A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


O‘zbekiston hududida ta’lim tarbiya muassasalarining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari



Download 1,83 Mb.
bet43/234
Sana26.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#411210
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   234
Bog'liq
Jamoat inshoatlar tarix majmua 4 kurs 2019

2.O‘zbekiston hududida ta’lim tarbiya muassasalarining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari.

O‘zbekistonning ta’lim tizimi uzoq tarixga ega. Ta’limning vujudga keli-shi eng avvalo yozma adabiyot bilan bog‘liq. Bundan 3000 yilga yaqin vaqe oldin yaratilgan «Avesto» yodgorliklarida ham ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. «Avesto»da bolalar tarbiyasi va ta’limi ma’lum darajada aniq tizim va maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, diniy, axloqiy va jismoniy tarbiya, o‘qish va yozishga o‘rgatish ular-ning asosini tashkil etgan.

O‘zbekistonda ta’lim tizimini shakllantirishda sug‘d madaniyati va sugd yozu-vining ta’siri katga. Bu yozuv asosidagi yozma yodgorliklar, tarixiy, qisman ba-diiy asarlar yuz yillar davomida Tur-kiston xalqlarining madaniyati va sa-vodxonligini oshirishda muhim o‘rin egallagan.

Milodning 8-a.gacha bizning tushun-chamizdagi maktablar, asosan, sanskrit, yunon, urxun-enisey yozuvlariga asoslan-gan alifbolar asosida faoliyat ko‘rsatib kelgan. 8-a.dan boshlab Movaroun-nahr arab xalifaligi tomonidan isti-lo etilgach, islom dinining kirib kelishi, masjidlarning vujudga kelishi b-n ularning qoshida tashkil etilgan maktabxonalarda bolalarga bilim va savod o‘rgatila boshlangan. Davlatmand xonadon ayollari o‘z uylarida maktablar ochib, faoliyat olib borganlar va ular otin muallimalar deb atalgan. Movarounnahr hududida Madrasa, maktabxona, Madrasa hujralarida yakka tartibda ta’-lim olish orqali ta’lim tizimi shakllanib borgan. Dastlabki paytda bu ta’lim dargohlarida aniq dare rejasi, dasturi bo‘lmagan va ularning har biri o‘z metodi va dare olib boruvchi muallim-ustozning ma’lumot darajasi, bi­lim doirasi asosida faoliyat yuritgan.

O‘rta Osiyo arab xalifaligi ta’siri-da bo‘lganligi bone maktabxona, qori-xona, daloilxona, madrasalarda, aso­san, islom dini qoidalari, shariat talablari va unga itoat etishga oid ta’-limot birinchi o‘rinda bo‘lgan.

Maktabxona boshlang‘ich ta’lim mak-tabi bo‘lib, unga kirish uchun ma’lum yosh belgilanmagan. Ota-ona o‘z farzandini oilaviy sharoitidan kelib chiqib mu-allim-domlaga topshirgan va bola das­tlabki ta’lim saboqlarini arab alif-bosini o‘zlashtirish va Qur’onni hijjalab o‘qish hamda yodlaщdan boshlagan. O‘qish, odatda, yil bo‘yi davom etgan, haftaning juma kuni dam olish kuni hisoblangan, mashg‘ulotlar, asosan, bu-tun kun davomida olib borilgan. O‘quv-chilar ta’tili mudarrisning ixtiyori b-n belgilanib, unda maktabxona joy-lashgan mintaqa, hududning geografik, iqgisodiy va ota-onalarning ijtimo-iy holati hisobga olingan. Agar mak­tabxona qishloq joyda bo‘lsa, q.x. mah-sulotlarini ekish, yig‘ib olish yoki kuzgi g‘aramlash ishlari inobatga oli-nib, o‘quvchiga ta’til berilgan.

Daloilxonaga savodi chiqqan bolalar qabul qilingan. Unda dastlab (taxm. 1—2 oy) bolalarga Qur’onning ayrim su-ralari va oyatlari, so‘ngra asosiy kitob — «.Daloil ul-hayrash» yodlatilgan. Dalo-ilxonada o‘qish muddati aniq belgilan­magan. Qobiliyatli, xotirasi kuchli bo­lalar kitobni 2—3 oy davomida yod ol-ganlar. Aksariyat o‘quvchilar bir yil va undan ortiq vaqt davomida daloilxonani tugatishgan.

Qorixona Qur’onni tilovat qilish o‘rgatilgan. Unda Qur’onning barcha su-ralarini yod olgan va qiroat qiladigan kishilar - qorilar tayyorlangan. Ular-ga maktabxonani tugatgan 10 yoshdan katta o‘g‘il bolalar qabul qilingan. Qorixonada bolalar 3—4 y. o‘qitilgan.

Madrasa Turkiston va butun islom olamida o‘rta va oliy o‘quv yurti hisob-lanadi. Unga maktabxonalarni tugatgan qobiliyatli o‘spirinlar qabul qilin-gan. Madrasalar, asosan, vaqf pullari va homiylar ko‘magi hisobidan faoliyat ko‘rsatgan. Bu mablag‘lar madrasalarni ta’mirlash, kitoblar va ta’lim b-n bog‘liq vositalar xarid qilish uchun sar-flangan, ma’lum qismi mudarris, mu-tavvali, talaba va b. xizmatchilarga be­rilgan.

Turkistonda dastlabki madrasalar 10-a.da paydo bo‘lgan. Ularda 3 bosqichda ta’­lim olib borilgan. Boshlang‘ich (adno), o‘rta (avsat), oliy (a’lo) bosqichlari madrasalarda beriladigan bilimlar-ning ko‘lami va sifatigina emas, bal­ki darsxonalar soni ham qat’iy chega-ralarga ega bo‘lgan. Madrasalarda diniy ilmlar b-n birga dunyoviy fanlar ham o‘rgatilgan. Ayniqsa, Abu Nasr Foro-biy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Farg‘oniy, Muhammad Xorazmiy, Bahouddin Naqshband, Mirzo Ulug‘bek, Mahmud Koshg‘ariy, Nosiriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Ali Qushchi, Imom Termiziy, Imom Buxo-riy, Zamaxshariy, YAssaviy, Najmid-din Kubro va b.ning ta’limoti hamda ularning asarlarini madrasalarda o‘rga-nilishi ta’lim tizimini aniq dastur-lar, dars jadvallari asosida olib bo-rishga imkon berdi. Madrasalarda o‘qish talabalar iqgidoriga qarab 7—12 y. da­vom etgan.

14-16-a.larda Samarqand, Buxoro, Toshkent, SHahrisabz sh.larida yirik madrasalar vujudga keldi. Bu madrasa­lar shunchaki xonaqohdar yig‘indisidan iborat bo‘lmasdan, balki uning tarkibida o‘qish, yozish, mutolaa qilish uchun xonalar tashkil etilgan va yirik ku-tubxonalarida nodir kitoblar xazina-sini tashkil etish hamda undan foyda-lanish yo‘lga ko‘yilgan. Bu madrasalarda diniy ilmlarga oid adabiyot va ko‘rgaz-malardan tashqari dunyoviy fanlarga oid materiallar, lab.lar mavjud bo‘lgan va u erda i. t.lar olib borilgan. Tarix-chi Abdurazzoq Samarqandiy «Matlai sa’dayn va majmai baxrayn» («Ikki saodatli yulduzning chiqishi va ikki dengizning quyilish joyi») asarida «Samarqand shaxrining ichida, shahar-ning o‘rtasi va shahar maydonining mar-kazida, arki oliyga yaqin joylashgan... mavzeda Ulug‘bek bir-biriga ro‘baro‘ Mad­rasa va xonaqohlar bino kilib, bu ikki makonni kurib tamomlash borasida bir necha yil davomida sa’y-harakatlar ko‘rsatdi», deydi. Turli davrlarda qurilgan Buxorodagi Mir Arab, Ulug‘-bek madrasalari, Abdullaxon madrasasi, Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi, SHerdor madrasasi, Tillakori madra­sasi, Xivadagi Muhammad Aminxon, Muxammed Rahimxon madrasalari, Toshkentdagi Baroqxon madrasasi, Ko‘kaldosh madrasasi mashhur bo‘lgan va Turkistonda ta’lim tizimini rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan.

Turkiston xududida islom dini ta-qalganidan boshlab, podsho Rossiyasi tomonidan bosib olingunga qadar ta’­lim tizimi bir oz o‘zgarishlarga uchra-gan bo‘lsa ham, asosan, bir xil tartibda faoliyat ko‘rsatdi.



Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish