A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish



Download 6,84 Mb.
bet83/150
Sana01.06.2022
Hajmi6,84 Mb.
#626029
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   150
Bog'liq
2 5188671791828047660

Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenta Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevralda qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirishga, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish masalalariga ustuvor axamiyat qaratilgani ayniksa e’tiborga molik.41 Bu tarixiy xujjatda mamlakatning yaqin istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari belgilab berildi. “Iktisodiyotda davlat ishtirokini strategik asoslangan darajada qisqartarish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni himoya qilishga doyr kompleks masalalarni xal etish, hukumat, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajadagi hokimliklar uchun eng muxim ustuvor vazifa sifatida belgilanadi”42.
Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirishda, davlat hokimiyati tuzilmalari (parlament, prezident, hukumat) o‘rtasidagi munosabatlarning samarali tashkiliy va huquqiy mexanizmlarini yaratishda so‘nggi yillarda konstitutsiyaviy qonunchilikka joriy qilingan yangi institutlar muhim axamiyat kasb etdi. Xususan, 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni davlat hokimiyati tizimini yanada demokratlashtirishning muhim huquqiy asosi bo‘ldi.
Hokimiyat sub’ektlari o‘rtasida vakolatlar mutanosib taqsimlanishiga erishishda islohotlarning avvalgi bosqichida Asosiy qonunimiz 98-moddasiga kiritilgan tuzatishlar jiddiy axamiyat kasb etdi. Konstitutsiyaviy qonunchilikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan bu tuzatishlar, birinchidan, hokimiyat tarmoqlari mustaqilligining oshishiga xizmat kilsa, ikkinchidan, davlat hokimiyati tizimida o‘zaro bir-birini tiyib turish mexanizmida yangi bo‘g‘inlarni nazarda tutadi. Masalan, Vazirlar Maxkamasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish, ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzish va unga raxbarlik qilish huquqi Prezident vakolatlari doirasidan chiqarildi. Bosh vazirning Prezidentga viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlarini tayinlash va lavozimdan ozod etish uchun taqdim qilish huquqining berilishi Bosh vazir boshchiligidagi ijro etuvchi hokimiyat mustakilligini va ta’sirini oshirishga xizmat qilsa, Bosh vazir nomzodini taklif etish va tasdiqlash tartibi, shuningdek, uning hisobotini tinglash va muhokama qilish tartib takomilining kiritilishi Parlament rolini yanada kuchaytirishga ko‘maklashuvchi institut bo‘ldi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishga karatilgan yangiliklarning axamiyati yana shundan iboratki, ular davlat hokimiyatining sub’ektlari, ya’ni, davlat boshlig‘i bo‘lgan Prezident, qonun chikaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada oqilona taqsimlanishini ta’minlashga qaratilgandir. Davlat hokimiyati taqsimlanishi to‘g‘risidagi ta’limotga ko‘ra, hokimiyat tarmoqlari vakolatlarining to‘g‘ri taqsimlanishi davlat idoralari faoliyatining barqarorligini, ular o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilishini kafolatlaydi. Qolaversa, davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy tarzda mutanosib va adolatli taqsimlanishi pirovardida davlatning tom ma’noda demokratik tabiatga ega bo‘lishi va inson huquqlari izchil ta’minlanishining garovidir.
Mamlakatning davlat boshqaruv tizimi uning siyosiy, ijtimoiy, huquqiy va ma’muriy madaniyatining uzviy qismidir. Boshqaruv madaniyati bir qator tarixiy, milliy, jug‘rofiy, ma’naviy va boshqa omillar ta’sirida shakllanadi. Boshqaruv madaniyati davlat boshqaruvi tuzilmalariga nisbatan birmuncha barqaror va turg‘undir. Shu tufayli siyosiy (davlat) boshqaruv madaniyatini tarixan qisqa vakt ichida o‘zgartirish
birmuncha mushkul. Masalan, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini qonunchilik islohoti vositasida tarixan qisqa muddatda o‘zgartirish (yangilash) mumkin, ammo bosharuvga bog‘liq mafkurani, mentalitetni, ongni va madaniyatni darxol o‘zgartirishning iloji yo‘q.
Jamiyatni erkinlashtirishning xozirgi bosqichida davlat boshqaruvini modernizatsiya qilishning bir qator yo‘nalishlari va vazifalari Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan.

Download 6,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish