A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 6,84 Mb.
bet59/150
Sana01.06.2022
Hajmi6,84 Mb.
#626029
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   150
Bog'liq
2 5188671791828047660

Ijtimoiy sohaning rivojlanishi. Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar rivojlanishiga e'tibor kuchaydi. 1991-1996-yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasida ma'lum demografik o'zgarishlar ro'y berdi. Tug'ilish (ming kishi hisobida) 1991-yildagi 36,4 dan 1996-yilda 25,0 kishiga qisqardi. Tug'ilishning kamayishi o'z o'mida respublika aholisining o'sish darajasiga ta'sir etdi. Jumladan, O'zbekistonning viloyatlar ichida aholi o'sishi eng past bo'lgan Toshkent viloyati (23,4) pasayib ketdi (18,6). Demografik o'zgarishning asosiy sabablaridan biri tug'ilishning kamayishiga, aholining ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik yashash sharoitlariga bog'liqdir. 1991-1996-yillarda respublikadan (kelganlarni chiqarib tashlaganda) 26,7 ming kishi ko'chib ketgan. 1997-yil 1-yanvar holati bo'yicha respublika aholisi 143 ming 764 kishini, shundan shahar aholisi 694,1 ming kishini, qishloq aholisi 74 ming 363 kishini tashkil etdi. 1996-yilda aholining o'rtacha yillik o'sishi 1,36 foizga teng bo'ldi.
1996-yilda aholi jon boshiga pul daromadlari 9628,8 so'mni, xarajatlar esa 6300 so'mni tashkil etdi yoki 1995-yilga nisbatan 2,2 va 2,3 marta ko'paydi.
Qoraqalpog'iston xalqi I. Karimovning BMT minbaridan turib dunyo mamlakatlarini Orol dengizini saqlab qolishga qarata chaqirig'ini katta qoniqish bilan kutib oldi. Uning tashabbusi bilan 1994-yil (14-yanvar) Nukusda Markaziy Osiyoning beshta davlat Prezidentlari hamda Rossiya Federatsiyasining vakillari ishtirokida o'tkazilgan uchrashuvda Orolga va Orolbo'yi aholisiga amaliy yordam berish masalasi muhokama etildi. 1995-yil sentabrda I. Karimov tashabbusi bilan Nukusda o'tkazilgan xalqaro konferensiya esa tarixiy voqea bo'ldi. Bu anjumanning asosiy hujjatlaridan bin - Nukus Deklaratsiyasi bo'lib, unda butun dunyo jamoatchiligi e'tibori Orol muammosiga qaratildi.
1997-yil mart oyida Almatida Markaziy Osiyo respublikalari Kengashi yig'ilishi bo'ldi. Bu yig'ilishda ham I. Karimov tashabbusi bilan Orolbo'yi xalqlariga ijtimoiy muammolarini yechishda amaliy yordam berish to'g'risida qaror qabul qilindi.
O'zbekiston hukumatining Orolbo'yi muammolari to'g'risidagi tashabbuslari yerlik xalqlar tomonidan ham qo'llab-quvvatlanmoqda. Amudaryo bo'yidagi mehnatkashlar ekologik vaziyatning yaxshi-lanishiga, xalqaro forumlarda Orol dengizi muammolarini hal qilishga doir qabul qilingan qarorlar o'z samarasini berishiga qat'iy ishonch bildirmoqdalar. Belgilangan chora-tadbirlarni tezda amalga oshifish natijasida qishloq joylarida, sanoatda mehnat unumdorligi o'sayapti, ishlab chiqarish rivojlanyapti, aholining ish bilan bandligi oshmoqda.
2000-2007-yillar Qoraqalpog'iston uchun ijtimoiy taraqqiyotning o'ziga xos davri bo'ldi. Shu yillar mobaynida sog'liqni saqlash, ekologik muammolarni hal etish, fuqarolarni mehnat bilan bandligini ta'minlash, qo'shimcha ish joylarini tashkil etish borasida izchil ish olib borildi.
1991-1996-yillarda fan sohasida ham sezilarli o'zgarishlar bo'ldi. 1992-yilda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiya­sining Qoraqalpoq filialiga Qoraqalpoq bo'limi maqomi berildi. Uning tarkibida ilgari 3 ta institut mavjud bo'lgan bo'lsa, yana ikkita institut qo'shildi. Tarix, arxeologiya va etaografiya hamda bio­ekologiya institutlari ham shu bo'lim tarkibiga kirdi. Botanika bog'i bo'lmmasiga esa bo'lim maqomi berildi. 1994-yilda esa Fanlar Aka­demiyasi tarkibiga O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligiga qarashli tajriba instituti va tibbiyot klinikasi ham kiritildi.
1992-yilda O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasining Qoraqalpoq bo'limi tashkil etildi. Uning tarkibiga Sh.Musayev nomidagi Chimboy yer ishlari instituti hamda sholichilik va chorvachilik institutlarining filiallari kiritildi.
Keyingi yillarda Toshkent olimlari ko'magida katta miqdordagi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlandi. Respublikada­gi 60 nafar fan doktorlari va 600 nafar fan nomzodlaridan deyarli 30 foizi O'zbekiston Mustaqilligi yillarida ilmiy daraja oldilar. Respublikada yuqori malakali kadrlar o'sishida ayniqsa, ijtimoiy luiiIni sohasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komisi tomonidan tarix va arxeologiya, etaografiya, til va adabiyot bo'yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarining himoya qiluvchi ixtisoslashgan Kengashlarning tashkil etilayotganligi muhim ehumiyat kasb etmoqda.
2002-2007-yillar mobaynida ikki atoqli qoraqalpoq adiblari-To'lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupovlarga milliy madaniyatning rivojlanishidagi g'oyatda katta xizmatlari uchun davlatimizning oliy mukofoti - «O'zbekiston qahramoni» unvoni berildi. Bir qator san'atkorlarga «O'zbekiston xalq artisti», «O'zbekiston xalq rassomi», «O'zbekiston san'at arbobi» unvonlari berildi.
Ayni paytda O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Qoraqalpog'iston bo'limi o'lkada fan taraqqiyotining asosiy tayanchi vazifasini bajarmoqda. 2002-yilda 3 ta oliy o'quv yurti ishlagan bo'lsa, 2007-yilga kelib ular soni yana ikkitaga ko'payib, jami 5 taga' yetdi. Ularda zamonaviy kadrlar tayyorlash, o'quv-pedagogik ishlar bilan birga fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan keng miqyosli ilmiy-tadqiqot ishlari ham olib borilmoqda.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2011 yil 6 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joylarda eng ulug‘, eng aziz bayramimizni munosib kutib olishga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Ayni paytda o‘tgan yigirma yilda yurtimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari sarhisob qilinib, turmushimizdagi yangilanishlar, odamlarning ongu shuuridagi, tafakkuridagi o‘zgarishlar, ma’naviy yuksalish va madaniy barkamollik sari qo‘yilgan dadil qadamlarning natijalari tahlil etilayotir.
Mintaqamizda qayta ishlash korxonalarini yangi texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish natijasida jahon standartlariga to‘liq javob beradigan yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilmoqda. 1991-2010 yillar davomida gaz va gaz kondensati, xo‘jalik shisha buyumlari, kungaboqar yog‘i, kalsiylangan soda, vermikulit konsentrati, talkomagnezit, glitserrizin kabi yangi mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. “To‘rtko‘l tekstil”, “Nukus tekstil”, “Aziya silk”, “Oriyent texnolodji”, “Lanekstrakt” kabi qo‘shma korxonalarda paxta, pilla, teri, qizilmiya o‘simligi qayta ishlanib, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Chimboy tumanida “Lanekstrakt” qo‘shma korxonasining ishga tushirilishi munosabati bilan eksportning umumiy hajmi 2010 yilda 2,4 million dollarga o‘sdi. Bu ko‘rsatkich joriy yilda 4 million dollardan oshishi kutilmoqda. “Nukus tekstil” korxonasida 25 turdagi bolalar trikotaj kiyim-kechaklarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Korxona ish boshlagan dastlabki 6 oyda 750 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi va shundan 256 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi.
Prezidentimiz rahnamoligida Orolbo‘yida kimyo sanoatini rivojlantirish sari dadil qadam qo‘yildi. Qo‘ng‘irot soda zavodining ishga tushirilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy salohiyatining mustahkamlanishiga, eksport hajmining oshishiga, minglab kishilarning ish bilan ta’minlanishiga xizmat qildi. Yiliga 100 ming tonna kalsiylangan soda ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan ushbu korxona bugungi kunda to‘la quvvat bilan ishlay boshladi. O‘tgan yili zavodda 90,3 ming tonna mahsulot ishlab chiqarilib, uning aksariyat qismi eksport qilindi. Bu yil korxona bazasida mineral kukun, selikat g‘isht va kir yuvish vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxonalar ishga tushirilib, yuzdan ortiq ish o‘rni yaratish mo‘ljallanmoqda.
Jahon andozalari darajasida bunyod etilayotgan O‘zbekiston milliy avtomagistrali – G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu yo‘lining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan o‘tuvchi 132 kilometrlik qismida bugungi kunda rekonstruksiya ishlari olib borilayotir. Joriy yilda avtomagistral qurilishida 193 milliard so‘mlik ish bajariladi. Bunday yirik avtotrassaning bunyod etilishi mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining yanada yuksalishiga, eksport va import imkoniyatlarining ortishiga, xalqaro iqtisodiy aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Mustaqillik sharofati bilan zamonaviy transport kommunikatsiya infratuzilmasi tez sur’atlarda rivojlanishi natijasida avtomobilda yuk tashish, shu jumladan, tranzit yuk tashish hajmi 2010 yilda 2005 yilga nisbatan 61 foiz o‘sdi.
Istiqlol tufayli iqtisodiyotning barcha sohalarida mulkchilikning yangi shakllari vujudga keldi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 2000 yilda 9 ming 63 tani tashkil etgan bo‘lsa, bugun ular 20 mingdan oshib ketdi. Agar 2008 yilda kichik biznes subyektlari faoliyatini rivojlantirish uchun 37,7 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2010 yilda 106 milliard so‘mga yetdi. Shu davr mobaynida kichik biznes sohasi va xususiy tadbirkorlarning yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarishdagi ulushi 26,9 foizdan 63,6 foizga o‘sdi. O‘tgan yili yaratilgan yangi ish o‘rinlarining 84 foizi ana shu subyektlar hissasiga to‘g‘ri keladi. “Bandlik” dasturiga ko‘ra, aholini ish bilan ta’minlash uchun 2010 yilda 48 ming 329 yangi ish o‘rinlari yaratildi. Bu 2000 yilga nisbatan ikki yarim marta ko‘p demakdir.
Qishloq xo‘jaligida fermerlik harakati rivojlanib, mahsulot yetishtirish samaradorligi oshdi. 2001 yilda 43 ming tonna bug‘doy yetishtirgan dehqonlarimizning xirmoni 2010 yilda 201 ming tonnani tashkil etdi. Shu davrda sabzavot yetishtirish hajmi 30,7 ming tonnadan 134,2 ming tonnaga ko‘paydi. Hosildorlik 81,7 sentnerdan 143,8 sentnerga o‘sdi. Bu, o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yishga imkon yaratdi. So‘nggi o‘n yil ichida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash ko‘lami besh barobar oshdi. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish hajmi ham ortib, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilikni rivojlantirish sari dadil qadamlar qo‘yildi. El dasturxoniga uzluksiz mo‘l-ko‘l oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish ta’minlanmoqda.
Ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlar ham o‘z samarasini berayotir. Orolbo‘yida faoliyat yuritayotgan 6 oliy o‘quv yurtida barcha sohalar bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bu yil mavjud 91 kasb-hunar kollejlarini 29 ming 333 nafar yigit-qiz bitirib, mustaqil hayotga yo‘llanma oladi. O‘ndan ortiq akademik litsey, 744 umumta’lim maktabida 300 mingga yaqin o‘g‘il-qiz tahsil olmoqda. Davlat dasturi asosida 264 umumta’lim maktabi kapital ta’mirlangan bo‘lsa, 76 maktab zamonaviy loyiha asosida yangidan qurildi. Shuningdek, 8 akademik litsey va 37 kasb-hunar kolleji, 139 qishloq vrachlik punkti yangidan barpo etildi, 56 bolalar sport inshooti foydalanishga topshirildi.
Hududda aholining turmush farovonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani bois, bugungi kunda xonadonlarning 100 foizi elektr energiyasi, 95 foizi tabiiy gaz, 70,9 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
Istiqlol tufayli milliy qadriyatlarimiz qaror topib, madaniyatimizni rivojlantirishga, ma’naviyatimizni yuksaltirishga keng imkoniyatlar yaratildi. Kino va teatr san’ati muttasil rivoj topib borayotir. Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat musiqa teatri, Sapar Xo‘janiyozov nomidagi yosh tomoshabinlar teatri, Respublika qo‘g‘irchoq teatri, “Ayqulash yulduzlari”, “Amu to‘lqini” singari ijodiy jamoalar xalqimizning ma’naviyatini boyitishga xizmat qilib kelmoqda.
Tabiat bilan inson o‘rtasidagi munosabatlar tobora jiddiylashib, ayrim o‘lkalarda bu ziddiyat juda chigal va xavfli tus olmoqda. Buning natijasida ekologik vaziyat joylarda, ba’zan tang yoki falokat darajasiga yaqinlashmoqda. Keyingi yillarda noxush hodisalar avvalgi davrlarga nisbatan planetamizda tez-tez qaytarilib, tobora katta hududlarni egalab olmoqda. Hududiy muammolar quruqlik va suv havzalarida, Yer kurasining ma’lum tabiiy chegaralariga ega bo‘lgan ayrim qismlarida tarkib topmoqda. Binobarin, ularning ko‘pincha bir necha davlat, ba’zan esa yirik bir mamlakat doirasida ham rivojlanishi kuzatilmoqda. Shuning uchun ham vujudga kelayotgan ekologik muammolar regional xususiyat kasb etmoqda.



Download 6,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish