ularning harakati qattiq nazorat ostida bo’lishi kerak.
Ishdan bo’shatilgan shu toifa xodimlari o’zlarining g’arazli maqsadlariga erishish uchun ish
texnologiyalari, himoya choralari va foydalanish huquqlari haqidagi bilimlaridan foydalanishlari
mumkin. Bu ularni boshqa tashqi tahdid manbalaridan ajratib turadi.
Professional xakerlar axborotni qayta ishlashda ishlatiladigan dasturiy ta’minotning zaif tomonlari
haqida eng yuqori texnik tajriba va bilimlarga ega. Ular ishlaydigan yoki ishdan bo’shatilgan xodimlar
bilan muloqot qilishda eng katta xavfni keltirib chiqaradilar.
Qurilma yoki axborot tizimini ishlab chiqish, yetkazib berish, ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish
bilan shug’ullanadigan tashkilotlar tashqi xavfni anglatadi, chunki ular vaqti-vaqti bilan axborot
resurslariga bevosita kirish imkoniyatiga ega. Potensial buzg’unchilarning xatti-harakatlari to’g’risida
quyidagi cheklashlar va taxminlar qabul qilinadi:
- qoidabuzar o’zning ruxsatsiz harakatlarini xodimlardan yashiradi;
- tizimga ruxsatsiz kirish foydalanuvchi va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning xatolari, shuningdek,
axborotni qayta ishlash, saqlash va uzatish bo’yichaqabul qilingan texnologiyalarning kamchiliklari
tufayli kelib chiqishi mumkin;
- potensial buzg’unchi o’zining faoliyatida axborot tizimiga ta’sir etuvchi har qanday mavjud vositalar,
xodimlarga pora berish va boshqa usullardan foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: