Sudralib yuruvchilarning kelib chiqishi va sistematikasi
Reja
1.Sudralib yuruvchilarning kelib chiqishi va evolyusiyasi
2.Sudralib yuruvchilarning sistematikasi
A) Xartumboshlilar turkumi
B) Tangachalilar turkumi
V) Toshbaqalar turkumi
G) Timsoxlar turkumi
Tayansh iboralar: toshko’mir davrining oxirida iqlim sharoitining o`zgarishi kotilozavrlar va ularni evolyusiyasi, ixtiozavrlar, pleziozavrlar, zozuxiylar, psevdozuxiylar, uchar kaltakesaklar, timsoxlar, dinozavrlar, qushlar, darranda tishlilar, sut emizuvchilar, sudralib yuruvchilarning turkumlarga bo’linishi.
Quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar dastlab devon davrida paydo bo`lgan, bularga stegosefallar deb nom berilgan. Stegosefallar toshko’mir va perm davrlarida yashagan. Toshko’mir davridan boshlab iqlim sharoiti biroz quruq tomonga o`zgargan. Iliq iqlim yomonlashib, qushlar sovuq keladigan bo`lgan. Natijada stegosefallar qirilib ketgan va ulardan quruq iqlimda yashashga ancha yaxshi moslashgan sudralib yuruvchilar chiqqan.
Yuqori toshko’mir davrida stegosefallardan ajralib chiqqan dastlabki sudralib yuruvchilarga kotilozavrlar deb nom berilgan. Kotilozavrlar perm davrining oxiriga kelib qirilib ketadi va ulardan butun mezozoy erasi davomida xukmron bo`lgan sudralib yuruvchilar ajralib chiqadi. Kotilozavrlar ichida eng primitiv gruppa birlamchi kaltakesaklar xisoblanadi. Bular amfibiyalarga uxshash hayvonlar bo`lib, xartumboshlilarni bergan.
Psevdozuxiylar trias davridan boshlab ma’lum. Bularning keyingi oyoqlari oldingisiga nisbatan biroz uzun bo`lgan. Psevdozuxiylar timsoxlar, uchar kaltakesaklar, dinozavrlar va extimol qushlarni bergan hayvonlar bo’lsa kerak. Timsoxlar trias davrining oxirida paydo bo`ladi.
Ushar kaltakesaklar yoki pterozavrlarning uchish apparati tananing yon tomoni va oldingi oyoqning uzun to’rtinchi barmog’i orasiga tortilgan teri burmasidir. Bular qirg’oq bo`ylab uchib yuruvchi hayvonlar bo`lgan. Bur davrida qirilib bitgan.
Dinozavrlar psevdozuxiylarning oxirgi shoxobchasi xisoblanadi. Bular mezozoy erasida yashagan sudralib yuruvchilarning eng ko`p sonli va xilma-xil gruppasidir. Dinozavrlar ichida bo’yining uzunligi 20 metrgacha borgan brontazavrlar, 26 metrgacha borgan diplodok, balandligi 9 metrga yetgan iguanadonlar diqqatga sazovordir. Dinozavrlar yer yuzida xukmron hayvonlar bo`lgan. Bular trias davrida paydo bo`lib, bur davrining oxirida qirilib ketadi.
Tangachalilar sudralib yuruvchilarning eng qadimgi gruppalaridan xisoblanadi va kotilozavrlardan kelib chiqqan. Ixtiozavrlar va plezizavrlar suvda yashashga moslashgan sudralib yuruvchilar bo`lib, trias davrida kotolizavrlardan ajralib chiqadi, lekin bur davrining oxiriga kelib qirilib ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |