II. MUSTAQIL TA`LIM MASHG`ULOTLARI
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Talabaga mustaqil ishni tayorlashda muayyan fanning xususiyatlarini xisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik yoki o’quv qo’llanmalar bo’yicha fanlar boblari va mavzularini o’rganish;
tarkatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;
mustaqil ishlar. keys-stadilar bilan ishlash;
fanga oid ma’lumotlarni o’rganish, ularni taxlil qilish;
talabaning o’quv - ilmiy - tatqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanlar bo’limlari yoki mavzularni chuqur o’rganish;
faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari;
Talaba fandan kafedrada tasdiqlangan mustaqil ta’lim mavzularidan 1tasini tanlaydi. Tanlangan mavzusi bo’yicha 5 ta vazifani bajaradi. Bu vazifalar – mavzusi bo’yicha adabiyotlar ro’yxati va shu adabiyotlar asosida referat, maqola yozish, test tuzishdan iborat.
Eslatma: Mustaqil ta’lim mavzulari va oraliq nazorat topshiriqlari darsiing 1 kunida talabalarga beriladi, bajarish muddati 2 oydan kam bo’lmagan holda o’tkazilish kuni aytiladi va guruh jurnaliga yoziladi. Mustaqil ta’lim mavzulari va oraliq nazorat topshiriqlari 1 ta daftarda jamlangan holda belgilagan kunda yozma va og’zaki shakllarda asditoriyada o’tkazilishi talabalarga e’lon qilinadi.
Mustaqil ishni baholash mezonlari: talabaning fan bo’yicha bajargan mustaqil ishidan olgan bahosi joriy nazorat bahosi tarkibiga singdiriladi.
1. Adabiyotlarni baholashda – talabaning tanlagan mavzusiga oid kerakli adabiyotlarni tanlay olishi (Prezident asarlari, qarorlar, dasturlar, nizomlar, monografiyalar, risolalar, darsliklar va o’quv qo’llanmalar, jurnallar, internet saytlari) va foydalana olishi malakasiga asosiy e’tibor beriladi.
Adabiyotlar 10 tadan ko’p bo’lsa va keltirilgan adabiyotlar mavzuga oid bo’lsa va adabiyotlar ro’yxatida Prezident asarlari, qarorlar, dasturlar, nizomlar, monografiyalar, risolalar, darsliklar va o’quv qo’llanmalar, jurnallar, internet saytlari berilgan bo’lsa hamda referat, maqola yozishida, test tuzishda, bitiruv malakaviy ishi rejasini to’g’ri tuzishida foydalana olsa - «a’lo» (5 baho);
Adabiyotlar 10 tadan ko’p bo’lsa va keltirilgan adabiyotlar mavzuga oid bo’lsa va adabiyotlar ro’yxatida monografiyalar, risolalar, darsliklar va o’quv qo’llanmalar, jurnallar, ommaviy nashrlar berilgan bo’lsa hamda referat, maqola yozishida, test tuzishda, bitiruv malakaviy ishi rejasini to’g’ri tuzishida foydalana olsa– «yaxshi» (4 baho);
Adabiyotlar ro’yxati to’liq bo’lsayu, lekin bitta manbadan foydalangan bo’lsa va shu asosda referat, maqola yozgan, test va bitiruv malakaviy ishi rejasini tuzgan bo’lsa – «qoniqarli» (3 baho);
Talabaning ishida yuqoridagi aspektlar yetarli bo’lmasa qoniqarsiz (2 baho).
2. Referatni baholashda:
Referatda mavzu to’liq ochilgan, to’g’ri xulosa chiqarilgan ijodiy fikrlari bo’lsa 5 baho;
Referat mavzusi mohiyati ochilgan, faqat xulosasi bor 4 baho;
Mavzu mohiyati yoritilgan, ammo iqtiboslar berilmagan, ayrim kamchiliklar bo’lsa, 3 baho;
Talabaning ishida yuqoridagi aspektlar yetarli bo’lmasa qoniqarsiz (2 baho).
Do'stlaringiz bilan baham: |