A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 6,84 Mb.
bet115/150
Sana01.06.2022
Hajmi6,84 Mb.
#626029
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   150
Bog'liq
2 5188671791828047660

Ratifikatsiya-tasdiqlash. Davlat rahbari (prezident) yoki hukumati (vazir, ministr) tomonidan imzolangan biror bir xalqaro shartnoma yoki konvensiyaning mamlakat oliy davlat organi (parlamenti) tomonidan tasdiqlanishi.
Siyosiy partiya-umumiy g‘oya va manfaat, ijtimoiy-siyosiy maqsadlar asosida odamlarni ixtiyoriy ravishda uyushtiruvchi turg‘un tashkilot, fuqaroviy jamiyat bilan davlatni bir biriga bog‘lovchi eng muham vositalardan, hozirgi zamon huquqiy demokratik davlat hayotining zaruriy omillaridan biri.
Siyosiy partiya o‘z maqsadlarini siyosiy-huquqiy, falsafiy, diniy, badiiy qarashlari tizimini yaratadi va keng omma orasida tarqatadi. Jamiyat a’zolarini mumkin qadar keng qamrab, ular eng ma’qullangan partiyaga aylanishga intiladi, turli organlarga saylovlarda dolzarb shiorlarni o‘rtaga tashlab, saylovchilarni o‘z tomoniga og‘dirish uchun kurashadi.
O‘zbekistonda siyosiy partiyalarning shakllanishi va faoliyati uchun barcha zaruriy qonuniy shart-sharoitlar yaratib berilgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda quyidagi partiyalar faoliyat yuritmoqdalar:
1.Xalq Demokratik Partiyasi (XDP)(1991 yil 1 noyabrda tashkil etilgan).
2.“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (1995 yil 18 fevralda tashkil etilgan)
3.Milliy tiklanish demokratik partiyasi (1995 yil 3 iyunda tashkil topgan).
4.“Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi (1998 yil 28 dekabrda tashkil topgan).
5.O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (2003 yil 15 noyabrda tashkil topgan).
Tolerantlik (lot. tolerantia-chidam)-o‘zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ulari, fikr-mulohazalari, g‘oyalari va e’tiqodlariga nisbatan chidamlilik va bag‘rikenglik.
Tolerantlik, bu-har xil e’tiqodlarga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda oliyjanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor, hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi. SHu ma’noda tolerantlik milliy istiqlol g‘oyasining muhim unsurlaridan biridir.
Fuqarolik-shaxsning biron bir davlatga huquqiy va qonuniy jihatdan tegishliligini bildiruvchi atama. Muayyan davlatning fuqarosi ushbu davlat hududidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan o‘z huquqiy mavqeiga ko‘ra farq qiladi. CHunonchi, Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan siyosiy huquq va erkinliklar faqat fuqarolarga tegishlidir. Demak, shaxs fuqarolikni olishi bilan ushbu davlatdagi siyosiy huquqlardan foydalanish imkoniyatini ham oladi.
Senzura(lot. Censura-davlat nazorati)-hokimiyat tomonidan zararli deb topilgan g‘oyalar va ma’lumotlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik yoki cheklab qo‘yish maqsadida bosma maxsulotlar, sahna asarlari va hokazolar mazmun-mundarijasi ustidan nazorat o‘rnatish.
O‘z vazifasiga ko‘ra senzura bevosita yoki bilvosita bo‘lishi mumkin. Bilvosita senzura jahonning barcha mamlakatlarida mavjud. U axborot yaratuvchilarga turli (eng avvalo iqtisodiy vositalar orqali) ta’sir ko‘rsatishda o‘z ifodasini topadi. Bilvosita senzuraning turlaridan biri o‘z-o‘zini senzura qilishdir, ya’ni axborot yaratuvchining o‘zi senzor bo‘ladi.
Bevosita senzura axborot yaratish va tarqatish jarayoniga maxsus davlat idorasining ochiqdan-ochiq aralashuvini bildiradi. Bunday idoralarning vakolati davlat sirini oshkor qilmaslikni nazorat qilish bilan asoslantiriladi, urushni targ‘ib qilish, parnografiya tarqatish kabilarni ta’qiqlaydi, yoki hukmron tartibni hech bir tanqid qilmaslik uchun barcha mavjud axborotni qamrab oladi. Ayni shunday senzura zamonaviy davlatlarning ko‘pchiligida Konstitutsiya tomonidan ta’qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 67-moddasiga ko‘ra senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 6,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish