Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida olib borilayotgan isloxotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning xar tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha soxalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiklandi43. Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari aloxida muxim o‘rin egallaydi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning asosida albatta tarkiby o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan uning raqobatdoshligini oshirish masalasi turadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doyr loyixalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar aloxida e’tiborga loyiq.
2016 yilda iqtisodiyotga 16,6 milliard AQSh dollaridan ko‘p investitsiya kiritildi, bu 2015 yilga nisbatan 9,6 foizga ko‘pdir. O‘zlashtirilgan chet el investitsiya va kreditlari xajmi esa 11,3 foizga o‘sib, 3,7 milliard dollardan ziyod bo‘ldi.
2016 yilda Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard dollarlik 164ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti ishga tushirildi. Jumladan, Talimarjon IESda 450 MVt quvvatli ikkita bug‘-gaz turbinasi va Angren IESda ko‘mir kukunidan foydalanishga mo‘ljallangan 130-150 MVt quvvatli energiya bloki qurish, Jizzax viloyatidagi sement zavodi quvvatini kengaytirish, “Indorama Qo‘qon tekstil” xorijiy korxonasi
va “Fanteks” MChJda yigiruv ishlarini tashkil etish, “GM O‘bekiston” aksiyadorlik jamiyatida «T-250» ruso‘midagi yengil avtomobillar ishlab chikarishni tashkil qilish», shu bilan birga, «Sirdaryo viloyatidagi «Guliston Med Texnika» qo‘ushma korxonasida steril shprislar ishlab chiqarish» va boshqa loyixalar shular jumlasidandir44.
2017-2021 yillarda O‘bekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish xisobidan uning raqobatdoshligini oshirish yo‘nalishida korxonalarning mablag‘lari, O‘zTTJ, tijorat banklari kredita, xorijiy investitsiya va kreditlar xisobidan 2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyixasini nazarda
tutuvchi tarmoq dasturlari amalga oshiriladi.
Natijada kelgusi 5 yilda sanoat maxsulotini ishlab chiqarish 1,5 barobar, uning yalpi ichki maxsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizga, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizga oshadi. 2017 yilda 75 dan ortiq yangi turdagi raqobatdosh tayyor maxxsulotlar o‘zlashtiriladi.
2017 yilda umumiy qiymati 1 milliard dollarlik 145 ta ishlab chiqarish quvvatini foydalanishga topshirish, shu jumladan:
- meva-sabzavot va go‘sht-sut maxsulotlarini qayta ishlash soxasida 147 million dollarlik 63 ta loyixa;
- rangli va qimmatbaxo metallarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 217 million dollorlik 6 ta loyixa;
- kimyoviy xom ashyolarni chuqur kayta ishlash bo‘yicha 25 million dollarlik 2 ta loyixa;
- uglevodorod xom ashyolarini kayta ishlashni chuqurlashtirish bo‘yicha 342 million dollarlik 6 ta loyixa;
- tayyor charm-poyabzal maxsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha 6 million dollarlik 9 ta loyixa;
- farmasevtika maxsulotlari ishlab chiqarishni oshirishga yo‘naltirilgan 24 million dollarlik 7 ta loyixa;
- qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo‘yicha 151 million dollarlik 29 ta loyixa;
- tayyor to‘qimachilik va tikuv-trikotaj maxsulotlari ishlab chikarishni oshirish bo‘yicha 178 million dollarlik 15 ta loyixa.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturida 2017-2021 yillarda axolining energiya ta’minotini yaxshilash uchun ko‘mir qazib olish soxasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish xisobidan ko‘umir qazib olishni yiliga 7,8 million tonnaga oshirish imkonini beruvchi investitsiyaviy loyixalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-xarakatlar, ularning natijalari atroflicha muxokama qilinmokda.
Milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarining raqobatdoshligini oshirish masalasini xal etish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotning tayanch tarmoqlaridagi 4400 dan ortiq korxonaning rentabellik darajasini oshirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda ishlab chikarish quvvatlaridan foydalanish darajasini yuksaltirish asosida ishchilar sonini ko‘paytirishga erishish rejalashtirilgan. Bu tadbirlar latijasida korxonalarning rentabellik darajasi oshadi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi va ishchilar soni ko‘payadi.
Iqtisodiyot tarkibida sanoatning rivojlanish dinamikasidagi muxim o‘zgarish korxonalar va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilanish asosida sanoatda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar va diversifikatsiyaning amalga oshirilgani hisoblanadi.
Sanoat siyosatidagi asosiy ustuvor ahamiyat institutsional isloxotlarning sifatini oshirish va tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochib berish, sanoat ishlab chikarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyotining real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, o‘rta va uzoq muddatda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga karatildi.
Turizm tarmog‘i jaxon savdosining eng yirik tarmog‘iga aylanib bormoqda va bugungi kunda yer yuzidagi jami tovar va xizmatlar eksportida daromad keltirish bo‘yicha ikkita yirik tarmoq — neft qazib olish va avtomobil sanoatidan keyingi uchinchi uchinchi o‘rinda turadi. Turizm soxasi jaxonda bo‘ladigan jami eksportning 10 foizini beradi xizmatlar savdosining esa 35 foizi turizmga to‘g‘ri keladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham budjet muassasalari xodimlarining ish xaki, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar xajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib qo‘yilgan.
Budjet muassasalari xodimlarining ish xaqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar xajmi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida muntazam oshirib boriladi. Xususan, Prezidentning 2016 yil 22 avgustdagi PF-4822-son «Ish xaki, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan 2016 yilning 1 oktabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:
- ish xaki - oyiga 149 775 so‘m;
- yoshga doyr pensiyalar - oyiga 292 940 so‘m;
- bolaligidan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 292 940 so‘m;
- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mexnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa - oyiga 179 755 so‘m kilib belgilandi.
Ish xaqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va axolining boshqa ijtimoiy extiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so‘zsiz ta’minlash, ularning O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‘bekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Ish xaki, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doyr qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-2753-son karori qabul kilindi.
Mazkur qarorga asosan 2017 yilning fevral oyidan boshlab:
- barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida xech kanday cheklovlarsiz to‘liq xajmda naqd shaklda beriladi;
- 58 ta tog‘li va olis tumandagi budjet tashkilotlari xodimlariga ish xaqi to‘lash, ijtimoiy to‘lovlar hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda amalga oshiriladi;
Yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga extiyoj bo‘lsada, o‘tgan yili Bandlikka kumaklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan boglik.
Bunday xolat bandlikka ko‘maklashishiing faol siyosat choralarini amalga oshirish, ya’ni ish o‘rinlarini yaratish, avvalo yoshlarni va ijtimoiy himoyaga muxtoj axoli toifalarini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish chorasini ko‘rishga zaruriyatini keltirib chikaradi.
Shuningdek, Harakatlar strategiyasida o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida kerakli talabdan ortiq xajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta’lim yo‘nalishlarini qisqartirishii va mos ravishda agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish soxasi, uy-joy kommunal xo‘jaligi soxasi mutaxassislari tayyorlashni kengaytirishni ko‘zda tutuvchi o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim mutaxassislik yo‘nalishlarini qayta ko‘rib
chiqish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenta Sh.Mirziyoev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muxim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Maxkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida ayollarning jamiyatdagi mavqei va ular bandligi masalalariga to‘xtalib, quyidagilarni ta’kidlab o‘tdilar: «Uchinchi vazifa - ayollarni ularga munosib mexnat bilan bandligini ta’minlash masalasidir. Ayollar uchun doimiy ish joylari yaratish borasidagi muxsm masala bilan bir qatorda, oilaviy biznes, kasanachilik, xunarmandchilik, tomorqa xo‘jaligini keng rivojlantirish ishlari amalga oshirilmoqda».