A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika



Download 0,81 Mb.
bet31/60
Sana05.06.2022
Hajmi0,81 Mb.
#637670
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60
Bog'liq
Um-lilar.MAJ-19-20

Tuban darrandalar sinfi
Bu kenja sinf ham bitta qopchiqlar turkumini o`z ichiga oladi. Qopchiqlilar ham sut emizuvchilarning qadimgi va primitiv gruppasi bo`lib, yuldoshning asosan bo’lmasligi, shu sababli tug’ilgan bolasining o`ta nimjon bo’lishligi, bir juft qopchiq suyagining bo’shlig’i, urgochilarida ikkita bachadon bo’shlig’i va gavda temperaturasining yuqori darrandalarga nisbatan past bo`lganligi kabi belgilari bilan xarakterlanadi.
Qopchiqchilar Avstraliya va Janubiy Amerikaning o’rmon, dasht va tog’ joylarida tarqalgan. Qopchiqlilarga tipik vakil qilib daraxtlarda yashaydigan Amerika oposoumi, tasmaniya qopchiqli bo’risi, qopchiqli ayiq yoki kloalka va boshqalarni olish mumkin.
3.Yuqori darrandalar kenja sinfi
Sut emizuvchilarning asosiy gruppasi o`z ichiga oladi va yer yuzida keng tarqalgan. Sinfning xarakterli belgilari shu kenja sinfga ta’luqlidir, xesh qachon qopchiq suyagi bo`lmaydi, yuldoshi yaxshi rivojlangan. Yuqori darrandalar 17 turkumga bo`linadi.
Xasharotxo’rlar turkumi
Xasharotxo’rlar yuldoshli sut emizuvchilarning eng primitivi xisoblanadi. Miya yarim sharlari ancha kichik va yuzasi silliq bo`ladi. Tishlari gruppalarga yaxshi ajralmagan. Bachadoni shoxli bo`ladi. Tumshug’ining uchida xarakatchan xartumchaning bo’lishligi xasharotxo’rlarning xarakterli belgisidir. Xasharotxo’rlar juda ham mayda va o’rtacha kattalikdagi hayvonlar bo`lib, yer tagida yerda va xatto daraxtlarda yashaydi. Avstraliyadan tashqari olamning barcha kit’alarida tarqalgan.
Xasharotxo’rlar turkumiga MDXda yashovchi terilari tikon bilan qoplangan har xil tipratikonlar, yer tagida yashashga moslashgan krotlar, barg va xas tagida yashovchi turli xil yerqazirlar (o`zunligi 4 sm), suvda yashashga moslashgan va qimmatbaxo mo’yna beradigan vixixol, Madagaskar orolida yashovchi tenreklar, Afrikada tarqalgan o`zunoyoqlar va Janubiy Osiyo o’rmonlarida yashovchi tupaylar kiradi.
Qo’lqanotlilar turkumi
Sut emizuvchilarning xavoda uchib yurishga moslashgan birdan-bir gruppasidir. Bularning uchish organi-qanotlari oldingi oyoqning nixoyatda uzaygan 2-5 barmoqlari, yelka, yelka oldi, tananing yon tomonlarini keyingi oyog’i va dumini tutashtirib turadigan junsiz teri pardadan tashkil topgan. Qushlardagi singari tush suyagining oldingi yuzasida ko`krak toji suyagi bo`lib, bunda qanotni xarakatga keltiruvchi muskullar joylashadi.
Qo’lqanotlilar yer yuzasida keng tarqalgan bo`lib, shom va tunda aktiv xayot kechiradi. Ko`zlari sust rivojlangan va orintasiyada axamiyati uncha katta emas. Eshitish organi quloq kuchli rivojlangan va asosan aks etgan ultratovushlarga asoslangan. Qo’lqanotlilar bizga eshitiladigan odatdagi chiyillash tovushidan tashqari, ayrim impulslar ko’rinishida 30000 dan 70000 gersgacha ultratovushlar chiqaradi. Impulslar tezligi ko’rshapalakning biror buyumdan yoki o’ljasidan nechog’li narida turganiga qarab o`zgaradi. Bular yakka yoki kaloniya bo`lib xayot kechiradilar. Yil mavsumiga qarab o’rta mintaqalar yashovchilari migrasiya qiladi. Qo’lqanotlilar turkumi mevaxo’r va xashoratxo’r ko’rshapalaklarni o`z ichiga oladi.
Mevaxo’r ko’rshapalaklar yoki katta qanotlilar ancha katta hayvonlar bo`lib, qanotlarini yoyganda 170 sm gacha yetadi. Afrika, Osiyo va Avstraliyaning tropik tomonlarida tarqalgan. Tishlarining chaynash yuzalari yassilashgan va mevalar bilan ovqatlanishga moslashgan.
Xasharotxo’r ko’rshapalaklar kichik bo`lib uchi o`tkir va quloq supralari katta bo`ladi. MDXda bularning 40 ta turi tarqalgan. Janubiy rayonlarda taqaburunlar, shalpangquloq ko’rshapalak, kengquloq, o’qquloq, shomshapalaklar va tunshapalaklar yashaydi. Bularning hammasi xasharotlar bilan ovqatlanadi.
Kemiruvchilar turkumi
Hozirgi zamonda yashab turuvchi emizuvchilarning eng ko`p turlisi bo`lib, yer yuzining deyarli hamma qismida tarqalgan va turlicha sharoitlarda-suvda, yerda, yer tagida va daraxtlarda yashaydi. Bularning asosiy morfologik belgilaridan biri-tishlarining tuzilishidir. Pastki va ustki jag`larning har qaysi tomonida kurak tishlari juda katta, ildizi yo`q va hayvonning har qaysi tomonida kurak tishlari juda katta, ildizi yo`q va hayvonning butun umri bo’yi o’sib turadi. Keskich tishlari yo`q, shu sababli kurak va oziq tishlar orasida tishsiz bo’shliq diasema bo`ladi. Kemiruvchilar asosan o’simlikning ildizi, po’sti, bargi, doni va maysasi bilan ovqatlanadi.
Kemiruvchilar tez ko`payish xususiyatiga ega, ya’ni har safar ko`p bola tug’ish, erta balog’atga yetish, yiliga bir necha marta bolalash bularning biologik xususiyatidir.
Kemiruvchilar ko`p turli va ko`p sonli bo`lganligi tufayli ularning tabiatda va inson xayotida foydasi ham, zarari ham kattadir, ya’ni ko`pgina kemiruvchilar qishloq xo’jaligi o’simliklariga va gamlab qo’yilgan ovqatlarga yuqumli kasalliklarni, jumladan toun yoki ulat kasalligini tarqatadi, boshqa bir turlari ovlanadigan eng muxim muynali hayvonlar xisoblanadi.
Tovushkonsimonlar turkumi
Bularning yuqori jag`idagi katta kurak tishlarining orqаsida bir juft kichkina qushimcha kurak tishlari bo`ladi. Tishlarining tuzilishiga ko’ra kemiruvchilarga o’xshab ketadi, ya’ni keskich tishlari yo`q, diastema bor.
Bu turkumga dumsiz sichqonlar yoki oxotonlar va tovushkonlar kiradi. Dumsiz sichqonlar qishga xashak g’amlab qo’yish odati bilan mashxo’rdir. Bular Markaziy Osiyoning tog’li rayonlarida tarqalgan. Tovushkonlarga oq tovushkon, malla tovushkon, qum tovushkon, manjuriya tovushkoni va yovvoiy quyon kiradi va bular eng muxim ov darrandalari xisoblanadi.
Yirtqichlar turkumi
Yirtqichlar asosan hayvon ob’ekti bilan ovqatlanishga layoqatlangan. Shu sababli bularning, ayniqsa, tishlari va o`tkir changal tirnoqlari ancha o`zgacha tuzilgan.
Kurak tishlari mayda, keskich tishlari yaxshi rivojlangan, oziq tishlarining yuzasi, doimo burtmali bo`ladi. Ustki jag`ning oxirgi yolg’on oziq tishi va pastki jag`ning birinchi xaqiqiy oziq tishi uzining kattaligi bilan boshqa tishlardan ajralib turadi, bular yirtqich tishlar deb ataladi. Tirnoqlari yaxshi taraqqiy etgan va ba’zan ichiga tortiladigan bo`ladi.
Bu turkumga gavdasining shakli va o`lchami har xil bo`lgan yirtqichlar kiradi. Janubiy Osiyo va Afrikada tarqalgan viverralar, mangustalar, sirtlonlar, mushuklar oilasiga mansub yo’lbars, afrika arsloni, bizda keng tarqalgan silovsin, mushuklar, suvsarlar, sassiqko`zanlar, norkа, kunduz, oq ayiq, itlar oilasiga mansub tulki, oq tulki, bo’ri va boshqa bir qancha turlar vakil bo`ladi. Bulardan suvsarlarning ko`pchiligi, oqtulkilar qimmatbaxo mo’yna beruvchi hayvonlar xisoblanadi.
Kurak oyog’lilar turkumi
Kurak oyog’lilar o`zlarining tuzilishi va kelib chiqishiga ko’ra yirtqichlarga ancha yaqin turadi. Xayotini asosan suvda o`tkazadi, faqat dam olish, qo’shilish, bola tug’ish va tullash vaqtida suvdan qirg’oqqa yoki muzliklarga chiqadi. Jun qoplagichlari kalta va qattiq sochlardan iborat. Teri ostida qalin yog’ qatlami bo`ladi. Gavdasi uzun o’qlovsimon bo’lishi, oyoqlari shaklan o`zgarib suzgich kurakka aylanganligi, tishlarining bir xilda konussimon bo’lishi, quloq supralari yaxshi taraqqiy etmaganligi, dumining juda kichik bo’lishligi kurak oyoqlilarning suv muxitiga yashashga moslashgan xarakterli belgilari xisoblanadi.
Kurak oyoqlilarga Shimoliy muz okeani, Janubiy Tinch va Atlantik okeanlarining qirg’oqlarida tarqalgan dengiz mushuklari, uzunligi 3-4 m, og’irligi 1,5 t gacha boradigan morjlar, grelland tyuleni, kaspiy tyuleni kabi turlar vakil bo`lib kiradi. Janubiy yarim sharda esa bo’yi 6 m va og’irligi 3000 kg keladigan dengiz fillari tarqalgan. Kurakyoqlilar go’sht, yog’, dandon (morj), terisi (dengiz mushugi) uchun ovlanadi.
Kitsimonlar turkumi
Kitsimonlar sut emizuvchilarning o`ziga xos gruppasi bo`lib, butun umri suvda o`tadi. Quruqlikda umuman yashay olmaydi. Gavdasi baliqsimon, bo’yni bilinmaydi, oldingi oyoqlari kurakka aylangan, orqа oyog’i yo`qolib ketgan, tanasining oxirida gorizantal tekislikda o`rnashgan ikki pallali dumi bor. Ba’zi turlarida go’shtdor orqа suzgich qanoti ham bo`ladi. Terisida jun yo`q. Ter va yog’ bezlari taraqqiy etmagan. Faqat urg’ochilarida bir juft sut bezlari jinsiy yoriqlarining ikki yonidagi ikkita emchaklarga ochiladi. Kitsimonlar turkumi 2 ta kenja turkumga – tishsiz va tishli kitlarga bo`linadi. Tishsiz kitlarning jag`larida tishlari bo`lmaydi, lekin og’zida talaygina shox plastinkalar bo`lib, bu plastinkalar tanglayga o’rnashadi va og`iz bo’shlig’iga osilib turadi. Shox plastinkalar kit mo’ylovi deyiladi va bu og`izga suv bilan tushgan ovqatni g’alvirdek elab oladi. Tishsiz kitlarga bo’yi 33 m va og’irligi 150 t keladigan ko’k kit, bo’yi 15-20 m keladigan grenland kiti tipik vakil bo`ladi. Ko’k kit hozirgi zamonda yashayotgan hayvonlar ichida eng kattasi xisoblanadi. Uning endi tug’ilgan bolasini uzunligi 6-9 m, og’irligi 2-3 t keladi.
Tishli kitlarning jag`larida juda ko`p va bir xil konussimon tishlari bo`ladi. Bularga katta kashalot va delfinlar kiradi. Qora dengizda oddiy delfin yashaydi. Shimoliy muz okeani dengizlarida va Tinch okeanining shimoliy qismidagi dengizlarda uzunligi 6 m gacha boradigan oq delfin yoki beluxa tarqalgan. Kitlardan qimmatbaxo texnika va medisina yog’i, go’sht va boshqa xom ashyo hamda maxsulotlar olinadi.
Xartumlilar turkumi
Xartumlilar hozirgi zamonda Quruqlikda yashovchi hayvonlar ichida eng kattasi bo`lib, xartumlilarining bo’lishi bilan xarakterlanadi. Uzun va xarakatchan xartum burun hamda ustki labning qushilishidan xosil bo`ladi, kurak tishlari o`zgarib dandon deb ataladigan fil tishiga aylanadi. Keskich tishlari yo`q. Terisi qalin va deyarlik junsiz bo`ladi.
Bu turkumga Afrika fili bilan Xindiston fili kiradi. Afrika filining balandligi 3,3 m ga boradi, erkagi va urg’ochisida ham uzun dandoni bor, qulog’i juda katta. Xind filining faqat erkagida dandon bo`ladi. Quloq suprasi uchburchak shaklida orqаga tashlangan. Gavdasining balandligi 3 m ga boradi. Xind fili Afrika filiga qaraganda tez qo’lga o’rganadi va qishloq xo’jalik hamda transport soxasida ishlatiladi.
Juft tuyoqlilar turkumi
Bu turkumga asosan yirik o’simlikxo’r hayvonlar kiradi, ularning 3 va 4 barmoqlari juda ham kuchli taraqqiy etgan bo`lib, gavda o’qi shu ikki barmoq orasidan o`tadi. 1 barmog’i rivojlanmagan, 2 va 5 barmoqlari kichik-kichik yoki o’sib yetmagan. Umrov suyaklari yo`q.
Juft tuyoqlilar turkumi uchta kenja turkumga bo`linadi:
1) kavsh qaytarmaydiganlar. Bularga chuchqalar bilan begemotlar kiradi. Oziq tishlari bo’rtmali bo`lib, keskin tishlari doimo o’sib turadi. 2 va 5 barmoqlari boshqa juft tuyoqlilardagiga nisbatan ancha yaxshi rivojlangan. Kavsh qaytarmaydiganlarning bizda yashaydigan birdan-bir vakili to`ng’izdir. Begemotning g’oyat katta gavdasi beuxshov, terisi yalang’och va asosan suvda yashaydi. Afrikada tarqalgan.
2) Qadoq tuyoqlilar
Bu kenja turkumga faqat xaqiqiy tuyalar bilan lamalar kiradi. Ular 2 va 5 barmoqlari yo`qligi, oziq tishlari chaynov yuzasining yassiligi oyog’ida kichikroq tirnoqsimon tuyoq borligi bilan xarakterlanadi. Yovvoyi ikki urkachli tuya Gobi saxrosida yashaydi va xonakilashgan xolda Markaziy Osiyoda, Oltoy o’lkasida, Qozog’iston va Qirg’izistonda yashaydi. Bir urkachli tuya faqat xonakillashtirilgan xolda ma’lum bo`lib, Shimoliy Afrika, Janubiy-g’arbiy Osiyoda, bizda esa Kavkaz bilan Turkmanistonda yashaydi. Yovvoyi amerika tuyasiga guanako, vikukya, xonakilashgan amerika tuyasiga-lama bilan alpaka kiradi.
3) Shoxlilar yoki kavsh kaytaruvchilar
Shoxlilar oziq tishlari chaynash yuzasining yassi tortganligi, keskish tishlarining juda kichik yoki bo’shligi, oshqozonlarning juda murakkab bo`lib, to’rt bo`limdan tuzilganligi, 2 va 5 barmoqlarining past taraqqiy etganligi bilan xarakterlanadi. Bularga zubr, bizon, qo`tos, yak, toq qo’ylari va echkilari, bug’ular va jirafalar kiradi.
Toq tuyoqlilar turkumi
Bular yirik o’simlikxo’r hayvonlardir. 3 barmog’i kuchli taraqqiy etgan va o’qi shu barmoqdan o`tadi. Umrov suyaklari yo`q, oshqozoni oddiy, bir kamerali.
Toq tuyoqlilarga Janubiy Amerika va Janubiy-Sharqiy Osiyoda tarqalgan tapirlar, Afrika va Janubiy Osiyoda yashaydigan karkidonlar, Xitoy bilan Mug’iliston chegarasida tarqalgan Prejevalskiy oti, Tibiyotda tarqalgan kianga va yovvoyi eshak-kulonlar kiradi.
Maymunlar turkumi
Maymunlar uchun oldingi miya yarim sharlarining kuchli taraqqiy etganligi, miya yarim sharlarining qopqog`ida burma va ariqchalar murakkab sistema xosil qilinganligi xarakterlidir. Bu maymunlarning oliy nerv faoliyatining yuqori darajada ekanligiga bog’liq. Katta barmog’i boshqa barmoqlariga qarshi turadi va panjalari tutkich bo`ladi. Ko’kragida bir juft emchaklari bor. Maymunlar ikkita turkumga bo`linadi.
Chala maymunlar
O`lchami kichik va o’rta kattalikda bo`lib, ko`pchiligining barmoqlari uchida tirnoqlari bor. Emchaklari ko`krakka va qovg’a joylashgan. Bular asosan Madagaskar orolida tarqalgan. Tipik vakillari: ingichka lori, yug’on lori, indri, vari, kud-oyoq yoki ay-aydir. Tupay va uzun oyoq degan turlari Janubiy-Sharqiy Osiyoda yashaydi.
Zoologiya sistemasi nuqtai nazaridan bu kenja turkumga odamlar oilasiga mansub bo`lgan aqlli odam turi kiritiladi. Bu turdan oldin bir qancha odam turlari yashab o`tgan: avstralopiteklar, pitenkantrorlar, sinantroplar va neandertallar.


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish