Qushlarning qishloq va o’rmon xo’jaligidagi axamiyati
Dalachilik, polizchilik, bog’dorchilik va o’rmonchilik xo’jaliklarida ko`pchilik qushlar zararli xasharotlar va kemiruvchilarni qirib, qishloq va o’rmon xo’jaligiga katta foyda keltiradi. Bularga chittaklar, moyko`tlar, dumparastlar, kurgulaklar, shak-shaklar, zarg’aldoq, kakku, ola qizilishtonlar, kukkarga, mikkiy, sor, kuykinak, baliqchi va ko`pgina boshqa qushlar misol bo’la oladi. Soch yoki ola chug’urchuqning bitta koloniyasi, R.N.Melenbursevning ma’lumotlariga ko’ra, O’rta Osiyoda bir oy mobaynida ko`payish vaqtida 100 ming dona chigirtkani qiradi. Shu bilan birga, ola chug’urchuq bolalarini ochib chiqqandan keyin gilos, olvoli va uzumzorlarga xujum qilib, ancha zarar yetkazadi. M.D.Zverevning xisoblariga ko’ra, Novosibirsk shaxri atrofida qora chug’urchuqlarining bitta oilasi bir uya davrida 7800 dona may qo`ng’izi va ularni lichinkalari bilan ovqatlangan, yoki mikkiy har kuni uyasiga 10 dona kemiruvchilarni keltiradi, yoki bir oy davomida ya’ni bolalarini boqish davrida bir juft mikkiy 270 ta kemiruvchini kiradi. Shu keltirilgan misollarning o`zi qushlarni qo’riqlash va ularning sonini oshirish qanchalik zarur ekanligini ko’rsatadi. Ayniqsa ko`payish vaqtida qushlarni bog’, park, poliz, don maysalariga jalb qilish nixoyatda zarur. Chunki bu davrda ularning foydalik faoliyati keskin oshadi. Buning uchun sun’iy uyalar yasab erta baxorda kerakli joylarga osib quyiladi. Mayda qushlar uchun yasalgan uychalar 5-8 m balandlikka osib quyiladi. Sun’iy uyachalarning o`lchamini qushlarni o`lchamiga qarab yasash tavsiya etiladi. Masalan, chittak, kulrang pashshaxo’r: burmabo’yin, dala chumchuqlari uchun yasalgan uychaning ichki devorlari orasidagi masofa 10-12 sm ichki balandligi 17 sm, kirayotgan teshikdan uychani tepasidagi masofa 3,5-4 sm bo’lsa, chug’urchuq, sassiqpopichak, boyo’g’li uchun yuqoridagilarga muvofiq 13-15, 22-4: 4,8-6: 2-2,5 sm bo’lishi lozim. Zag’cha, kukkarga, mikkiy kabi qushlar uchun muvofik ravishda 16-18,22,5,7-9,2-2,5 sm bo’lishi tavsiya etiladi.
Qushlar qishloq va o’rmon xo’jaligida juda katta foyda keltirishi bilan birga, don xo’jaliklariga sezilarli darajada zarar ham keltiradi. Masalan, dala ispan chumchuqlari Qozog’istonda katta koloniyalar xosil qilib, uya quradi va dehqonchilikka zarar yetkazadi.
Qush va aviasiya. Erodromda ovqatlanayotgan va uning atrofida uya qilayotgan qushlar ba’zi xollarda qo’nayotgan va yerdan uchayotgan samolyotlar bilan to’qnashadi. Samolyotlar uchun baliqchilar, kaptarlar, uchib o`tayotgan o’rdaklar, kunduzgi yirtqichlar, chug’urchuq va maynalarning katta galalari nixoyatda xavfli xisoblanadi. Bunday noxush voqealarning oldini olish uchun odatda aerodromlarning ornitologik xolati o’rganiladi. Yirtqich qushlarning silueti o’rnatiladi, optik shishali sharlar osib qo’yiladi. Kunduz kunlari ham faralari yoqilgan xolatda qo’nishi yerdan ko`tarilishi yaxshi samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |