Qushlarning migrasiyasi
Qushlar territoriyaga yoki kelib – ketishiga qarab uchta gruppaga bo`linadi:
1) o`trok ko’lar –yil davomida ma’lum territoriyada yashaydi, ya’ni uya territoriyasini tashlab ketolmaydi. Bunday qushlarga qirg’ovul, kaklik, kichik musicha, mayna, qizilishton va boshqalarni kiritish mumkin
2) kushmanchi qushlar –ko`payish mavsumidan keyin noaniq yo’nalishlarga qarab bir necha km masofaga ko’chib boradi, lekin o`zining ko`paygan zonasini tashlab ketmaydi. Bu gruppaga snegirlar, dexkonchumchuqlar va boshqalar misol bo’la oladi
3) kelib ketuvchi qushlar qishlash uchi ko`paygan joylarini tashlab 1000 km dan uzoqqa, ya’ni yangi tabiiy geografik zonalarga uchib ketadi.
Bizda yashayotgan qushlarning aksariyat ko`pchiligi kelib ketuvchi qushlar xisoblanadi. Kelib ketuvchi qushlar yoki migrasiya qiluvchi qushlarning soni shimolga borgani sari ochib boradi. Bu qushlar bir yilda ikki marta: ko`zda qishlash joyiga qarab baxorda esa uya qo’ygan yoki tug’ilgan joyi tomon migrasiya qiladi. Kuzgi migrasiya vaqtida qushlar o’rtacha tezlikda ushadi, vaqti-vaqti bilan dam oladi. Kichik chumchuqsimonlar migrasiya vaqtida bir sutkada 50-100 km tezlikda uchadi. Samolyotda va radar yordamida kuzatish shuni ko’rsatadiki, ko`pchilik qushlarning migrasiyasi 450-750 m balandlikda o`tadi. Baland tog’larda qushlar xatto dengiz satxidan 6-9 km balandlikda uchib o`tgani kuzatilgan. Migrasiya qiluvchi qushlar migrasiyadan oldin juda intensiv ovqatlanadi va anchagina yog’ zapasini tuplaydi. Yog’ parchalanganda ko`p miqdorda energiya ajratadi. Migrasiyadan oldin yog’ zapasi ba’zi qushlarda tana og’irligining 30-35% ini tashkil qiladi. Bu prosess organizmning yillik fiziologik ritmikasi, yashash sharoitining mavsumiy o`zgarishi, kunning yorug’lik soati o`zgarishi, ovqat bazasining va temperaturaning o`zgarishiga bog’lik. Bu o`zgarishlar yig’ilib, qushlarning migrasion xolatini aniqlaydi.
Migrasiya kiluvshi va kushmanshi qushlarning ko`pshiligida tugilgan joyiga yoki uyasiga kaytib kelish-uya konservatizmi xususiyati bo`ladi.Migrasiya vaqtida qushlarning orientasiyasi, ya’ni adashmasdan kerakli umumiy yo’nalishni aniqlaydigan narsa nima degan savolga to’liq javob topilmagan. Kelib ketuvchi qushlarda migrasiya uchun kerakli umumiy yo’nalishni aniqlaydigan tug’ma migrasion instinkt bo`ladi. Eksperimental tekshirishlar va dala kuzatishlaridan ma’lumki, migrasiya qiluvshi qushlar astronavigasiyaga qobiliyatlidir, ya’ni migrasiya vaqtida quyosh, oy va yulduzlarning xolatiga qarab, kerakli yo’nalishni tanlaydi. Yomg’ir yoqqanda, xavoda bulut bo`lganda yoki planetariy tajribalarida osmon yulduzlarining tabiiy xolatini o`zgartirilganda migrasiya qiluvchi qushlarning orientasiyasi keskinyomonlashadi. Qush tomonidan migrasiya vaqtida tanlangan umumiy yo’nalish-ko’rish organi ko`z yordamida bajariladi. Chunki migrasiya paytida qushlar odatlangan landshaftlar: daryo oqimi, o’rmonlar, dengiz qirg’oqlari bo`ylab uchadi. Galada qushlarning ba’zilari bu yo’lni avval uchib o`tgan bo`ladi. Lekin ko`pchilik qushlarning bolalari o`zlari birinchi bo’lib uchib ketadi.
MDXning Shimoliy Evropa qismidagi qushlar Afrikaning G’arbiy tomonida, markaziy qismida qishlaydigan qushlar sharqiy Afrikada, sharqiy qismida uya quyuvchi qushlar esa Xindiston va Janubiy-Sharqiy Osiyoda qishlaydi.
Qushlarning migrasiyasini o’rganishda asosan xalqalash metodidan keng qo’llaniladi, ya’ni qushning uyadagi jo’jasining yoki ushlangan qushning oyog’iga metaldan yasalgan xalqa taqiladi. Xalqaga nomer va xalqalangan tashkilotning shartli belgisi yoziladi. Xalqalash bo’yicha tuplangan barcha ma’lumotlar Rossiya FA Xalqalash markaziga yuboriladi. Har yili dunyo miqyosida 1 mln ga yaqin qush xalqalanadi, shu jumladan, MDXda 100 ming qush xalqalanadi. Qushlarning ommaviy ravishda xalqalash natijasida ko`pgina turlarning uya konservatizmi, yo’nalish va uchish tezligi, qishlash joylari, umri, o’limi, jinslarni juftligining doimiyligi kabi masalalarni aniqlaydi.
Qushlarning inson xo’jalik faoliyatidagi axamiyati juda katta va nixoyatda xilma – xildir. Ko`pgina turlari qadimdan to hozirgi kunga qadar odam tomonidan xonakillashtirilgan va ulardan go’sht, tuxum, tivit kabi maxsulotlar olinadi. Yovvoyi turlari esa qishloq xo’jaligi, baliqchilik va ovchilik xo’jaligiga hamda sog’liqni saqlash va aviasiyada katta rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |