Tarbiya nazariyasi
– pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo`lib,
tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish
muammolarini o`rganadi.
Tarbiya muayyan
, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajribaasosida yosh avlodni
har tomonlama o`stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish
jarayonidir.
Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy va
ekologik tarbiya kabi yo`nalishlarda tashkil etiladi.
3. Pedagogikaning metodologiyasi:
Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat mahsuli
sifatida turli fanlar bilan qadim-qadim zamonlardan bog‘liqligidir. Shuni ta'kidlamoq
kerakki pedagogika fanining metodologik asosi diniy va dunyoviy fanlar tarkibida
rivojlangan. Qur'onda “Ilm” so‘zi turli hollarda 765 marta takrorlanadi. G‘arb faylasuf
olimlari ham Islom falsafasiga suyangan holda ijod etganlar.
Pedagogika fanining metodologiyasini yaratishda qomusiy mutafakkir va
pedagoglarning o‘rni diqqatga sazovardir. Al-xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy,
Rudakiy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, chex olimi Yan Amos Kamenskiy, shveytsariyalik
pedagog Iogann Genrix Pestalotstsi, nemis pedagogi Adol'f Disterverg, rus pedagogi
K.D.Ushinskiy kabilar o‘z ijodiyotlarida pedagogikaning metodologik asosini yaratib,
komil inson tarbiyalashdagi qonuniyatlarni asosladilar. Yangicha sharqona
pedagogikaning metodologiyasi o‘tmish ajdodlarimizning barkamol inson tarbiyasidagi
g‘oya va ta'limotlarini o‘rganib, unga suyangan holda milliy istiqlol mafkurasini
mustaqkamlash va unga amal qilishdir. Pedagogika fanining mazmuni, maqsadi,
vazifalari, tamoyil usul va vositalari, umuman, har-bir inson uchun zarur bo‘lgan
tarbiyaviy ta'sirlar yangicha asosga ega bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston mustaqillikga erishgandan keyin birinchi marotaba 1992 yil iyul
oyida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini
belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini
ta’minlashga qaratilgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi qabul qilindi va 1997 yilning 29 avgustida bir qancha o’zgartirishlar kiritilgan
holda qaytadan tasdiqlandi, Qonun 5 bo’lim va 34 moddadan iborat bo’lib 3
bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan ya’niy
Do'stlaringiz bilan baham: |