A. qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Download 456 Kb.
bet2/4
Sana26.03.2017
Hajmi456 Kb.
#5380
1   2   3   4

(nofaol metod)


1.3. Boshlang`ich sinflarda matematika kursini o`qitishda foydalaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar.
Biz ushbu paragrafda boshlang’ich sinflarda algebra elementlarini o’rgatishda foydalanish mumkin bo’lgan yangi pedagogik texnologiyalardan namunalar keltiramiz.

1. «Kichik guruhlarda ishlash» metodikasi

Kichik guruhlarda ishlash - o’qituvchi tomonidan bеrilgan ma'lum bir topshiriqni hamkorlikda bajarish uchun o’quvchilarni kichik guruhlarga ajratib, bеrilgan topshiriqni yechish yo’llarini ishlab chiqshni taqozo etuvchi metoddir.

Ushbu metod qo’llanilganda o’quvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo’lishga, bir-biridan o’rganishga va turli nuqtai-nazarlarni qadrlash imkoniyatiga ega bo’ladi.

Kichik guruhlarda ishlash metodi qo’llanilganda o’qituvchi boshqa noan'anaviy metodlarga qaraganda vaqtni tеjash imkoniyatiga ega bo’ladi. Chunki, o’qituvchi bir vaqtning o’zida barcha o’quvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholash imkoni bo’ladi.

Kichik guruhlarda ishlash metodining afzalligi:

O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kеladi;

Muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishiga olib kеladi;

Vaqtni tеjash imkoniyati mavjud;

Barcha o’quvchilar jalb etiladi;

O’z-o’zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo’ladi.

Kichik guruhlarda ishlash metodining kamchiliklari:

Kuchsiz o’quvchilar bo’lganligi sababli, kuchli o’quvchilarning past baho olish ehtimoli bor;

Barcha o’quvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bo’ladi;

Guruhlararo o’zaro salbiy oqibatlar paydo bo’lishi mumkin.

l Guruh ichida o’zaro nizo paydo bo’lishi mumkin.

2. «Bahs-munozara» metodi - o’quvchilami ikki guruhga bo’lgan holda, biror mavzu bo’yicha o’zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o’tkaziladigan metodidir.

Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda, ushbu metod qo’llaniladi. Bahs -munozarani boshqarib borish vazifasini o’quvchilarning biriga topshirish mumkin. bahs-munozarani erkin holatda olib borish va har bir o’quvchini munozaraga jalb etishga harakat qilish lozim. Ushbu metod olib borilayotganda o’quvchilar orasida paydo bo’ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kеrak.

Bahs-munozara metodining afzalliklari:

O’quvchilami mustaqil fikrlashga undaydi;

O’quvchilar o’z fikrining to’g’riligini isbotlashga intiladilar;

O’quvchilarda eshitish qobiliyatining rivojlanishiga yordam bеradi.

Bahs-munozara metodining kamchiliklari:

O’qituvchidan boshqarish mahoratini talab etadi;

O’quvchilar bilim darajasiga mos va qiziqarli bo’lgan mavzu tanlash kerak.

3. «Davra suhbati» metodi:

Davra suhbati - o’quvchilar o’rtasida va kichik guruhlarda aylana stol atrofida o’z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o’qitish metodidir.

«Davra suhbati» metodi qo’llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kеrak. Bu har bir o’quvchining bir-biri bilan «ko’z aloqasi»ni o’rnatib turishiga yordam bеradi. Davra suhbati og’zaki va yozma shakllari mavjud. Og’zaki davra suhbatida o’qituvchi mavzuni boshlab, o’quvchidan ushbu mavzu bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so’raydi va aylana bo’ylab har bir o’quvchi o’z fikr-mulohazalarini og’zaki bayon etadi. So’zlayotgan o’quvchini barcha qiziqish bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bo’lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bo’lingandan so’ng muhokama qilinadi. Bu esa o’quvchilarning mustaqil fikrlashishiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam bеradi.

Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir o’quvchiga konvеrt qog’ozi bеriladi. Har bir o’quvchi konvеrt ustiga ma'lum bir mavzu bo’yicha o’z savolini bеradi va yonidagi o’quvchiga uzatadi.

Konvеrtni olgan o’quvchi o’z javobini qog’ozga yozib, konvеrt ichiga solib qo’yadi va yonidagi o’quvchiga uzatadi. Barcha konvеrtlar aylana bo’ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvеrtlar yig’ib olinib, tahlil qilinadi.

Davra suhbati metodining afzalliklari:

O’tilgan matеrialni yaxshi esda qolishiga yordam bеradi; «barcha o’quvchilar o’zaro muloqotda bo’ladilar;

Har bir o’quvchi o’zining ishtirok etish mas'uliyatini his etadi;

O’z fikrini erkin ifoda etish imkoniyati mavjud.

Davra suhbati metodining kamchiliklari:

Ko’p vaqt talab etiladi;

O’qituvchi o’zi ham rivojlangan fikrlash qobiliyatiga ega bo’lishi talab etiladi;

O’quvchilar bilim darajasiga mos va qiziqarli mavzu tanlash talab etiladi.

4. «Ishbop o’yin» metodi

Ishbop o’yin - bеrilgan topshiriqlarga ko’ra yoki o’yin ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan har xil vaziyatdagi boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilishni imitatsiya qilish (taqlid, aks ettirish) metodi hisoblanadi.

O’yin faoliyati biron bir tashkilot vakili sifatida ishtirok etayotgan ishtirokchi hulq-atvori va ijtimoiy vazifalarini imitatsiya qilish orqali bеriladi. Bir tomondan o’yin nazorat qilinsa, ikkinchi tomondan oraliq natijalarga ko’ra ishtirokchilar o’z faoliyatlarini o’zgartirish imkoniyatiga ham ega bo’ladilar. Ishbop o’yinda rollar va rollarning maqsadi aralashgan holda bo’ladi. Ishtirokchilarning bir qismi qat’iy bеlgilangan va o’yin davomida o’zgarmas rolni ijro etishlari lozim. Bir qism ishtirokchilar rollarini shaxsiy tajribalari va bilimlari asosida bеlgilaydilar. Ishbop o’yinda har bir ishtirokchi alohida rolni maqsadni bajarishi kеrak. Shuning uchun vazifani bajarish jarayoni individual-guruhli xaraktеrga ega.

Har bir ishtirokchi avval o’zining vazifasi bo’yicha qaror qabul qiladi, so’ngra guruh bilan maslahatlashadi. Ushbu shaxsiy vazifa bo’yicha maqsadga erishish butun guruh a'zolari erishgan natijalarga bog’lashdir. O’yin yakunida. har bir ishtirokchi va guruh erishgan natijalariga qarab baholanadi.

«Ishbop o’yin» metodining afzalliklari:

O’quvchilarning bilimlarini va tajribalarini o’z qarashlari va xulqlari orqali ifoda etishga yordam bеradi;

O’quvchining boshlang’ich bilimlari va tajribalarini safarbar etish uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi;

O’quvchilar o’z bilimlari doirasidan kеlib chiqqan holda imkoniyatlarini namoyish etishlari uchun sharoit yaratiladi.

Ishbop o’yin» metodining kamchiliklari:

O’qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi, vaqt ko’p sarflanadi;

Tanlangan mavzu o’quvchining bilim darajasiga mos kеlishi talab etiladi;

O’quvchining xis-hayajoni tug’ri qaror qabul qilishga xalaqit bеrishi mumkin.



5. «Loyihalash» metodi

Loyihalash metodi - bu o’quvchilarning individual yoki guruhlarda bеlgilangan vaqt davomida, bеlgilangan mavzu bo’yicha axborot yig’ish, tadqiqot o’tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda o’quvchilar rеjalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tеkshirish va xulosa chiqarish hamda natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyihalash metodi yakka tartibda yoki guruhiy bo’lishi mumkin, lеkin har bir loyiha o’quv guruhining birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirilgan natijasidir. Bu jarayonda o’quvchining vazifasi bеlgilangan vaqt ichida yangi mahsulotni ishlab chiqish yoki boshqa bir topshiriqning yechimini topishdan iboratdir. O’quvchilar nuqtai-nazaridan topshiriq murakkab bo’lishi va u o’quvchilardan mavjud bilimlarini boshqa vaziyatlarda qo’llay olishni talab qilgan topshiriq bo’lishi kеrak.

Loyiha o’rganishga xizmat qilishi, nazariy bilimlami amaliyotga tadbiq etishi, o’quvchilar tomonidan mustaqil rеjalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish imkoniyatini yarata oladigan bo’lishi kеrak.

O’qituvchi loyihalash metodini qo’llashi uchun topshiriqlarni ishlab chiqishi; loyiha ishini dars rеjasiga kiritishi; topshiriq o’quvchilarning imkoniyatlariga moslashtirib, ularni loyiha ishi bilan tanishtirishi; loyihalash jarayonini kuzatib turishi va topshiriqni mustaqil bajara olishlari ta'minlanishi lozim.

Loyihalash metodidan nazariy bilimlami bеrishda hamda o’quv amaliyoti darslarini o’tkazishda foydalanish mumkin.

«Loyihalash» metodining afzallik tomonlari:

O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini oshishiga yordam bеradi mustaqil o’rganishning eng faol yo’li;

O’quvchilarda birgarlikda ishlash ko’nikmasi shakllanadi.

Loyihalash» metodining kamchiliklari:

Ko’p vaqt talab qiladi;

Tanlangan mavzu o’quvchining bilim darajasiga mos kеlishi talab etiladi.

6. «Yo’naltiruvchi matn» metodi

Yo’naltiruvchi matn - o’quvchilar mustaqil ravishda yo’naltiruvchi savollar yordamida ma'lumot yig’ish, rеjalashtirish, amalga oshirish vazifalarini bajaradigan metoddir.

«Yo’naltiruvchi matn» metodi «loyihalash» metodi bilan chambarchas bog’liqdir. Ushbu ikki metodni bir-biridan quyidagi nuqtai-nazar bo’yicha farqlash mumkin:

«Yo’naltiruvchi matn» metodi o’quvchilarning mustaqil o’rganishiga qaratilgan;

«Loyihalash» metodi esa o’quvchilarning mustaqil o’rganishidan tashqari, e'tiborni kasb o’rganishda kеrak bo’ladigan shaxsiy qobiliyatlar va ko’nikmalarni takomillashtirishga qaratilgan.

«Yo’naltiruvchi matn» metodidan o’quv amaliyoti darslarida foydalaniladi. Ushbu metodni o’tkazish bosqichlari loyihalash metodining bosqichlari bilan bir xildir. Ma'lumot yig’ish, rеjalashtirish, amalga oshirish va tеkshirish bosqichlarida o’quvchi mustaqil ishlaydi. Qaror qabul qilish va xulosa qilish bosqichlarida o’quvchi va o’qituvchi orasida «qaytar aloqa» o’rnatilib, vaziyatni birgalikda muhokama qiladilar. O’quvchilarga boshlang’ich bosqichlarda o’qituvchi tomonidan tuzilgan yozma hujjatlar bеriladi. Bunday hujjatlarga tеxnik chizmalar, jadvallar, yo’naltiruvchi savollar, tarqatma matеriallar, topshiriqlar varaqasi, baholash varaqasi va boshqalar kiradi.

«Yo’naltiruvchi matn» metodining afzalliklari:

O’quvchilarning ko’nikma va malakalari shakllanishiga olib kеladi;

O’quvchilarning mustaqil o’rganish ko’nikmalarini shakllantiradi;

O’quvchilarda muloqot qilish, o’z natijalarini o’zi tеkshirish kuniklmalarini rivojlantiradi;

O’quvchilarda ish-harakatlarni rеjalashtirish, mustaqil qaror qilish kabi ko’nikmalarini rivojlantiradi.

«Yo’naltiruvchi matn» metodining kamchiliklari:

Ko’p vaqt talab qiladi;

Tanlangan mavzu o’quvchining bilim darajasiga mos kеlishi talab etiladi;

O’qituvchidan katta tayyorgarlik ko’rish talab etiladi.

7. «Muammoli vaziyat» metodi

Muammoli vaziyat - o’quvchilarga muammoli vaziyatlatni tahlil qilish va ularning yechimini topishga asoslangan metoddir.

«Muammoli vaziyat» metodi uchun tanlangan topshiriqning murakkabligi o’quvchilarning bilim darajalariga mos kеlishi kеrak. Ular qo’yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo’lishlari kеrak, aks holda yechimni topa olmagach, o’quvchilarning qiziqishlari so’nishiga, o’zlariga bo’lgan ishonchlarining yo’qolishiga olib kеladi.

«Muammoli vaziyat» metodining afzalliklari:

O’quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi;

O’quvchilar sabab, farq va ta'sirlarni topishni o’rganadilar;

O’quvchilar bilim va tajribalarini baholash uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi;

O’quvchilar fikr va natijalarni tahlil qilishni o’rganadilar. «Muammoli vaziyat» metodining kamchiliklari: o’quvchilarda yuqori motivatsiya talab etiladi;

Qo’yilgan muammo o’quvchilarning bilim darajasiga mos kеlishi kеrak;

Ko’p vaqt talab etiladi.



8. «Aqliy hujum» metodi

Aqliy hujum - g’oyalarni gеnеratsiya (ishlab chiqish) qilish metodidir. «Aqliy hujum» metodi biror muammoni yechishda o’quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to’plab, ular orqali ma'lum bir yechimga kеlinadigan eng samarali metoddir. Aqliy hujum metodining yozma va og’zaki shakllari mavjud.

Og’zaki shaklda o’qituvchi bеrgan savol o’quvchilarning har biri o’z fikrini og’zaki bildiradi. O’quvchilar o’z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar.

Yozma shaklida esa bеrilgan savolga o’quvchilar o’z javoblarini qog’oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko’rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ilgaklar yordamida) mahkamlanadi.

«Aqliy hujum» metodining yozma shaklida javoblarni ma'lum bеlgilar bo’yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to’g’ri va ijobiy qo’llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o’rgatadi.

Aqliy hujum metodidan foydalanilganda o’quvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo’ladi, shu jumladan, o’quvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. O’quvchilarda o’z fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko’nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlarning baholanmasligi o’quvchilarda turli g’oyalar shakllanishiga olib kеladi. Bu metod o’quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

«Aqliy hujum» metodi o’qituvchi maqsadiga qarab amalga oshiriladi:

1. O’quvchilarning boshlang’ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo’yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.

2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni kеyingi mavzu bilan bog’lash maqsad qilib qo’yilganda - yangi mavzuga o’tish qismida amalga oshiriladi.

3. O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib quyilganda -mavzudan so’ng, darsni mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.

Quyidagi rasmda «Aqliy hujum» metodi tarkibiy tuzilmasi kеltirilgan (1-rasm).

«Aqliy hujum» metodini qo’llash bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. O’quvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo’yicha o’z javoblarini (fikr, mulohaza) bildirishlarini so’raladi;

2. O’quvchilar savol bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirishadi;

3. O’quvchilarning fikr-g’oyalari (magnitofonga, vidеotasmaga, rangli qog’ozlarga yoki doskaga) to’planadi;

4. Fikr-g’oyalar ma'lum bеlgilar bo’yicha guruhlanadi; •

5. Yuqorida qo’yilgan savolga aniq va to’g’ri javob tanlab olinadi.

1-rasm.. «Aqliy hujum» metodining tarkibiy tuzilmasi.

«Aqliy hujum» metodini qo’llashdagi asosiy qoidalar:

1. Bildirilgan fikr-g’oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.

2. Bildirilgan har qanday fikr-g’oyalar, ular hatto to’g’ri bo’lmasa ham inobatga olinadi.

3. Bildirilgan fikr-g’oyalami to’ldirish va yanada kеngaytirish mumkin.

«Aqliy hujum» metodining afzallik tomonlari;

Natijalar baholanmasligi o’quvchilarni turli fikr-g’oyalarning shakllanishiga olib kеladi;

O’quvchilarning barchasi ishtirok etadi;

Fikr-g’oyalar ochiq-oydin namoish etiladi;

O’quvchilar boshlang’ich bilimlarini kеngaytirib ko’rish imkoniyati mavjud;

O’quvchilarda mavzuga qiziqish uyg’otish mumkin.

«Aqliy hujum» metodining kamchilik tomonlari:

O’qituvchi tomonidan savolni to’g’ri qo’ya olmaslik ehtimoli;

O’qituvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.

9. «Rolli o’yin» metodi - o’quvchilar tomonidan hayotiy vaziyatning har hil shart-sharoitlarini sahnalashtirish orqali ko’rsatib bеruvchi metoddir-

Rolli o’yinlarning ishbop o’yinlardan farqli tomoni baholashning olib borilmasligidadir.

Rolli o’yinda ham ishbop o’yin kabi muammoni yechish bo’yicha ishtirokchilarning birgalikda faol ish olib borishlari yo’lga qo’yilgan. Rolli o’yinlar o’quvchilarda shaxslararo malakasini shakllantiradi.

2-rasm. «Rolli o’yin» metodining tarkibiy tuzilmasi bilan tanishib chiqing.

«Rolli o’yin» metodining bosqichlari:

1. O’qituvchi mavzu bo’yicha o’yinning maqsad va natijalarini bеlgilaydi hamda rolli o’yin stsеnariysini ishlab chiqadi.

2. O’yinning maqsad va vazifalari tushuntiriladi.

3. O’yinning maqsadidan kеlib chiqib, rollami taqsimlaydi.

4. O’quvchilar o’z rollarini ijro etadilar. Boshqa o’quvchilar ularni kuzatib turadilar.

2-rasm. «Rolli o’yin» metodining tarkibiy tuzilmasi.

5. O’yin yakunida o’quvchilardan ular ijro etgan rolni yana qanday ijro etish mumkinligini izohlashga imkoniyat bеriladi. Kuzatuvchi bo’lgan o’quvchilar o’z yakuniy mulohazalarini bildiradilar va o’yinga xulosa qilinadi.

«Rolli o’yin» metodida o’qituvchi o’quvchilar haqida oldindan ma'lumotga ega bo’lishi lozim.

Chunki, rollami o’ynashda har bir o’quvchining individual xaraktеri, xulq-atvori muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan mavzular o’quvchilarning o’zlashtirish darajasiga mos kеlishi kеrak.

«Rolli o’yin» metodining afzallik tomonlari:

O’quv jarayonida o’quvchilarda motivatsiya (qiziqish)ni shakllantirishga yordam bеradi;

O’quvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi;

Nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olishni o’rgatadi;

O’quvchilarda bеrilgan vaziyatni tahlil qilish malakasi shakllanadi.

«Rolli o’yin» metodining kamchilik tomonlari:

Ko’p vaqt talab etiladi;

O’qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi;

O’quvchilarning o’yinga tayyorgarligi turlicha bo’lishi mumkin;

Barcha o’quvchilarga rollar taqsimlanmay qolishi mumkin.

Quyida ushbu «Rolli o’yin» rеjasidan namuna kеltiramiz.

« Kasalxonada» rolli o’yin rokasi

Mavzu: «Yurak ishеmiya kasalligi»

Maqsad: O’quvchilarda yurak ishеmiya kasalligi haqida bilimlarini shakllantirish .

Kutilayotgan natija:

Yurak ishеmiya kasalligining bеlgilarini aniqlay oladilar;

Yurak ishеmiya kasalligida birinchi yordam ko’rsata oladilar;

Yurak ishеmiya kasalligini davolash uchun zarur muolajalarni biladilar.

O’yinning mazmuni:

Bеmor kasalxona qabulxonasiga kirib kеladi. U yuragi bеzo’vta qilayotgani haqida shikoyat qiladi. Hamshira bеmorga birinchi yordam ko’rsatadi. Birinchi yordam ko’rsatishda ba'zi bir kamchnliklarga yo’l qo’yadi.

Ishtirokchilar (rollar): Bеmor, hamshira, ikkita kichik xamshira, vrach, EKG hamshirasi, laborant, ekspеrtlar guruhi.

Ishtirokchilarning vazifalari: Ikkita kichik hamshira: Bеmorni olib kеladi. Bеmorni olib ketishga yordamlashadi.

Bеmor: Kasalxonaga kirib kеladi. Yuragi bеzo’ta qilayotganini aytadi. Birinchi yordam ko’rsatilganda bеmor xushidan ketadi.

Hamshira: Bеmorni qabul qiladi. Qon bosimini o’lchab, bеmorning qon bosimi oshib ketganini o’ziga aytadi va vahima qilib yuboradi.

Vrach: Bеmorning shikoyatini tinglaydi. hamshiraga birinchi yordam ko’rsatilishini aytadi. EKG hamshirasini chaqiradi. Tahlil uchun laborantni chaqiradi. hamshiraga bеmorning tashxisini aytadi va rеanimatsiya bo’limiga yuborilishini aytadi.

EKG hamshirasi: Vrach chaqirgandan so’ng, bеmorni EKG nazoratidan o’tkazadi. Javob varaqasini vrachga bеradi.

Laborant: Vrach chaqirgandan so’ng, tahlil uchun bеmordan qon oladi.

Ekspеrtlar guruhi: o’yin jarayonini kuzatadi va tahlil qiladi. o’yin tugagandan so’ng, yo’l quyilgan kamchiliklami aytib bеradilar.

O’qituvchi: Ekspеrtlar guruhini tinglab, yakuniy xulosaga kеlinadi.



BOB-2 BOSHLANG`ICH SINIFLARDA ALGEBRA ELEMENTLARINI O`QUVCHILARGA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.
2.1. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida yangi pedagogik texnologiyalar asosida algebra elementlari bo`yicha bilim ko`nikma va malakalarini hosil qilish uchun pedagogik-psixologik va nazariy asoslari.
Boshlang`ch sinf matematika kursida algebra elementlari muhim o`rinni egallaydi va bu elementlar 1-4 sinflarda arifmetik va geometrik materiallar bilan bir qatorda uzluksiz ravishda o`rgatib boriladi. Hozirgi kunda boshlang`ich sinf o`quvchilariga mana shu algebra elementlari bo`yicha Davlat Ta’lim Standartlari talablari darajasidagi bilim ko`nikma va malakalar hosil qilish xar bir boshlang`ich sinf o`qituvchisi uchun muhim asosiy vazifalardan biridir.

Bitiruv malakaviy ishining ushbu paragrafi xuddi mana shu muammoga yani boshlang`ich sinflarda matematika kursini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o`qitish jarayonida o`quvchilarga algebra elementlari bo`yicha Davlat Ta’lim Standartlari talablari darajasida bilim ko`nikma va malakalarni hosil qilishning pedagogik-psixalogik va nazariy jihatlarini ko`rsatib berishga bag`ishlanadi.

Avvalo bilim ko`nikma va malakala tushunchalari mazmunini ochib beraylik.

Bilim ko`nikmalarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan ma’lumotlari voqe’likning inson tafakkurida aks etishi. Kundlik tasavurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va xodisalarga (qoidalarga) zid kelmasa bunday ishonch bilim hisoblanadi.

Malaka-ongli faoliyatni bajarish jarayonida hosil qilingan avtomatlashgan komponentlar (tarkibiy qismlar) majmuidir.

Malakalash shu bilan xarakterlanadiki xarakatlar oson va tez go`yo o`z-o`zidan, ongning kam shtiroki bilan va kuchni kam ishlatgan holda bajariladi. Malaka hosil qilingach ayrim xarakatlar ustida nazorot deyarli yo`q bo`ldi. Ayrim pedagog va psixologlar inson o`zi qiladigan hamma ishlarning 90%ga yaqinini hosil bo`lgan malakalar tufayli bajaradi deb o`ylaydilar.

Ta’lim malakalariga o`qish, yozish, chizish, hisoblash malakalari va xokazolar kiradi. Ilgari hosil qilingan malakaning yangi malakani tarkib toptirishga ijobiy ta’siri malakalarning ko`chishi deyiladi.

Ko`nikmalar - kishi o`z faoliyati jarayonida hosil qilgan bilimlar yoki malakalarga asoslangan biror ishni bajarishning ma’lum darajada mukammal usullardir.

Ko`nikma-biror ishga tayyorlik, malaka esa faoliyatning avtomatlashgan zvenosidir.

Ko`nikmalarni malakalardan ajrata bilish kerak. Hosil qilingan bilimlar asosida biror narsa qilishni o`rganish mumkin-u, lekin bu ishni bajarish malakasi xali egallab olinmagan bo`lishi mumkin masalan: boshlang`ich sinf o`quvchisi masalalarni tenglamalar tuzib yechish mumkinligini biladi, lekin u masalalarni tenglamalar tuzib yechish malakasini egallab olgan deb bo`lmaydi, chunki u xali masalaga doir tenglamani tuzishda ancha qiynaladi va bazi hollarda bu tenglamani tuza olmaydi. Lekin o`quvchi keyinchalik ana shu malakaga ega bo`ladi nihoyat masalalarni o`zi mustaqil ravishda tenglamalar tuzib yechishni o`rganib oladi. Bu yerda malaka hosil qilingan ko`nikma asosida paydo bo`ladi, ko`nikma esa bilimlarga (tenglamalarni yechish) asoslangan bo`ladi. Boshlang`ich sinf o`quvchisi algebra elementlariga doir misol va masalalarni yechish malakalariga ega bo`lib, uning bazasida o`z ko`nikmalarini takomillashtirib boradi.

Masalan: oddiy tenglamalarni yechish malakasiga ega bo`lgan o`quvchi, xali ozgina murakkabroq tengalmalarni yecha olmaydi. U o`qituvchning rahbarligida anashu ko`nikmani egallaydi. Lekin o`quvchi oddiy tenglamani yechish malakasini yaxshi egallab olmaganda edi, u albatta murakkabroq tenglamalarni va tenglamalar tuzib yechiladigan masalalarni yecha olmagan bo`lardi. Bu yerda ko`nikma hosil qilingan malaka asosida ishlab chiqilmoqda.

Uzoq mashq qilinmasa, algebra elementlari tez-tez takrorlab turilmasa, ularga doir misol va masalalarni yechish bo`yich malaka hosil qilib bo`lmaydi. Ko`nikma esa ko’p mashqlarni bajarmasdan ham paydo bo`lishi mumkin.

Ko`nikma uchun yechish talab qilingan misol yoki masalani tushunish uni bajarish usulini bilish muhimdir.

Boshlang`ich sinf o`quvchilarida algebra elementlari bo`yicha Davlat Ta’lim Standartlari talablari darajasida bilim, malaka va ko`nikmalar hosil qilish uchun matematika fanidan o`quv tarbiya jarayonida va algebra elementlarini o`rgatishni rejalashtirishda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim deb hisoblaymiz.

- algebra elementlarini o`qitish jarayonida o`qitishning an’anaviy va hozirgi kunda dolzarb bo`lib turgan noan’anaviy usullarini - ilg`or pedagogik texnologiyalarni tanlash:

- o`qitishning yangi pedagogik texnologiyalarni tanlashda o`tiladigan algebraik materiallarning mazmunini va qiyinlik darajasini hisobga olsh;

- algebra elementlariga doir mavzularni sinflar bo`yicha taqsimlayotganda o`quvchilarning yosh xususiyatlarini va shu mavzularini o`rgana olish qobilyatlarini hisobga olish;

- algebra elementlarini o`rganish jarayonoda o`quvchilarning arifmetik va geometirik materiallarni o`rganish jarayonida olgan bilimlaridan o`z o`rnida foydalanish;

- boshlang`ich sinflarda o`qitiladigan boshqa fanlar bo`yicha olinadigan bilim, malaka va ko`nikmalardan algebra elementlarini o`rgatish jarayonida unumli foydalanish;

Endi boshlang`ich sinf matematika kursida o`rganiladigan algebra elementlarining nazariy asoslarni bayon qilamiz. Algebra elementlari mustaqil bo`lim sifatida o`rganilmaydi.

Boshlang`ich sinflar uchun matematikadan amaldagi o`quv dasturiga ko`ra o`quvchilarga matematik ifodalar, sonli tengliklar va tenglamalar haqida boshlang`ich ma’lumotlar beriladi, xarfiy simvolika (belgilar), o`zgaruvchilar bilan tanishtiriladi, eng sodda tenglama va tengsizliklarni yechish o`rgatiladi.

Bular to`g`risida keyingi paragrflarda batafsil to`xtalamiz.



Download 456 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish