Darsning borishi:
1. O`tiladigan mashg`ulot yuzasidan savol javoblar o`tkazish.
2. Laboratoriya mashg`ulotini bajarish.
3. Ishchi albomdagi topshiriqlarni bajarish.
4. Mashg`ulotni adabiyotlar, tarqatma matеriallar, ko`rgazmali qurollar, ho`l va quruq prеapartlar yordamida mustahkamlash.
5. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar bеrish.
Mashg`ulotning bajarish:
Tikanli akulaning tuzilishini pangli jadvalga qarab tekshirihg.
Tikanli akulaning teri qoplamini organing.
Tikanli akulaning muskul sistemasini o`rganing.
Tikanli akula ning nerv sistemasini jadvallardan o`rganing.
Tikanli akulaning ovqat hazm qilish sistemasini xo`l preparatlar va jadvallarda o`rganing.
Tikanki akula qon aylanish sistemaasining tuzilishini va ayirish sistemasining tuzilishini o`rganing.
Obektning sistematik xolati:
Tip. Xordalilar – Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar – Vertebrata yoki
Bosh ckeletlilar – Kraniata
Bo`lim. Lag`sililar- Gnathostomata
Kattta sinf. Baliqlar – Pisces
Sinf. Tog`ayli baliqlar - Chondrichthyes
Turkum. Akulalar - Selachoidri
Vakil. Tikanli akula – Squalus acanthias L.
Savollar va topshiriqlar:
Tikanli akula sistematik obzori qanday holatda?
Tikanli akula nima sababdan jag``lilar bo`limiga kiritiladi?
3. Tikanli akula tashqi tuzilishi qanday tuzilgan?
4. Tikanli akula jabrasi va og``iz oldi voronkasi qanday tuzilgan?
Tikanli akula ovqat hazm qilish sistemasi qanday to`zilg?
Tikanli akula qanday oziqlanadi?
Tikanli akula qon aylanish va nafas olish sistemasini tushintirib bering.
Tikanli akula jinsiy sistemasi qanday tuzilgan va u qanday ko`payadi?
5-Mashg`ulot: Suyakli baliqlatning tashqi vas ichri tuzilishini organish
Mashg`ulotning maqsadi:
Zog`ora baliq misolida suyakli baliqlar sinfi vakillarining harakterli belgilari bilan tanishish. Tikanli akulaning tashqi va ichki tuzilishini o`rganish.
Kerakli jihozlar:
Spirtga yoki formalinga fiksatsiya qilingan zog`ora baliq , vannacha, pincet, skalpel, qaychi, doka ro`molcha, peroproval yoki oddiy to`g`itlag`ich ignalar, lupa (4x6), paxta, turli baliqlarning tashqi va ichki tuzilishi tushipilgan jadvallar, plakatlar.
Darsning borishi:
1. O`tiladigan mashg`ulot yuzasidan savol javoblar o`tkazish.
2. Laboratoriya mashg`ulotini bajarish.
3. Ishchi albomdagi topshiriqlarni bajarish.
4. Mashg`ulotni adabiyotlar, tarqatma matеriallar, ko`rgazmali qurollar, ho`l va quruq prеapartlar yordamida mustahkamlash.
5. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar bеrish.
Mashg`ulotning bajarish:
Baliqni yorish:
1. Baliqni qornini tepaga qilgan holda chap qo`lga yotqizib, dumsiz tarafida turgan anal teshigining oldidan qaychi uchi bilan ko`ndalang kesik hosil qiling.
2. Qaychining o`tmas (to`mtok) uchini kesilgan teshikka tiqib qorin bo`ylab baliqning to jabra qopqoqlari orasiga qadar kesing (bunda ichki organlarga zarar etmasligi kerak).
3. Anal teshigi oldidagi kesikdan yuqoriga tomon to umurtqa pog`onasiga ( ichki bo`shliqning ustki devoriga) qadar ko`ndalang kesing.
4.Kesikdan hosil bo`lgan tana devorini ko`tarib, umurtqa pogonasi bo`ylab bosh tomoniga qarab kesikni jabra qopqog`igacha davom ettiring va hosil bo`lgan parchani tanadan ajratib oling.
5. Jabra qopqog`ini kesib tashlang.
Bu ishlar bajarilgach, preparatni aniq ko`rish uchun pinset, skalpel va nina yordamida muskul parcalari va har-xil parchalardan tozalang, kesish vaqtida hosil bo`lgan qonni paxta yoki doka tanponlar bilan tozalab turing.
6. Bu ishlar bajarilib bo`lingach, ichki va tashqi tuzilishi bilan quyidagi tartibda tanishib chiqing:
Zog`ora baliqni lupada qarab tekshirihg.
Zog`ora baliqning tashqi tuzilishini ko`zatin va organing
Zog`ora baliqning teri qoplamini va tangachalarini o`rganing.
Zog`ora baliqning muskul sistemasi o`rganing.
Zog`ora baliqning nerv sistemasini jadvallardan o`rganing.
Zog`ora baliqning ovqat hazm qilish sistemasini xo`l preparatlar va jadvallarda o`rganing.
Zog`ora baliq qon aylanish sistemaasining tuzilishini va ayirish sistemasining tuzilishini o`rganing.
Do'stlaringiz bilan baham: |