Nazorat savollari:
1. Metallarga bosim ostida ishlov berish haqida aytib bering.
2. Sovuq holda bosim bilan ishlov berish jarayonini tushuntiring.
3. Metallarni qizdirib ishlov berish to‘g‘risida aytib bering.
4. Metallarni prokatlash nima?
5. Metallarni bolg’alash va shtamplash to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
AMALIY ISH № 11
MAVZU: Metallarni elektr usulida payvandlashni o`rganish
Ishdan maqsad: Detallarni elektr usulida payvandlashni o`rganish.
Kerakli jihozlar va asbob – uskunalar: Elektr payvandlashda ishlatiladigan
asbob-uskuna va moslamalar, payvandlash va uning usullariga oid plakat, videolavha.
Umumiy ma’lumot: Metall buyumlarni payvandlash usuli odamlarga juda
qadimdan ma’lum, o’sha zamonlarda metall buyumlarni payvandlash uchun
payvandlash joylarini yer o’chog’larda obdon qizdirib, keyin ularning birini qattiq
taglikka qo’yib, uning ustiga ikkinchisini qo’yib bolg’a bilan zarblab biriktirganlar.
Bu ibtidoiy, oddiy usulda sifatli, puxta birikmalar olinmasada, asrlar davomida
qo’llanib kelindi. Bu usulning nazariy asosi faqat XIX asr oxiri XX asr boshlarida
sanoatning turli tarmoqlari ildam rivojlanayotgan davriga kelib yaratila boshlandi.
Bu borada rus olimi V.V. Petrovning (1768-1834 y.) xizmati g’oyat katta. U
1802 yilda elektr yoyning xususiyatini o’rganib, yoy issiqlig’ida metallarni
payvandlash mumkinligi haqidagi fikrni bayon qildi. Elektr yoy xususiyati
44
o’rganilgandan ancha yillar keyin, ya’ni 1881 yilda rus ixtirochisi N.N. Benardos
(1841 - 1905 y.) metallarni ko’mir elektrod bilan elektr yoy yordamida payvandlash
usulini ixtiro qildi va bu ixtirosi uchun unga ko’pgina mamlakatlarda patent berildi.
Bu usul o’zgarmas tok manbai talab etib, payvandlashda chokka ko’mir elektrod
atomlarining oz bo’lsada o’tishi, havo tarkibidagi kislorod, azot va boshqa gazlar
o’tib, chok sifatiga putur yetkazishi, sifatli, puxta chok olishda ma’lum qiyinchiliklar
tug’diradi.
a – Benardos usuli; b- Slavyanov usuli:
11.1-rasm Metall buyumlarni payvandlash usuli. 1- ko’mir elektrod; 2-
chokbop sim; 3- metall elektrod; 4- payvandlanuvchi metall.
1888-1890 yillarda rus injeneri N.G. Slavyanov Benardos usulini
takomillashtirdi. U ko’mir elektrodni metall elektrod bilan almashtirdi, metall
vannani havoning tarkibidagi kislorod azot va boshqa gazlardan himoya etish uchun
maxsus tarkibli modda (flyus) dan foydalandi.
Payvandlash deb atomlararo bog’lanish kuchlari hisobiga har xil materiallar va
buyumlarni o’zaro ajralmaydigan qilib biriktirishga aytiladi. Payvandlash boshqa
biriktirish uslublariga (parchinlash, boltlash, kavsharlash, yelimlash va boshqalarga)
nisbatan puxta birikma hosil qilishi, yuqori ish unumi, tejamliligi va boshqa
xususiyatlari bilan ustun turadi.
45
Payvandlash materiallarni eritib yoki bosim ostida amalga oshirilishi mumkin.
Barcha payvandlash turlari quyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi:
1.
Elektr yordamida payvandlash.
2.
Ximiyaviy yo’l bilan payvandlash.
3.
Mexanik kuch yordamida payvandlash .
4.
Nurli payvandlash usullari.
Bular ichida eng ko’p ishlatiladigani elekt payvandlash usulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |