Xameleonlar kenja turkumi Bular daraxtda yashashga moslashgan sudralib yuruvchilardir. Panjalari ombir shaklida, dumlari uzun va ilmoqli. Gavdasi yon tomondan qisilgan. Ko`zlari katta-katta va xarakatchan. Ko`zlari bir- biriga bog’lik bo’lmagan xolda o’ljasini- xasharotlarni axtaradi. Xameleonlar tashqi muxitga qarab rangini o`zgartira oladi.
Xameleonlarning kattaligi 3-5 sm.dan 50-60 sm. gacha bo`ladi. Bular Madakaskar orolida, Afrikada tropik Osiyoda va Ispaniyada yashaydi.
3.Toshbaqalar turkumi
Hozirgi zamon sudralib yuruvchilari ichida toshbaqalar muxitga moslashgan gruppasidir. Bularning asosiy xususiyatlaridan biri tanasi ichiga joylashgan suyak qalqonlarining bo’lishligi xisoblanadi. Boshi, bo’yni oyoqlari va xavf tug’ilganda dumi ma’lum darajada qalqon ishiga tortiladi.
Qalqoni yoki panseri ustki bo’lim- karapaksdan va pastki bo’lim- plastrondan tashkil topgan. Karapaks teri xisobidan rivojlangan suyak plastinkalar hamda kobirg’alar va umurtqalarning asosiy qismining qo’shilishidan xosil bo’lsa, plastron qoplovchi suyak plastinkalar tush va umrov yupqa shox plastinkalar bilan qoplangan. Bosh skeletida ma’lum darajada ikkilamchi suyak-tanglay xosil bo`ladi. Jag`larida tishlari bo`lmaydi. Jag` suyaklari qirrasi o`tkir shox-qin bilan qoplangan og`iz bo’shlig’ining tagi gox ko`tarilib, gox tushib hayvonni nafas olishida nasos rolini o’ynaydi.
Toshbaqalar asosan nam tropik oblastlarda va jazirama shul zonalarida tarqalgan. Tinch va Xind okean orollarida og’irligi 200 kg. Yetadigan fil toshbaqasi yashaydi. O’rta Osiyoda shu toshbaqasi, Qrim va Kavkazda botqoq toshbaqalari tarqalgan. Bular yashirin bo’yinli toshbaqalar gruppasiga kiritiladi. Og’irligi 450 kg. gacha boradigan sho’rva va yashil toshbaqa hamda undan kichik karetta tropik dengizlarda yashaydi. Bularning oyoqlari eshkakka aylangan va kalqon ichiga tortilmaydi. Bular dengiz toshbaqalari deyiladi.
4.Timsoxlar turkumi
Timsoxlar hozirgi zamon sudralib yuruvchilar ichida eng yuqori taraqqiy etgan gruppa xisoblanadi va suv muxitida yashashga moslashgan.
Boshi, bo’yni va tanasi, yalpoq dumi, yon tomondan qisilgan, orqа oyoqning barmoqlari orasiga suzgich pardasi bo`ladi. Gavdasi shox qalqonlar bilan qoplangan. Bu qalqonlarning tagida suyak plastinkalari joylashadi.
Tishlari jag` oraliq, yuqori jag` va tish suyaklarida xuddi sut emizuvchilardagidek chuqurchalarda joylashadi. Jag`oraliq yuqori jag` suyaklarining o`simtalari va tanglay suyaklarining qo’shilishidan ikkilamchi suyak tanglay xosil bo`ladi, ikkilamchi tanglay og`iz bo’shlig’ini ustki burun –xalqum va pastki og`iz bo’limlariga ajratib turadi.
Yurak qorinchasi to’liq ikki qismga bo’lingan. Demak, yuragi to’rt kamerali. Lekin chap yurak qorinchasidan chiqqan o`ng aorta yoyi o`ng yurak qorinchasidan chiqqan chap aorta yoyi o`zaro qo’shiladi.
Hozir timsoxlarning 25 turi ma’lum. Bular tropik mamlakatlarning daryo, ko’l va botqoqliklarida yashaydi. Bularga tipik vakil qilib bo’yi 10m.ga yetadigan Nil timsoxi, Xindiston daryolarida yashaydigan uzun tumshuqli gavial, Amerikada yashovchi alligator va kaymanlar kiradi. Timsoxlar suvda yashovchi va qirg’og’iga yaqinlashgan hayvonlar bilan ovqatlanadi. Qimmatbaxo terisi va go’shti uchun ovlanadi.