Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha:
a) 2020 yil dasturlari ijrosi doirasida:
- ipoteka kreditlari bo‘yicha imtiyozli davr 1 yil etib belgilanadi;
- ipoteka kreditidan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida belgilandi;
- ipoteka kreditlari foizlarini annuitet to‘lovlari formulasi bo‘yicha hisoblash tartibi tatbiq etiladi (oylik to‘lov asosiy qarz qoldig‘iga hisoblangan foizlar bo‘yicha to‘liq to‘lovni hamda kreditning bir qismini o‘z ichiga oladi, bu shunday hisoblashni nazarda tutadiki, har oylik barcha to‘lovlar kredit to‘lashning butun davrida bir xil bo‘ladi);
Mazkur ko‘riladigan choralar, tashqi global iqtisodiy oqibatlarni O‘zbekistonga ta’sirini kamaytirish, iqtisodiy vaziyatni muvozanatlashtirish uchun xizmat qiladi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, ko‘pgina davlatlarning markaziy banklari asosiy foiz stavkalarini tushirishi moliyaviy sektorda emas, balki iqtisodiyotning real sektorida investitsion jozibadorlikni oshirishga qaratilgan. Agar 2008 yildagi tajribadan kelib chiqsak, o‘sha paytdagi ushbu vaziyat kapital oqimning rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga (Xitoyga) qarab harakatlanganligi kuzatilgan. Shu sababdan, O‘zbekistonning ayni paytdagi vaziyatdan foydalanib qolish imkoniyati mavjudligini inobatga olib, qulay investitsion muhitni yaratishga katta e’tibor qaratish, investitsion jozibadorlikni oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xabar qilinganidek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning yangi turini pandemiya, deb e’lon qildi. Ayni paytda virus jahonning 160 dan ortiq mamlakatida qayd etilib, u bilan zararlanganlar soni 200 mingdan oshdi.
Virus tarqala boshlagan ilk kunlardanoq mamlakatimiz fuqarolari xavfsizligini ta’minlash maqsadida aniq choralar ko‘rila boshlandi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan virusga qarshi kurash bo‘yicha maxsus komissiya tuzilib, infeksiyaning mamlakatimizga kirib kelishining oldini olish maqsadida davlat chegaralaridagi mavjud 53 ta sanitariya-karantin punktida qat’iy nazorat o‘rnatildi. Ushbu vaqt mobaynida nafaqat mamlakat ichida, balki xorijda bo‘lib turgan fuqarolarimiz hayotini ishonchli himoya qilish ishlari ham tizimli yo‘lga qo‘yildi.
Dastlab, Xitoydagi vaziyat sabab ushbu mamlakatdagi elchixonamizda Tezkor shtab tuzildi va fuqarolarimiz bilan doimiy aloqa o‘rnatildi. Hamkor mamlakat bilan olib borilgan birgalikdagi amaliyot natijasida karantin hududida qolib ketgan o‘zbekistonliklar maxsus charter reyslarda vatanga qaytarildi va 14 kunlik tibbiy nazoratga olindi.
“Shunday og‘ir vaziyatda farzandlarimizning Vatanga qaytarilishini tashkil qilgan yurtboshimiz, hukumatimiz, Xitoyda turib jigargo‘shalarimiz holidan xabar olgan elchixona vakillariga o‘z minnatdorligimni bildiraman”, deya qayd etgan edi Xitoyda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabaning onasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |