Obektning sistematik xolati: Tip. Xordalilar – Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar – Vertebrata yoki
Bosh ckeletlilar – Kraniata
Kattta sinf. To`rt oyo`qlilar – Tetrapoda.
Sinf. Suvda ham quruqlikda yashovchilar-Amphibia
Turkum. Dumsizlar – Ecaudata yoki Anura
Vakil. Ko`l baqasi – Rana ridibuba Pall.
Savollar va topshiriqlar: Ko`l baqasi sistematik obzori qanday holatda?
Ko`l baqasi nima sababdan jag``lilar bo`limiga kiritiladi?
3. Ko`l baqasi tashqi tuzilishi qanday tuzilgan?
Ko`l baqasi jabrasi va og``iz oldi voronkasi qanday tuzilgan?
Ko`l baqasi ovqat hazm qilish sistemasi qanday to`zilg?
Ko`l baqasi qanday oziqlanadi?
Ko`l baqasi qon aylanish va nafas olish sistemasini tushintirib bering.
9. Ko`l baqasi jinsiy sistemasi qanday tuzilgan va u qanday ko`payadi?
7-Mashg`ulot: Sudralib yuruvchilarning tashqi va ichki tuzilishini organish
Mashg`ulotning maqsadi: Ildsam kaltakesak misolida suyakli baliqlar sinfi vakillarining harakterli belgilari bilan tanishish. Tikanli akulaning tashqi va ichki tuzilishi bilan tanishish.
Kerakli jihozlar: Spirtga yoki formalinga fiksatsiya qilingan Ildsam kaltakesak, vannacha, pincet, skalpel, qaychi, doka ro`molcha, peroproval yoki oddiy to`g`itlag`ich ignalar, lupa (4x6), paxta, turli baliqlarning tashqi va ichki tuzilishi tushipilgan jadvallar, plakatlar.
Darsning borishi:
1. O`tiladigan mashg`ulot yuzasidan savol javoblar o`tkazish.
2. Laboratoriya mashg`ulotini bajarish.
3. Ishchi albomdagi topshiriqlarni bajarish.
4. Mashg`ulotni adabiyotlar, tarqatma matеriallar, ko`rgazmali qurollar, ho`l va quruq prеapartlar yordamida mustahkamlash.
5. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar bеrish.
Mashg`ulotni bajarish:
Kaltakesakni yorish:
1. Kaltakesakni ichiga mum quyilgan vannacaga qornini yuqoriga qilib ( chalqanchasiga) yotqizilganidan so`ng oyoqlarini nina bilan vanna tubiga qadang.
2. Kloaka teshigida to engak ostigacha terisiini qaychi bilan bo`yiga kesib chiqing.
3. Oldingi va orqa oyoqlariga yaqin joyda, terini ko`ndalang kesib, hosil bolgan teri pparchalarinii vanna tubiga qadang.
4.Teri qay tartibda kesilgan bo`lsa, qorinning muskul devorini ham xuddi shu tariqa bo`yiga va ko`ndalangiga kesing( kesish vaqtida ichki organlar shikastlanmasin).
5. Qorinning muskul devorini bo`yiga kesish vaqtida chanoq va elka kamarini ham kesib ikkiga ajrating.
6. Kesilga muskul parchalarini ham teri singari vanna tubiga ignalar yordamida qadang.
8. Ichak ostidagi organlarni ko`rish uchun ichakni sekin-asta kaltakesask yon tomoniga surib qo`ying ( bu ishi bajarishda ichakni o`zib yubormaslikka va icha tutqichining o`zilib ketmasligiga etibor bering.
9. Yurak oldi xaltasidan yurakni ajratish uchun xalta devorini pinset bilan ushlab, qaychida kesilsadi. Endi obektni quyidagi tartibda o`rganib chiqing:
Ildsam kaltakesak ho`l preparatini lupaga qarab tekshirihg.
Ildsam kaltakesak tashqi tuzilishini ko`zatin va organing
Ildsam kaltakesak teri qoplamini organing.
Ildsam kaltakesak muskul sistemasi o`rganing.
Ildsam kaltakesak nerv sistemasini jadvallardan o`rganing.
Ildsam kaltakesak ovqat hazm qilish sistemasini xo`l preparatlar va jadvallarda o`rganing.
Ildsam kaltakesak qon aylanish sistemaasining va ayirish sistemasining tuzilishiini o`rganing.
Obektning sistematik xolati: Tip. Xordalilar – Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar – Verrtebrata yoki
Bosh ckeletlilar – Kraniata